Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


Partiyaning ushbu mustabidlik yo`nalishi Turkiston xalqi hayotiga



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)


Partiyaning ushbu mustabidlik yo`nalishi Turkiston xalqi hayotiga 
salbiy ta’sir qildi, mahalliy aholi mustaqil huquqlarga ega emas, o`z 
manfaatlarini himoya qilishga bo`lgan urinishlar esa “millatchilik” deb 


340 
baholanib, qatag‘ongacha olib kelingan. XX asrning 20-yillaridagi 
Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy ahvol mana shunday edi. 
1921 yilning bahoriga kelib sovet hokimiyati oldida vayron bo`lgan 
qishloq xo`jaligini tiklash vazifasi ko`ndalang bo`lib turdi. Buning asosiy 
sababi esa dehqonlarning ko`plab ko`tarilishlari bo`ldi. Bu esa siyosatni 
qaytadan ko‘rib chiqish, sanoat bilan qishloq xo`jaligi o`rtasida ta’sirchan 
iqtisodiy aloqalarni yo`lga qo`yish zaruratini keltirib chiqardi. 
O`zbekistonda qishloq xo‘jaligi respublika milliy daromadining 
asosiy qismini berganligi, dehqonlar esa aholining 80 foizini tashkil 
etganligi tufayli sovet hokimiyatining dastlabki yillarida agrar masala 
markaziy o‘rinni egallardi.
Markazdan farqli o`laroq, O`rta Osiyo respublikalarining 20-
yillardagi agrar siyosatida nisbatan keskin choralar ko`rilgan. 1920-1921 
yillardagi yer-suv islohotining amalga oshirilishi Yangi Iqtisodiy Siyosat 
(NEP) bilan birga olib borildi. Yangi iqtisodiy siyosatdan ko‘zlangan 
maqsad - mahsulot ishlab chiqaruvchi yakka dehqonlarning manfaatini 
oshirish, uning yerga egalik qilishini ta’minlash, imtiyozli soliq olish va 
bozor iqtisodiyoti, tovar-pul munosabatlariga o`tish edi. Uning asosiy 
bo‘g‘inlarini oziq-ovqat razvyortkasining oziq-ovqat solig‘i bilan 
almashtirilishi, erkin savdo, sanoatda xususiy tashabbuskorlik va 
tadbirkorlikning joriy qilinishi tashkil etdi.
Oziq-ovqat razvyortkasining soliq bilan almashtirilishi qishloq 
xo`jalik ishlab chiqarishni ko`paytirishning iqtisodiy rag‘batlarini vujudga 
keltirdi hamda dehqon hosilning qat’iy belgilangan qismini topshirgach, 
unga o`z mehnati mahsulini o`zi istaganicha tasarruf etish huquqi berildi. 
Yangi iqtisodiy siyosat yo`lining o`ziga xos xususiyati - tovar-pul 
munosabatlarining jonlanishi, savdo va ayirboshlashda cheklashlardan 
ozod bo`lish edi. Erkin savdoning sog‘lomlashuviga 1922-1924 yillarda 
o`tkazilgan pul islohoti ma’lum darajada yordam berdi. Muomalaga kursi 
oltinga tenglashtirilgan valyuta-chervonestning chiqarilishi bozor rolining 
tiklanishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
Yer-suv islohotini amalga oshirishdan ko`zlangan asosiy maqsad-
mahalliy hamda Turkistondagi boy rus dehqonlarining er va suvga 
bo`lgan huquqlarini tenglashtirish edi. Chunki o‘z vaqtida mustamlakachi 
ma’murlari tomonidan rus dehqonlariga eng yaxshi va hosildor yerlar 
ajratilgan edi.
Yer-suv islohotining xarakteri 1920 yil sentabrda bo`lib o`tgan 
Turkiston Sovetlari IX - qurultoyining qarorlarida aks etdi. Ushbu 
dasturning asosida mehnat bilan shug‘ullanmaydigan boy-quloq 


