ega, aniqlovchi,
to‘ldiruvchi, kesim
qolipiga to‘liq mos keladigan
qolipidagi ergashgan qo‘shma gap berilgan qatorni aniqlang?
A) Biz shunday yashashni o‘rgataylikki, hamma havas bilan
eslasin.
B) Shunisi quvonarliki, sinfdagi o‘quvchilarning hammasi bir-
biri bilan juda ahil.
C) Shuni bilingki, hech bir yangilik bexosiyat bo‘lmaydi.
D) Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida
manzur va mo‘tabar bo‘lsin.
12. Bu olamda bormagan yurtim kam qoldi, – deb gapini davom
ettirdi Bobur o‘ychan ohangda. Ne-ne go‘zal maskanlarni zabt
etmadim. Lekin hech yerda buningdek latofatlig‘ bir viloyat
ko‘rmadim.
Ushbu parchadagi sof fe’llarga xos bo‘lgan qaysi grammatik
ma’nolar o‘zaro bir xil emas?
1) mayl; 2) nisbat; 3) zamon; 4) shaxs-son; 5) tasdiq-inkor.
A) 2, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 2, 4, 5 D) 1, 4, 5
13.Qaysi javobda uyushiq ega va uyushiq o‘rin holining kesimga
to‘g‘ridan to‘g‘ri tobelanishi kuzatilgan?
A) Agar insonning og‘a-inilari, ayoli, farzandlari bo‘lmasa, u
dushmanlari nazarida juda ojiz va qo‘rqoq ko‘rinadi.
B) O‘n kundan keyin Nasiba va Hikmatjon bu xabarni Andijonga
ham Marg‘ilonga ham jo‘natganligini aytdi.
C) Kitob, qalam va ijod shoirani yashashga, hayotga zavq bilan
qarashga majbur qilar edi.
D) Navoiy g‘azallari va ruboiylari goh Hirotda, goh Iroqda, goh
Turkiyada yangrar edi.
14. Bu shahar haqida nimani bilsangiz, o‘z yurtdoshlaringizga
aytib berishingizni iltimos qilaman.
Quyidagi berilganlardan ushbu ergashgan qo‘shma gapning
ergash gap qismi haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang.
1) Ushbu gap egasi ma’lum gapdir.
2) Ushbu gapda vositali to‘ldiruvchining vositasiz to‘ldiruvchiga
tobelanishi kuzatiladi.
3) Ushbu gapda to‘ldiruvchining yasama so‘z bilan ifodalanishi
kuzatiladi.
4) Ushbu gapda aniqlovchi va to‘ldiruvchi vazifasini bajargan
olmoshlar qatnashgan.
A) 1, 2, 4 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 3
15. Qaysi gap tarkibida yuklamaning uch ma’no turi qatnashgan?
A) Ulardan faqat birga oldirilgan suratgina yodgor qoladi, xolos.
B) Keksa donishmandning soch-soqoligina emas, qosh-kipriklari
ham, egnidagi chakmoni – hammasi qorday oppoq edimi?
C) Suvchilarning yuzin silab o‘t, Faqat yaxshi tilak tilab o‘t.
D) Hatto osmon ham ularning muhatiga rashk qilar edi-ku!
16. “Bir qarashda oshiqona ruhda yozilganday ko‘ringan bu g‘azal
mazmuniga teranroq nazar tashlanadigan bo‘lsa, uning
mag‘iz-mohiyatida ijtimoiy ohanglarning ustunligini kuzatish
qiyin kechmaydi. Oshiqning o‘z yoridan shikoyati bahonasida
lirik qahramonning o‘z zamoni va zamondoshlariga bo‘lgan
munosabati ham aks etgandek tasavvur uyg‘onadi. Bu she’rning
tabiati, she’r tabiatidan shoirona foydalana olishning
samarasidir”.
Mazkur ma’lumot Boburning qaysi g‘azali tahliliga oid?
A) «Xating aro uzoring – sabza ichinda lola...»
B) «Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim...»
C) «Xazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim...»
