gap tarkibida kiritma ishtirok etgani uchun
D) o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini izohlab kelgan
ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun
5. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning har ikkalasi
o‘zara shakldosh so‘z hisoblanmaydi.
A) Kiyik ovlarga chiqqanda 4 – 5 kunlar kimsasiz kamarlarda
yotib, pistirmalarda tunab, yolg‘izlikka mutlaqo o‘rganib
ketgan Omon mergan xotinsiz uyiga ham ko‘nikdi.
Men ketay deb, tez yetay deb bog‘ladim belga kamar.
B) Urdi Hasan dovulni, qattiq tortib ayilni.
Yolg‘izlik qursin, yolg‘izlikka qorong‘i tunda shabada ham
dovul bo‘lib tuyular ekan.
C) Dutorning nozik torlaridan chiqqan „Navo“ kuyi o‘z
nolasiga tushunguvchi Otabekdek yigitlarga juda muhtoj edi.
Ipak mato rang-barang noziklar, yarqiroq pistonlar bilan
bezatilgan edi.
D) Xurshidabonu Qalandar bilan Olis Yassiga qochib ketgan edi,
ammo ularning baxtli kunlari uzoqq cho‘zilmadi.
Negadir Boburning bo‘lgan ishlardan xafsalasi pir bo‘lib, uning
ishtahasi qochib ketgan edi.
6. Xalq … vatan manfaati yo‘lida kurashmoq hammamizning
burchimizdir. Turli millat vakillari … ahil … inoq yashash ezgu
maqsadimizdir. Ozod va obod, erkin va farovon hayot … barpo
etish har bir yurtdoshimizning e’tiqodiga aylangan.
Ushbu parchada ko‘p nuqtalar o‘rnida yozilishi kerak bo‘lgan til
birliklari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) biriktiruv bog‘lovchisi, ko‘makchi, zidlov bog‘lovchisi,
tushum kelishigi qo‘shimchasi.
B) ayiruv bog‘lovchisi, ko‘makchi, zidlov bog‘lovchisi, tushum
kelishigi qo‘shimchasi.
C) biriktiruv bog‘lovchisi, ko‘makchi, biriktiruv bog‘lovchisi,
tushum kelishigi qo‘shimchasi.
D) biriktiruv bog‘lovchisi, ko‘makchi, biriktiruv bog‘lovchisi,
qaratqich kelishigi qo‘shimchasi.
7. Qaysi sinonimik qatorda “ortiqcha” so‘z bor?
A) ado etmoq, bitirmoq, do‘ndirmoq, bajo qilmoq
B) balo, usta, bilarmon, epchil, uvvalo
C) juda, g‘oyat, ashaddiy, o‘taketgan
D) toza, biram, obdon, kiroyi, qattiq
8. Berilgan gaplardan nechtasi tarkibidagi kelishik(lar)ni
ko‘makchilar bilan almashtirish mumkin?
1. Qo‘lida stakan, piyola ushlagan bemorlar suv ichgani buloqqa
ketishyapti.
2. Bu qutilarda bir kun oldin telefonda berilgan buyurtmaga
binoan, qora, qizil ikra, yangi so‘yilgan qo‘y go‘shti, qog‘oz
bankada qaymoq, apelsin, hind choyi, ko‘k choy va qazi kabi
noyob yemishliklar bor.
3. Gulnor Nurining o‘z oilasidagi voqealardan, bilgan -
eshitganlaridan so‘zladi.
4. Yorug‘ tushmaydigan, tashqaridan tiq etgan tovush
kelmaydigan yakka zimiston xonada yotganimda xuddi shu otga
o‘xshab ko‘rgan-kechirganlarimni eslab o‘tirardim.
5. Ular ham meni Hind sari chorlaydirlar, mamlakatni obod
qilishni, ilm-u ma’rifatni yuksaltirishni o‘ylaydilar.
6. Bog‘dan chiqish uchun bir necha odim yurgach, ishkom ichida
poyaga suyanib turgan qizga ko‘zi tushdi, uyalganidan bir zumda
qizarib-bo‘zarib ketdi, ketmoniga tikilib qadamini tezlatdi.
7. Agar u guldastani xotiniga deb olganda odamlar unga ajabsinib
emas, havas bilan qarar edi.
A) 4 tasi B) 5 tasi C) 6 tasi D) 7 tasi
9. Qaysi gap tarkibida turli so‘z turkumlari bilan ifodalangan payt
holi ikki o‘rinda ishtirok etgan?
5
A) Inson o‘zga kishi oldida ayblariga iqror bo‘lgach, ularni darhol
unutadi.
B) Haddan ortiq yuksak fazilatlar ham ba’zan insonni jamiyat
uchun yaroqsiz holga keltirib qo‘yadi.
C) Insonning haqiqiy fe’l-atvori mayda-chuydalarda:
ular inson o‘zini nazorat qilishdan to‘xtaganda yuzaga chi-qadi.
D) Hozir boshlangan o‘yin endi o‘zining eng qizg‘in nuqtasiga
chiqqan edi.
10. Qaysi gap tarkibida sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan
qaratqich aniqlovchi qatnashgan?
A) Insonlarning yaxshi amallari har doim ularning gunohlarini
kechirish uchun asos bo‘ladi.
B) Yozuvni chiroyli yozadiganlarning sog‘lom fikrlashini Navoiy
ham e’tirof etgan edi.
C) Hojatmand kishin hech noumid qilma.
D) O‘zbekistonda ilg‘or yoshlarning tashabbuslari bilan ko‘plab
tanlovlar tashkil qilinmoqda.
11. Bosh gapi tarkibidagi barcha gap bo‘laklari
Do'stlaringiz bilan baham: |