341 
xo‘jaliklarini tugatish va ko‘chmanchilarni o‘troq hayotga o‘tkazish, 
yersiz va kam yerli dehqonlarni yer bilan ta’minlash va eng asosiysi rus 
kelgindilarining ortiqcha yerlarini musodara qilish orqali Rossiya 
imperiyasi mustamlakachilik sarqitlarini yengish yotar edi. Lekin vaqt 
o`tishi bilan ko`chirib keltirilgan ruslardan yerlarni musodara qilish bilan 
bir qatorda vaqf yerlari tortib olindi, boylar, mannoplar, savdogarlar, diniy 
xizmatchilar 
va 
qishloq 
hamda 
ovullarning 
“mehnat 
bilan 
shug‘ullanmaydigan yuqori tabaqalari” degan boshqa vakillarining yerlari 
kamaytirildi.
Yer va suvni taqsimlash jarayoni bir tomondan yersiz va kam yerli 
dehqonlarni yer bilan ta’minlagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan qishloqdagi 
siyosiy vaziyatni o‘ta keskinlashtirib, sinfiy ziddiyatlarni kuchaytirdi. 
Shuningdek, islohot davomida Yettisuv va Jalolobod tumanlarining 
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholisini o‘troq hayotga o‘tkazish 
siyosati salbiy oqibatlarga olib keldi. Zero, ko‘chmanchilikdan 
o‘troqchilikka o‘tish, nafaqat xo‘jalik faoliyat shakllarini o‘zgartiribgina 
qolmay, balki asrlar davomida shakllanib kelgan ushbu ijtimoiy guruhning 
turmush tarzi hamda kasb-hunarining tamomila o‘zgartirib yuborishi 
muqarrar edi. Islohotni o‘tkazishning inqilobiy-zo‘ravonlik usullari 
Turkiston qishloqlarida ijtimoiy va millatlararo tanglikni vujudga keltirdi.
Yer-suv islohoti 1922 yil kuzida o‘z poyoniga yetdi. Uni amalga 
oshirish davomida hamma joylarda, qishloq va ovullarning yersiz va kam 
yerli mahalliy dehqonlarini birlashtirgan “Qo‘shchi” uyushmalari tashkil 
etila boshladi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, “Qo‘shchi” Turkiston 
dehqonlari uyushgan birinchi tashkilot emas edi. 1918 yildayoq Toshkent 
”Dehqon” ittifoqi vujudga kelgan edi. O‘shanda Toshkent va shahar 
atrofidagi tumanlar dehqonlari hamda savdo doiralarining turli qatlamlari 
yangi hokimiyatning muayyan keskin choralariga qarshilik ko‘rsatishiga 
hamda o‘z mulklarini saqlab qolishga harakat qilgan edi. Tashkilot 
dehqonlar ommasining ozchilik qismini qamrab olgan bo‘lib, mahalliy 
xarakterga ega edi. 1919 yili Turkiston respublika va Yer ishlari Xalq 
Komissarligining ko‘magi bilan kambag‘allar qo‘mitalari tuzildi. 
“Qo‘shchi” uyushmasi kambag‘allarning qo‘mitalari va ittifoqlari o‘rnida 
vujudga kelgan edi. Ushbu uyushma qishloq va ovullarda sovet 
hokimiyatining 
tayanchi, 
“mehnatkash 
dehqonlarni” 
sinfiy 
tarbiyalashning o‘ziga xos maktabi sifatida yer-suv islohoti davomida 
“mehnat bilan shug‘ullanmaydigan xo‘jaliklar” va ularning mol-mulkini 
aniqlashda, sovetlar siyosatidan norozi bo‘lgan dehqonlar chiqishini 
bostirishda va ularning oldini olishda ham qatnashdi. Uyushma 


342 
kooperatsiya ishiga o‘z hissasini qo‘shgan bo‘lsa ham, uning faoliyatidagi 
asosiy e’tibor qishloqning boy qatlamlari bilan kurash olib borish va 
qishloqni “sotsialistik asosdan qayta qurish”ga qaratilgan edi.
Markaz Turkiston o‘lkasiga asosiy xom-ashyo bazasi sifatida qarab 
kelganligi bois, o‘lka qishloq xo‘jaligining bosh sohasi hisoblangan 
paxtachilikni rivojlantirishga alohida e’tiborini qaratgan. Xususan, RKP 
(b) MKning 1922 yil 11 yanvaridagi “Turkiston Kompartiyasiga” deb 
nomlangan xatida, Turkiston Kompartiyasining qishloq xo‘jaligi 
sohasidagi faoliyatida birinchi o‘ringa sug‘oriladigan yerlarda ekin 
maydonlarini tiklash, paxtachilikni rivojlantirish hamda mavjud sug‘orish 
tizimini tuzatish masalalari hal etilishi lozimligi ta’kidlangan edi. 
Paxtachilikni tiklash va rivojlantirish ishlariga rahbarlik qilish uchun 1920 
yilda Bosh Paxtachilik Qo‘mitasi va paxta yetishtiruvchi respublikalarda 
unga 
bo‘ysunuvchi paxtachilik 
qo‘mitalari tuzildi. 
Turkiston 
respublikasidagi barcha haydaladigan maydonlar, seleksiya stansiyalari, 
irrigatsiya inshootlari, Paxtachilik qo‘mitasi ixtiyoriga o‘tkazildi. Bosh 
Paxtachilik qo‘mitasi katta vakolatlarga, ya’ni boshqa qishloq xo‘jalik 
ekinlari hisobiga chigit ekiladigan maydonlarni kengaytirish, paxta xarid 
narxlarini belgilash, markaziy davlat organlarining ruxsatisiz maxsus 
qabul qilish huquqlariga ega edi. Paxtaning narxi xukumat tomonidan 
belgilanishi uning bu masalada yakka hokimligidan dalolat berar edi. 
Turkistonlik ko‘pgina arboblar paxtachilikda davlat monopoliyasini 
tugatish zarurligini bir necha marotaba ko‘tarib chiqqan edilar. Xususan, 
Yer ishlari Xalq komissari S.Asfandiyorov va hukumatning boshqa 
a’zolari davlatning paxtaga bo‘lgan yakkaxokimligiga qarshi chiqib, Bosh 
Paxtachilik qo‘mitasini tugatish masalasini o‘rtaga tashlagan edi. Biroq, 
Turkiston respublikasi va RSFSR partiya-davlat apparatining aksariyat 
xodimlari paxta monopoliyasi tarafdori edilar. 1922 yilning 1 yanvarida 
RSFSR Oliy Xalq Xo‘jaligi Kengashi (OXXK) tomonidan qabul qilingan 
qarorda esa, “paxtaga davlat monopoliyasini saqlash” masalasi qat’iyan 
ko‘tarilgan edi.
Paxtachilikni tiklash ishlari hamda respublikaga don olib keltirishni 
jadallashtirish maqsadida, OXXK Yettisuv temir yo‘lini tezroq tugatishga 
qaror qildi.
1923 yilning yanvarida SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashi qabul 
qilgan qarorda “Respublika ichida paxtani xarid qilish davlat 
monopoliyasi bekor qilinsin” deyilgan edi. Shu bilan bir vaqtda paxtaning 
qat’iy narxi bekor qilindi. 