D) «Mening ko‘nglimki gulning g‘unchasidek tah-batah qondir...»
17. Quyida berilgan ma’lumotlardan nechtasi Lutfiyning “Xoh
inon, xoh inonma” g‘azali tahliliga oid emas?
1) g‘azal radifida uchrovchi “ inonma” – hozirgi tilimizda
mavjud “ishonma” so‘zining XV asrdagi shakli. Bu so‘z hozir
ham mamlakatimizning ba’zi hududlarida(masalan, Buxoro
viloyatida) hamda Afg‘onistondagi o‘zbek shevalarining
ba’zilarida ishlatiladi; 2) g‘azalning tili – sodda, ravon.
Murakkab, falsafiy – tasavvufiy so‘z va timsollar uchramaydi
hisob. Shuning uchun baytlar yengil kayfiyat, ayricha bir ishqiy
zavq bilan o‘qiladi; 3) g‘azal matlasida yorning yuzi oppoq nur
taratib yonib turgan chiroqqa qiyoslanadi; 4) g‘azalning ikkinchi
baytida ustalik bilan oshiqning hijron kechasida sahargacha oh
chekkani, bu charxi falakka yetgani aytiladi. Birinchi misra
oxiridagi “moh” so‘zi bilan ikkinchi misra boshidagi “oh” o‘zaro
ohangdoshlik paydo qilganki, bu ham shoirning yuksak badiiy
mahoratidan dalolat beradi; 5) g‘azal boshdan oyoq irsoli masal
san’ati asosida yaratilgan; 6) g‘azlning uchinchi baytida
qo‘llangan “guzar” so‘zini “o‘tish” ma’nosida emas, “ketish”
ma’nosida tushinish lozim; 7) Lutfiyning bu g‘azaliga Nodira
tazmin bog‘lagan edi; 8) g‘azalning beshinchi baytida lirik
qahramonning yig‘layverib ko‘r bo‘lib qolganligiga ishora
keltirish maqsadida Yo’qub alayhissalom nomini keltirish orqali
talmeh san’ati qo‘llangan; 9) shoir yorini “Oy yuzli” deb
ta’riflagani uchun ham shunga mutanosib ravishda maqtada uni
“siynbarim” deydi.
A) 3 tasi B) 2 tasi C) 4 tasi D) 5 tasi
18. Onasining vafoti haqida ro‘znoma(gazeta)ga e’lon berilganini
eshitgan qahramon buni o‘ziga nisbatan hurmat o‘rnida qabul
qilmaydi. Aksincha, juda darg‘azab bo‘ladi, hatto buni o‘sha
ro‘znoma (gazeta) chiqariladigan joyga boradi va u yerdagilarga
qarata: “…ning qora kuni to‘ymidiki, olamga aytuvchilik
qilasizlar. Aytib qo‘yayin, qora kunlarimni yana shunday
do‘mbira qilib chalsalaring, mendan o‘pkalab yurmanglar!” –
deya do‘q- po‘pisa ham qiladi. O‘ziga xos fe’l-atvorga ega bo‘lgan
ushbu adabiy qahramon qaysi asarda uchraydi?
A) “Ot egasi” ( Shukur Xolmirzayev)
B) “Yulduzlar mangu yonadi” (Tog‘ay Murod)
C) “Omon ovchi” ( Shukur Xolmirzayev)
D) “Dunyoning ishlari” (O‘tkir Hoshimov)
19. Zavqiyning she’rlari va maqolalari qaysi matbuot
gazetalarida bosilgan?
A) “Sadoi Farg‘ona”,“Al-Isloh”, “Tirik so‘z” B) “Najot”,
“Sadoi Farg‘ona”, “Tirik so‘z”, “Turkiston viloyatining gazeti”
C) “Najot”, “Sadoi Farg‘ona”, “Tirik so‘z”, “O‘zbekiston
madaniyati”
6
D) “Najot”, “Sadoi Farg‘ona”, “Tirik so‘z”, “Qizil O‘zbekiston”
20. Shavkat Rahmon qalamiga mansub “Turkiylar” she’rining
tahliliga oid ma’lumot berilgan qatorni aniqlang?