343 
Turkiston respublikasida paxtachilikni rivojlantirish ishlarini, 
sug‘orish inshootlarini tiklamasdan amalga oshirib bo‘lmasdi. Sug‘orish 
ishlarini tiklashni tezroq amalga oshirish, dehqonchilik uchun yaroqli 
yerlarni suv bilan ta’minlash va qishloq xo‘jaligini, birinchi navbatda esa 
paxtachilikni rivojlantirish uchun suvdan to‘g‘ri foydalanishni yo‘lga 
qo‘yish maqsadida, 1921 yilning fevralida TASSRdagi barcha suvlarni 
respublika mulki deb e’lon qilgan suv to‘g‘risida qonun qabul qilindi. 
Qonunda, suvni taqsimlash odat (boy va ruhoniylarga beriladigan 
imtiyozlar) bo‘yicha emas, balki, birinchi navbatda dehqonlar manfaatini 
ko‘zlagan holda berilishi kerak deb aytilgan edi. 1921 yilning noyabrida, 
aholining daromadlarini sug‘orish ishlarini tiklashga safarbar qilish 
maqsadida suv solig‘i joriy qilindi.
Shu yilda TASSRning sug‘orma yer maydoni 1920 yildagi 
ko‘rsatkichga qaraganda 300 ming desyatinaga ko‘paygan edi. Paxta ekin 
maydonlari esa deyarli 100 ming desyatinaga ortdi. 
Ittifoq hukumati avval boshdanoq yosh O‘zbekiston respublikasi 
rahbariyati oldiga “Sovet O‘zbekiston”ini SSSRning asosiy paxta 
bazasiga aylantirish strategik vazifasini qo‘ydi. “Oq oltin”ning aksariyat 
qismi, ya’ni 90%dan ko‘prog‘i “Sovetlar mamlakati”ning to‘qimachilik 
markazlariga yuborildi. Masalan, 1922 yilning boshlarida Turkistondan 
markazga Krasnovodsk yo‘nalishi bo‘yicha 1150 vagon (63470 ta toy 
paxta), Orenburg yo‘nalishi bo‘yicha 1547 vagon (85030 ta toy paxta), 
hammasi bo‘lib, 2724 vagon (14850 ta toy paxta) paxta tolasi jo‘natilgan 
edi. Sovet hukumatining paxta mustaqilligiga erishishga qaratilgan chora-
tadbirlari zoye ketmadi. O‘zbekistonda paxta yetishtirishni ko‘paytirish 
sovet hukumatiga har yili chetdan paxta sotib olinishga sarflanadigan 100 
mln rubl oltinni tejash imkonini bergan edi. 1928 yilda esa, O‘zbekiston 
paxtakorlarining davlatga topshirgan 543,7 ming tonna “oq oltin”i evaziga 
SSSR paxta yetishtirish bo‘yicha 4-chi o‘ringa chiqdi va bu bilan paxta 
mustaqilligiga erishish yo‘lida qo‘yilgan dastlabki qadamlardan biri 
bo‘ldi. “Sovetlar mamlakati”ga paxta yetkazib berishda respublikaning 
salmog‘i 1940 yilda 63%ga yetdi. Bularning hammasi, o‘sha yillardagi 
hukumat hujjatlarida rasman e’tirof qilinishicha, “...Sovet Ittifoqining 
chetdan paxta keltirishdan ozod bo‘lishida va SSSR to‘qimachilik 
sanoatining paxta xom ashyosi bilan to‘la-to‘kis ta’minlanishida hal 
qiluvchi rol o‘ynaydi” haqiqatan ham, agar 1925 yilda SSSRga chetdan 
103,1 ming tonna, 1930 yilda-57,9 ming tonna paxta keltirilgan bo‘lsa, 
1933 yilda bor yo‘g‘i 24,3 ming tonna paxta keltirildi. O‘zbek 
paxtakorlarining mashaqqatli mehnati evaziga esa sovet davlati paxtani 


344 
chetdan sotib olmay, paxta yetishtirish bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘ringa 
chiqdi. Mana shu tariqa sobiq SSSR paxta mustaqilligiga erishdi.
Paxta yakkahokimligini ta’minlash maqsadini amalga oshirish 
oqibatida qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari, xususan, chorvachilik 
inqirozga uchradi, g‘alla tayyorlash keskin kamayib ketdi. Hosildor yerlar 
miqdori kamaydi. Don, poliz ekinlarining hosildorligi qisqardi.
Yangi iqtisodiy siyosat tufayli qishloq xo‘jaligida kooperativ va 
shirkatchilik harakati avj oldi. 1923 yilda Turkiston respublikasida qishloq 
xo‘jaligi va kredit kooperatsiyalar tizimi tashkiliy jihatdan tugal ravishda 
shakllandi deyish mumkin. Davlatning kooperativ qurilish siyosati ikki 
yo‘nalishda olib borildi. Bir tomondan, kooperatsiya mayda tovar 
xo‘jaligini sotsializmga jalb qilish vositasi, shaxsiy va jamoa 
manfaatlarining kelishuv shakli sifatida baholansa, ikkinchi tomondan 
kooperatsiyaga xususiy sektorni siqib chiqaruvchi ijtimoiy qurol deb 
qaraldi.
Markaz qishloq xo‘jalik krediti- qishloq xo‘jaligining asosiy 
sarmoyasini (mol-mulki, urug‘ fondi, qurilishlarni) tiklash uchun 
foylanish, bu resurslarni chorvachilikni, paxtachilikni, irrigatsiyani, 
bog‘dorchilikni va uzumchilikni rivojlantirishga yordam ko‘rsatishga 
yo‘naltirdi. 1923 yilda Turkistonda 1169 ta kredit-kooperativ shirkati 
bo‘lib, kreditdan foydalanadigan xo‘jaliklar soni 28 mingta edi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sanoatga kontraktatsiya (shartnoma) 
asosida yetkazib berishda qishloq xo‘jalik kooperativlari vositachilik 
qildi. Mayda tovar dehqon xo‘jaligi rivojlana boshladi.
Biroq, har kimni ham kooperativga qabul qilishavermasdi. Sinfiy 
tanlov mavjud edi. Kambag‘allarga ustivorlik berilardi. Aholining o‘ziga 
to‘q qatlamlariga nisbatan qat’iy talablar belgilangan edi. Masalan, “boy”, 
“quloq”lar toifasidagi shaxslar birinchi to‘lov sifatida o‘rta hollar 
to‘laydigan to‘lov miqdoridan ikki barobar, kambag‘allarnikidan esa o‘n 
ikki barobar ko‘p haq to‘lashlari kerak bo‘lgan kooperativlarga qabul 
qilishdagi bunday sinfiy yondashuv o‘z navbatida, aksariyat qishloq ahli 
fuqarolik huqularining poymol etilishiga, ishbilarmon dehqonlarning 
iqtisodiy rivojlangan jamiyat qurish ishidan sun’iy begonalashtirilishiga 
olib keldi.
1927 yildan kooperativ uyushmalarini “davlatlashtirish” siyosati 
boshlanib, uning xo‘jalik hisobi asosidagi negizlari tobora ko‘proq 
qo‘porildi. Dehqon xo‘jaligini yuksaltirishga doir masalalarning hammasi 
davlatga kelib taqaladigan bo‘lib qoldi (soliq siyosati, kredit, narxlar va 
boshqalar). 


345 
20-yillar boshlaridagi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotining 
alohida xususiyati-bu o‘lka mahalliy aholisining milliy o‘z-o‘zini 
anglashining o‘sganligi deyish mumkin. Mahalliy aholining keskin 
noroziligiga birinchi navbatda Markazning uning milliy manfaatlarini 
hisobga olmaslik siyosati sabab bo‘ldi. Turkiston tub aholisining kuchayib 
borayotgan noroziligi turli shakllarda namoyon bo‘ldi. Shunday norozilik 
shakllaridan yana biri hokimiyat pog‘onalaridagi milliy rahbar kadrlardan 
iborat milliy muxolifat bo‘ldi. Ular mustabid tuzumga, uning siyosatiga 
ochiqdan-ochiq qarshi fikr bildirib, mahalliy aholining manfaatlarini 
himoya qildilar, markazning shovinistik va imperiyacha siyosatiga qarshi 
faol kurash olib bordilar. Mana shunday milliy rahbarlardan davlat va 
siyosat arbobi, olim va diplomat Nazir To‘raqulov (1892-1939) bo‘lgan. 
Nazir To‘raqulov sovet hokimiyatining turli lavozimlarida ishlab keldi.
Markazning siyosiy rahbariyati o‘zining siyosiy mavqeini saqlab 
qolish maqsadida o‘lkadagi vakillariga Turkiston Kompartiyasining VI 
(1921 yil 11-20 avgust) qurultoyida milliy muammolarga e’tiborni 
kuchaytirishni, Turkiston partiya-davlat organlari tarkibida milliy 
kadrlarni ko‘paytirishni tavsiya etgan edi. Ushbu ko‘rsatmalar asosida 
qurultoyda Turkiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining a’zolari etib 
bir qancha mahalliy rahbarlar bilan bir qatorda Nazir To‘raqulov ham 
saylangan edi. Shu bilan birga Nazir To‘raqulov va Abdulla 
Rahimboyevlar RKP(b) MKning Turkiston byurosi tarkibiga kiritildilar. 
Milliy rahbarlar Markazning buyuk davlatchilik shovinizmiga qarshi 
chiqib, Turkkomissiyani yo‘q qilish talabini bir necha marotaba o‘rtaga 
tashlagan edilar. Bu davrda TKPga boshchilik qilib turgan Nazir 
To‘raqulov ham Turkkomissiya va Turkbyuroning xatti-harakatlariga 
norozilik belgisi sifatida ular safidan chiqish to‘g‘risida ariza beradi. 
Lekin milliy rahbarlarning vatanparvarlik chiqishlari Markazning 
keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Markaz ularga qarshi siyosiy quvg‘inni 
avj oldiradi. Q.Otaboyev va A.Rahimboyevlar “qo‘pol xatolari” uchun o‘z 
lavozimlaridan bo‘shatildi. Lekin sovet hukumati bir oz vaqt o‘tgandan 
so‘ng, ularga “o‘z xatolarini tuzatish” imkoniyatini berib, rahbarlik 
lavozimlarida ishlashga ruxsat bergan edi. Biroq, milliy rahbarlar 
o‘lkaning taraqqiyotini uning mustaqilligida ko‘rdilar va o‘z qarashlarida 
mustahkam turishda davom etdilar.
Nazir To‘raqulov nafaqat siyosiy arbob, balki tilshunos olim sifatida 
ham taniqlidir. U turk, fors, arab, rus, nemis va fransuz tillarini yaxshi 
bilgan. Respublika va viloyat gazetalarida maqolalari bilan qatnashib 