A) ijodkor ushbu shе’rida tabiatning kishi ruhiyatida
umidbaxshlik uyg‘otgan holati aks etgan. Garchi shе’r tong
manzarasini chizish uchun yozilganday tuyulsa-da, shoir tabiat
orqali inson shaxsini tadqiq etadi. Sеvinchdan yig‘layotgan
qiyoqlar, ovozini qayrayotgan chigirtka va mеhnatkashligi bilan
dunyoni masxara qilmoqchi bo‘lgan chumoli timsollarida, lirik
qahramonning olam hamda odamlar haqidagi murakkab va o‘ziga
xos qarashlari aks etgan. Shе’rning so‘nggi bandidagi
chumoliga murojaat shundan dalolat bеradi.
B) Shoirning ushbu shе’rida shonli bobolarga munosib
bo‘lolmagan turkiy xalqlarga xos illatlar ayovsiz fosh etiladi. Shoir
bu shе’rida xolis tasvir yo‘lidan bormay, asarga bеvosita
aralashganday bo‘ladi. Chunki qalamga olinayotgan holat
xolislikni taqozo qilmaydi. Butun bir millatning hayot va borliqqa
munosabat yo‘sinini tubdan o‘zgartirish kеrakligi shoirni
muvozanatdan chiqaradi. Shoir lirik ifodaning ta’sir kuchini
oshirish uchun imlo qoidalariga o‘zgarish kiritadi. Chunonchi,
“yеtkazib” so‘zini “yеtkarib” shaklida ishlatadi. “z” tovushini “r”
sonori bilan almashtirish qilinajak ishning zalvorini oshirganday
bo‘ladi.
C) Shoirning ushbu she’rida bahodirlarning janglarda emas, balki
xiyonatlardan, orqadan urilgan xanjarlar tig‘ig‘idan, zahar
solingan sharoblar ta’siridan o‘lganligi badiiy chiziqlar bilan
chizib ko‘rsatilgan.
D) Shoirning ushbu she’rida shoirlik qismat ekanligi, ular
hammaga baxt nashidasini ulashib hammadan so‘ng bu tuyg‘uni
o‘zlari tuyishi aytilgan.
21. “Tunov kun Abulfayzxonni «soyayi xudo» deb oyoqlarini
o‘pmag‘an edingizmi? Abulfayzxon xotinlar bilan ichishib
yotg‘an bir kechaning ertasida, uning oldig‘a kelib: «Bu kecha
tushimda payg‘ambarni ko‘rdim, sizni so‘rab yubordilar», – deb,
chopon kiyganingizni unutdingizmi? Tunov kun sizga chopon
bergan soyayi xudoning o‘limiga bu kun fatvo berasiz, hech
uyalmaysizmi?
Tushingizda
Abulfayzxonni
so‘rag‘an
payg‘ambar, yana bir yo‘la tushingizga kirib, uni so‘rasalar, nima
deysiz? Bular oz emish kabi, Chingizxonning yosog‘ini ham yo‘q
qilmoqchi bo‘lasizmi?”
Haqiqatning keskir qilichi tig‘idan tomgan qondek yangragan
ushbu parcha “Abulfayzxon” dramasidagi qaysi persanaj tilidan
aytilgan?
A) Ibrohimbiy B) Doniyolbiy C) Qozi Nizom D) Oxund
22. «...to‘ladan kelgan, novcha, qirraburun, o ‘sha davrda rasm
bo‘lgan to‘mtoq mo‘ylovli, xushqad, salobatli... diydasi qattiq,
o‘ktam, kamgap odam edi».
Ushbu parchada ta’riflangan «Muzqaymoq» hikoyasi
qahramoni kim?
A) bolaning qo‘shnisi B) kapitanlardan biri
C) bolaning pochchasi D) bolaning otasi
23. Xalqim, bu asrda qaram eding, qul,
Bulutlar ortida tole yulduzing,
Otildi, chopildi, kuyib, bo‘ldi kul
Ne-ne azizlaring, o‘g‘loning, qizing.