346 
turgan. Uning noshirlik va elchilik faoliyati hayotining keyingi davriga 
to`g‘ri kelgan.
Ko‘pgina milliy rahbarlar qatori Nazir To‘raqulov ham qatag‘onlik 
to‘lqinidan qutulib qolmadi va 1939 yilda otib tashlandi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, 20-yillarning boshlarida o‘lka partiya-
davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga milliy kadrlar jalb qilingan 
edi. Ular orasida taniqli davlat va jamoat arbobi Qayg‘usiz Otaboyev 
(1887-1937) ham bor edi. O‘z siyosiy faoliyati davomida Q.Otaboyev 
Markazning ayirmachilik, shovinistik siyosatiga qarshi bir necha bor 
o‘zining dadil fikrlari bilan chiqdi. U Markaz tomonidan yuborilgan 
emissarlarning mahalliy xalqlarga nisbatan qo‘llayotgan usullarini tanqid 
qilib, Rossiyadan kelgan xodimlar tub aholining o‘lkani mustaqil 
boshqara 
olish 
qobiliyatiga ishonmayotganliklari, 
o‘zlari 
esa 
Turkistonning 
turmush-sharoitlarini 
yaxshi 
bilmasdan 
turib, 
hokimiyatning ma’sul lavozimlariga da’vogarlik qilishlari haqida TKP 
Sovetlarining X qurultoyi minbaridan turib gapirgan edi.
Q.Otaboyev milliy rahbarlardan birinchilar qatorida qarshilikchilik 
harakatiga to‘g‘ri baho bergan. Uning 1922 yil 18 iyulda Turkiston 
Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining VI plenumida qilgan ma’ruzasi keskin 
tanqidiy va ochiqdan-ochiq qarshilik ruhida edi. Otaboyev qarshilik 
harakatiga ”harbiy yo‘l bilan yo‘q qilib bo‘lmaydigan xalq qo‘zg‘oloni” 
deb baho beradi va ushbu harakat ishtirokchilari bilan siyosiy va iqtisodiy 
usullarni qo‘llab, tinch muzokaralar olib borish taklifini kiritadi. Shundan 
so‘ng, 1922 yilning sentabrida Samarqand viloyatida bolsheviklar 
tuzumiga qarshi kurashayotgan Bahrombek qo‘rboshi bilan teng asoslarda 
tinchlik shartnomasini imzolagani uchun Q. Otaboyev, A. Rahimboyev, 
A. Serg‘oziyevlar lavozimlaridan bo‘shatildi. 
Qayg‘usiz Otaboyevning qismati ham o‘sha yillardagi millatparvarlar 
singari ayanchli tugadi, u 1937 yilda mustabid tuzum tomonidan nohaq 
qatag‘onga uchrab, otib tashlanadi. 
Yana bir millatparvar rahbarlardan biri, yetuk davlat arbobi Inomjon 
Xidiraliyevdir (1891-1928). Inomjon Xidiraliyev ham mahalliy aholining 
manfaatlarini himoya qilgan milliy rahbarlardandir. U 1922 yilning 
oxirida Butunrossiya MIQga maxsus xat bilan murojaat qilib, “Mahalliy 
aholining barcha qatlamlarini sovet ishlariga jalb qilishga, bu ishlarni 
aholining milliy turmush tarziga moslashtirgan holda amalga oshirishga, 
Turkistonda ish yuritishni mahalliy aholi tiliga o‘tkazishga” e’tiborini 
qaratgan edi. I.Xidiraliyev fikricha, oktabr to‘ntarishidan so‘ng deyarli 5 
yil o‘tgan bo‘lsa ham, quyidan yuqorigacha boshqaruv apparatlarida 


347 
asosan yevropalik kishilar o‘tirganligi mahalliy aholida chorizm 
mustamlakachilik siyosati sovetlar davrida ham davom etmoqda degan 
xulosani keltirib chiqarmoqda. Boshqaruv idoralarida o‘tirgan 
yevropaliklar asosan Rossiya sharoitidan kelib chiqqan kishilar bo‘lib, 
mahalliy 
aholi 
tili, 
urf-odatini 
bilmaydigan, 
dehqonchilik 
va 
chorvachilikda mashg‘ul bo‘lgan ko‘plab aholi xususiyatiga mos 
mafkuraviy qarashlarni tushunmaydigan shaxslardir. Bu esa o‘z navbatida 
chorizm davridagi byurokratik davlat apparatiga o‘xshab qolgan 
boshqaruv apparatini tez orada mahalliy xalqlar ruhiyati va turmushiga 
moslashtirishni taqozo qiladi. Xidiraliyevning ushbu takliflari bilan 
Markaz qisman bo‘lsa ham hisoblashishga majbur bo‘ldi. 1923 yildan 
boshlab ish yuritish tub millatlar tillarida olib boriladigan bo‘ldi.
Sovet tuzumi davridagi milliy rahbarlar ustida so‘z borar ekan, 
davlat va siyosat arbobi Akmal Ikromov(1898-1938) faoliyati haqida 
to‘xtalib o‘tish muhimdir. A.Ikromov sovet hokimiyatiga sodiqlik bilan 
xizmat qildi. Uning yer-suv islohoti va jamoalashtirish xususida bildirgan 
fikrlari buning yorqin dalilidir. Yer-suv islohotini o`tkazishdan maqsad 
nima degan savolga Akmal Ikromov: “yer bir guruh boylar to`dasi qo`lida 
to`planib qoldi,...boy xo`jaliklarni tugatmasdan turib, paxtachilikni 
rivojlantirib bo`lmaydi” degan edi. Shuningdek, u “18lar guruhi”, 
“inog‘omovchilik”ka qarshi chiqishlar qilib, ularni millatchilikda ayblaydi 
va ularga qarshi kurash olib borishga chaqiradi. Afsuski, 20-yillarning 
oxiri-30 yillarning o`rtalaridagi bir qator qatag‘onlar uchun Akmal 
Ikromov ham javobgardir. Lekin mustabid tuzumning sodiq xizmatchisi 
bo`lgan Akmal Ikromov ham, 1938 yilda “xalq dushmani” sifatida otib 
tashlanadi.
Tadqiq qilinayotgan davrdagi davlat arboblaridan yana biri 
Yo‘ldosh 
Oxunboboyevdir 
(1885-1943). 

1926-27 
yillarda 
O‘zbekistonda yer-suv islohotini o‘tkazish markaziy komissiyasi raisi 
sifatida ish olib borgan, Farg‘ona viloyati hamda respublika qishloq 
xo‘jaligini tiklashda ishtirok etgan. Yo‘ldosh Oxunboboyev 1943 yilda 
Toshkentda vafot etgan.
Tariximizda o‘zining o‘chmas izini qoldirgan buyuk siymo bu-
Fayzulla Xo‘jayevdir (1896-1938). 1920 yili inqilobchi Yosh buxoroliklar 
Turkiston markaziy byurosi rayisi, 1920-24 yillarda Buxoro Xalq Sovet 
Respublikasi Nozirlar Kengashining rayisi (shuningdek, Tashqi ishlar, 
Harbiy ishlar noziri) bo‘lib ishlagan.
Fayzulla Xo‘jayevning faoliyati nihoyatda murakkab siyosiy 
vaziyatda o‘tgan. O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarishlardan 


348 
qoniqmaganligini u o‘zining bir qancha tanqidiy chiqishlarida bildiradi. 
Masalan, 1924 yildagi bolsheviklarning milliy-hududiy chegaralanishiga 
qarshi o‘z fikrlarini ilgari surgan, “Buxoro inqilobi tarixiga doir” asarida 
Fayzulla Xo‘jayev jadidchilikka xolis baho berishga harakat qilgan. 
Ushbu asardagi jadidchilikning ijtimoiy mohiyatiga ijobiy munosabati va 
jadidchilikni ijtimoiy-inqilobiy harakat sifatidagi qarashlari xato deb 
baholandi.
Fayzulla 
Xo‘jayev 
ham 
mustabid 
tuzumning 
qatag‘on 
qurbonlaridandir. U 1937 yil Moskvada “xalq dushmani” sifatida 
qamoqqa olinib, 1938 yilda otib tashlangan. 
20-30 yillarda ko‘zga ko‘ringan milliy yetakchi - Abdulla 
Rahimboyevdir (1896-1938). Abdulla Rahimboyevning siyosiy faoliyati 
nihoyatda serqirra bo‘lib, mustabid tuzum siyosatiga qarshi dadil 
chiqishlari buning yorqin ifodasidir. Masalan, u 1921 yilning dekabrida 
bo‘lib o‘tgan RSFSR Sovetlarining IX qurultoyi minbaridan turib, 
Rossiya hukumatiga ochiqdan-ochiq ”Turkistondagi sovetlarning jazolash 
siyosati har qanday chegaralardan o‘tib tushdi. Farg‘ona viloyatidagi jazo 
otryadlari esa mutlaqo muxtor holatda, hech kim bilan, partiya organlari 
bilan ham, sovet organlari bilan ham hisoblashmasdan, turli shubhali 
shaxslarni xizmatga olib harakat qilmoqdalar” degan bayonot bilan chiqdi. 
Lekin bunday tarzda sovetlar siyosatini tanqid qilish kechirilmas edi va 
1922 yilda ishda yo‘l qo‘yilgan “qo‘pol xatolari” uchun TASSR MIQ raisi 
A.Rahimboyev lavozimidan chetlashtirildi. Biroq vaqt o‘tishi bilan 
Markaz unga “o‘z xatolarini tuzatish” imkonini beradi va yana rahbarlik 
ishiga jalb qiladi.
A.Rahimboyev RKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosining a’zosi hamda 
TKP MQning ma’sul kotibi sifatida milliy-hududiy chegaralanishni 
o‘tkazishning tepasida turdi. 1924 yilning fevralida u Buxoroga yuboriladi 
va bu yerdagi BXSR rahbar xodimlarining kengashida milliy–hududiy 
chegaralanishi to‘g‘risida ma’ruza qildi. 1924 yilning 10 martida 
Turkiston Kompartiyasi MQsi va Turkiston MIQ rahbar xodimlarining 
kengashida 
ham 
ma’ruza 
qilib, 
Rahimboyev 
milliy-hududiy 
chegaralanishni “...nisbatan ma’qul tarzda, og‘riqsiz usullar” bilan 
o‘tkazish kerakligini uqtirdi.
Abdulla Rahimboyevning qismati ham milliy yetakchilarniki kabi 
qatag‘on to‘lqinlari avj olgan paytda hal qilindi. U 1938 yilda qurbon 
bo‘ldi. 
I.Xidiraliyevning hayoti 1928 yilda fojeali tugaydi. 