Bardosh berolmadi, quridi butkul
Peshonangga bitgan bitta dengizing,
Orol qulligimiz qurboni bo‘ldi,
Olam bu shikvaning hayroni bo‘ldi...
Oral fojiasi haqida dard bilan bitilgan mazkur she’riy parcha
muallifi berilgan qatorni aniqlang?
A) Oydin Hojiyeva B) Xurshid Davron
C) Jamol Kamol D) Usmon Azim
24. “…Nechun sen shahzodadan ranjiysen? Bu vafosiz toj-u taxt,
insonlar ustidan hokimlik qilmoq lazzati o‘zingni ham aqli
hushingdan ayirmagan edimu? Shahzoda yaxshi bo‘lsun, yomon
bo‘lsun – o‘z farzanding, o‘z pushtikamaringdan bo‘lgan
zurriyoting emasmu? Ot tepkisini ot ko‘taradur. Uni qarg‘ab,
yomonlik tilaganingdan yaxshi so‘zingni so‘zlab, nasihatingni
qilganing maqbul emasmu, ey osiy banda?”
O‘z farzandidan najot so‘rab kelgan hukmdorning o‘y-fikrlari
ifoda etilgan ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) “Navoiy” (Oybek)
B) “Yulduzli tunlar” (Pirimqul Qodirov)
C) “Ulug‘bek xazinasi” (Odil Yoqubov)
D) “Abulfayzxon” (Fitrat)
25. Qaysi javobda Alisher Navoiy “Xamsa”siga kiruvchi birinchi
doston haqidagi ma’lumot berilmagan?
A) bu asarda ijodkor kulgu haqida fikr bildirib uni adabning
tarklaridan biri deb ta’riflaydi.
B) bu asarda shoirning tenglik, ozodlik, adolatli jamiyat borasidagi
qarashlari o‘z ifodasini topgan.
C) bu asarda muallif shohlarga qarata: “Raiyat (xalq) poda bo‘lsa,
sen cho‘ponsan, u mevali daraxt bo‘lsa, sen – bog‘bon, agar
cho‘pon qo‘ylarni asramasa, ular och bo‘rilarga yem bo‘ladi.
Podani bo‘rilardan asra , bog‘ni suv berib yashnatgin” degan
mazmundagi ibratomuz fikrlarni keltirgan.
D) bu asrning uchinchi maqolatida muallif inson va hayvon
orasidagi farq haqida gapirib, insonlikning belgisi nutq ekanligini
uqtirgan.
26. Shukur Xolmirzayevning bir adabiy turga mansub asarlari
berilgan qatorni aniqlang?
A) “Qil ko‘prik”, “Odam”, “To‘lqinlar”, “Ot egasi”
B) “Qora kamar”, “Dinozavr”, “Olabo‘ji”, “Xumor”
C) “Ziyofat”, “Bodom qishda gulladi”, “Cho‘loq turna”
D) “Qora kamar”, “Ziyofat”, “O‘zbekning soddasi”
27.
Raqiblarg‘a qilur la’ling tabassum,
Qonimni g‘ussadin toshurmog‘ing ne?
Ko‘ngul shishasida mehring mayidir,
Jafo birla anga tosh urmog‘ing ne?
Ushbu baytda quyidagi qaysi she’riy san’atlardan foydalanilgan?
1) istiora; 2) tashbeh; 3) tazod; 4) tajnis; 5) tanosub
A) 1,3,4 B) 1 C) 1,2,5 D) 2, 4
28. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon
maslahatga quloq solmay, o‘ylamay qaror qabul qilishi, uzoqni
ko‘ra bilmasligi, ko‘plab insonlarning bevaqt o‘limiga,
taqdirlarining o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ladi?
A) Shohdorxonning B) Odilxonning
C) Qovishtixonning D) Arab Rayhon
Do'stlaringiz bilan baham: |