349 
“Turkiston xalqlarining ildizi bir”,- degan g‘oya avloddan-avlodga 
o‘tib, milliy yetakchilar, jamoat arboblari va milliy ziyolilar qarashlari 
hamda faoliyatlarida o‘z aksini topib kelgan. Tarixan tarkib topgan uchta 
davlatni tugatib, o‘rniga yangi tuzilmalarni vujudga keltirish markaz va 
o‘lkadagi bolshevistik rahbarlar tashabbusi bo‘ldi. 1920 yil boshidayoq, 
Turkkomissiya Turkiston ASSRni bo‘lib tashlab, milliy til belgisiga qarab 
muxtor respublikalar tashkil qilish masalasini qo‘ygan edi. Bu o‘sha yili 
iyun oyida RKP (b) ning Turkistonga oid qabul qilgan hujjatlarida o‘z 
aksini topdi. Lenin Turkistonning “O‘zbekiya, Qirg‘iziya, Turkmaniya” 
ga bo‘lingan xaritasini tuzish kerakligini uqtirdi. Bu rejaning amalga 
oshishi qarshilik harakati tufayli bir oz kechikdi. Turkistonni milliy 
jihatdan qayta chegaralash markaz va RKP(b) O‘rta Osiyo byurosi 
tomonidan ishlab chiqildi va 1924 yilda qat’iylik bilan amalga oshirildi. 
1924-yilning 31 yanvarida RKP(b) MKning Tashkiliy byurosi 
Turkiston, 
Buxoro, 
Xorazm 
respublikalarining 
milliy-hududiy 
chegaralanishi masalasini ko‘rib chiqdi va YA.E. Rudzutakka mazkur 
respublikalarning ma’sul xodimlari bilan birgalikda bu g‘oyani amalda 
qanday ro‘yobga chiqarish mumkinligini oldindan muhokama qilishni 
topshirdi. 1924 yilning fevralida esa Fayzulla Xo‘jayevning milliy 
chegaralanish masalasi bo‘yicha tezislarida markazning turkiy xalqlarning 
ildizi birligini hisobga olmayotganligi, chegaralash g‘oyalari o‘tmish 
istilochilari siyosatidan farq qilmayotganligi aytilgan edi. Turkiston, 
Buxoro,Xorazm respublikalarida tashkiliy va tashviqot ishlari olib 
borilgandan so‘ng, 1924 yilning 11 oktyabrida RKP(b) Siyosiy byurosi 
O‘rta Osiyoni qaytadan bo‘lib chegaralash haqida o‘zining so‘nggi 
qarorini qabul qiladi va 1924 yil 14 oktyabrda RSFSR BMIQ II sessiyasi 
milliy chegaralanish haqidagi Turk MIQ qarorini tasdiqladi. Milliy 
chegaralanish natijalariga ko‘ra, O‘rta Osiyoda O‘zbekiston va 
Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikalari, O‘zSSR tarkibida bo‘lgan 
Tojikiston Avtonom respublikasi, RSFSR tarkibida Qoraqirg‘iz 
(Qirg‘iziston) va Qoraqalpog‘iston Avtonom viloyatlari tashkil topdi. 
Sobiq Turkiston ASSRning qozoq viloyatlari esa, Qirg‘iziston 
(Qozog‘iston) ASSR tarkibiga kiritildi.
Shu tariqa, 1924 yilning kuzida milliy-hududiy chegaralanish 
hukumat qarorlari bilan qonuniy tarzda rasmiylashtirildi.
1925 yilning 13 fevralida O‘zSSR Sovetlarining Buxoroda ochilgan 
I-Umumo‘zbek qurultoyida “O‘zbekiston SSR tuzilgani to‘g‘risida 
deklaratsiya” qabul qilindi. O‘zbekiston SSR sovetlari MIQning raisi etib 
- Yo‘ldosh Oxunboboyev saylandi. O‘zbekiston XKS raisi etib - Fayzulla 


350 
Xo‘jayevni tasdiqladi. Tuzilgan O‘zbekiston SSRga tugatilgan Turkiston 
ASSRdan Sirdaryo, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarining katta qismi, 
Buxoro respublikasidan uning markaziy va g‘arbiy qismi (Zarafshon, 
Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari), shuningdek Xorazm SSRdan 
Xorazm vohasi kirdi. 
Milliy-chegaralanishdan so‘ng, O‘zbekiston sovetlarining I-
qurultoyi (1925 yil 13-17 fevral) “O‘zbekiston SSRning tashkil topishi 
haqidagi Deklaratsiya”ni tasdiqlagach, Ittifoq sovetlarining 3-qurultoyida 
(1925 yil,13 may) esa, O‘zbekiston Respublikasi SSSR tarkibiga kiritildi. 
Shu tariqa, O‘zbekiston SSRning qonunan rasmiylashtirish jarayoni 
tugallandi. 
O‘zbekiston SSR aholisining soni respublika tashkil etilishining 
dastlabki yillarida 3.963.285 kishini, ya’ni, O‘rta Osiyo aholisining 
deyarli yarmini-48,7 foizini tashkil etar edi. 1926 yilda o‘tkazilgan aholini 
ro‘yxatga olish bo‘yicha respublikada istiqomat qiluvchi aholining tarkibi 
quyidagicha edi: o‘zbeklar -74,2%, tojiklar -7,8%, ruslar-5,6%, qozoqlar-
2,4%, qirg‘izlar-2,04%. 
Turkiston o‘lkasini bo‘lib tashlash bilan sho‘rolar milliy 
davlatchiligimizning ming yillik rivojlanish tarixiga putur yetkazdilar. 
Millatning bir qismi o‘z ota-bobolari yerida yashab, mehnat qilsa-da, 
rasmiy ta’rifga ko‘ra, “oz sonli millat”ga aylanib qolgan edi. Bolsheviklar 
andozasidagi milliy-hududiy chegaralanish O‘rta Osiyo xalqlari 
o‘rtasidagi bo‘lajak millatlaro munosabatlarni keskinlashtirib turishi, 
favqulodda vaziyatlarda portlab, turli nizolarga sabab bo‘lishi muqarrar 
edi. Yangi sovet respublikalarini “milliy davlatchilikning tashkil 
etilganligi”, deb baholash xato bo‘lsa kerak. Zero, SSSR tarkibidagi ushbu 
tuzilmalar Markaz ixtiyorida bo‘lib, ilgarigidek unga arzon xom ashyo 
yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan mustamlakalar bo‘lib qolaverdi. 
1924-yilda milliy-hududiy chegaralanishi natijasida O‘rta Osiyo 
xaritasida ittifoqchi respublikalar bilan birga muxtor tuzilmalar ham 
paydo bo‘ldi. Shular orasida Qoraqalpog‘iston muxtor viloyati ham bor 
edi. Ushbu viloyat Qirg‘iziston (Qozog‘iston) ASSR tarkibida bo‘lib, 
unga volostlardan iborat To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot 
okruglari kirdi. 1925 yil 12-19 fevralda viloyat markazi To‘rtko‘l shahrida 
bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati Sovetlarining birinchi 
qurultoyi “Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati tashkil topganligi 
to‘g‘risida Deklaratsiya” qabul qildi va “qoraqalpoq milliy davlatchiligi” 
tashkil etilganligini qonuniy rasmiylashtirdi. Qoraqalpog‘iston avtonom 
viloyati Ijroiya Qo‘mitasining raisi etib A. Qudaboyev saylandi. 


351 
Qoraqalpog‘istonda yashaydigan asosiy elatlar qoraqalpoqlar-38,5%, 
o‘zbeklar-28,7%, qozoqlar-28,6%dan iborat edi. 
Qoraqalpog‘iston Muxtor viloyati tashkil etilgandan so‘ng, sovetlar 
bu yerda ham sotsialistik qurilishni avj oldirib yubordilar. Jumladan ovul 
va qishloqlarni sovetlashtirish keng miqyosda olib borildi. Sovetlarga 
batrak va kambag‘allar saylanib, ularning asosiylarini kommunist va 
komsomollar tashkil qildi. Mamlakatda vayron bo‘lgan sanoatning turli 
sohalari, qishloq xo‘jaligi va sug‘orish ishlarini tiklash amalga oshirildi. 
Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotining taraqqiyoti bir tomonlama xususiyatga 
ega bo‘lib, SSSRning markaziy mintaqalari sanoatini rivojlantirish 
ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan edi. Masalan, 1933 yilning 3 
oktyabrida SSSR Yer ishlari Xalq Komissarligi Qoraqalpog‘istonni 
mamlakatni beda urug‘i yetkazib beruvchi asosiy baza deb tan olgan edi. 
Buning asosiy sababi mamlakat xalq xo‘jaligida ittifoqdosh respublikalar 
o‘rtasidagi mehnat taqsimotida Qoraqalpog‘istonga oliy sifatli paxta, beda 
hamda baliq bilan ta’minlab turish yuklatilganligida edi.
Muxtor viloyat sanoatining yetakchi tarmoqlarini paxta tozalash va 
baliq-konserva zavodlari tashkil etar edi. Sanoatni yuksaltirish bilan bir 
qatorda qishloq xo‘jaligining barcha sohalarini rivojlantirishga ham katta 
e’tibor qaratildi va bu yerga ko‘p miqdorda qishloq xo‘jalik anjomlari 
keltirila boshlanib, boy va ruhoniylardan tortib olingan yerlar hisobiga 
yersiz va kam yerli dehqonlar yer bilan ta’minlandi. 
1930-yilda 
Qoraqalpoq 
muxtor 
viloyati 
RSFSR 
tarkibiga 
kiritildi.1932 
yilning 
20-martida 
esa, 
SSSR 
MIQ 
Rayosati 
“Qoraqalpog‘iston avtonom viloyatini Avtonom Sovet Sotsialistik 
Respublikasiga aylantirish va uni RSFSRga kirishi to‘g‘risida” qaror 
qabul qildi. O‘sha yilning may oyida avtonom respublika Sovetlarining I 
Ta’sis qurultoyi xukumatni tuzdi. Unda QQASSR MIQ raisi etib, Koptleu 
Nurmuhamedov, Xalq Komissarlari Kengashi raisi etib esa Qosim 
Avezovlar saylandilar.1936 yilda SSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul 
qilindi va unga ko‘ra QQASSRning O‘zbekiston SSR tarkibiga kirishi 
ko‘zda tutilgan edi. Buning asosiy sababi, hududiy yaqinlik, yagona 
tarixga ega bo‘lganligi deb e’tirof etildi. 1937 yil 12 fevralda O‘zSSRning 
yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. O‘sha yilning 6 martida esa, 
QQASSRning yangi Konstitutsiyasi e’lon qilinadi. Qoraqalpog‘iston 
O‘zbekiston tarkibida bo‘lganida, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari 
o‘rtasidagi do‘stlik yanada mustahkamlandi.

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish