2
MAJBURIY FANLAR
ONA TILI
1.
Qaysi so‘zlar qatorida boshqalari bilan o‘zaro ma’nodoshlik
hosil qila olmaydigan so‘z ishtirok etgan?
A) qoyil qilmoq, qoyillatmoq, qiymoq, yasamoq
B) o‘rinlatmoq, kelishtirmoq, qotirmoq, qiymoq
С) boplamoq, o‘xshatmoq, eshmoq, mondalamoq
D) zamon, chog‘, mahol, on, lahza
2.
Qaysi javobda rasmiy uslubiga xos bo‘lgan so‘z birikmalari
berilgan?
A) ijodkor yoshlar, yeb tashlamoq
B) ijaraga oluvchi, zimmasiga yuklatilmoq
C) bu yerdan surmoq, to‘g‘risini aytmoq
D) qaynash nuqtasi, atmosfera bosimi
3.
Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning har ikkalasi
o‘zara shakldosh so‘z hisoblanmaydi.
A)
Yirtqich
hayvonlarni uy sharoitida parvarishlash
qonunga zid ekanligi har bir fuqaroga uqtirildi.
Bobur
yirtqich
lar orasida kiyik bo‘lib kun ko‘ra
olmasligini ich-ichidan his qilar, shuning uchun bo‘rilar
bilan sher bo‘lib olishishni istar edi.
B) O‘ng qoshi ustidagi kichkina
ortiq
ham quruq
qolmadi, tiniq yuzda „mana men“ deb o‘z rassomini
quvontirdi.
Darrov hovlini o‘z bahosidan ancha
ortiq
qa olibdi.
C) Dunyo ekan… ishq degan
savdo
Bormi faqat
mening boshimda?!
Bir kuni qaynatasi Yodgorga maslahat soldi:
„Qachongacha qishli-qirovli kunlardayam loy changallab
yurasiz?
Savdo
ga kiring – savdoda gap ko‘p“.
D) Anda har
bayt
necha ma’ni ila
Bayt
emaskim, g‘arib xonadurur.
4.
Bobong uzumning yarmini savobi otishmada o‘lgan
o‘g‘illarimga tegsin deb, beva-bechoralarga, yetim-yesirlarga
tarqatadi.
Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar qanday vosita
yordamida bog‘langan?
A) ko‘makchili qurilma yordamida
B) deb so‘zi yordamida
C) ohang yordamida
D) bo‘lsa so‘zi yordamida
5.
Qaysi qatordagi barcha so‘zlar imlo qoidalariga binoan to‘g‘ri
yozilgan?
A) yaxshi, xulq, sohib, darhaqiqat
B) soxib, xulq, hunarmand, uchun
C) xohish, manfaat,mahbuba, maxsi
D) majhul, maxorat, mahkum, mahsulot
6.
Qaysi javobda o‘zaro sinonim iboralar qo‘llangan?
A) aqldan ozmoq - joni halqumiga kelmoq
B) yuragini yormoq- «hash-pash» deguncha.
C) bir yoqadan bosh chiqarmoq - bir jon-bir tan bo‘lmoq
D) podadan oldin chang chiqarmoq – joni halqumiga kelmoq
7.
Qaysi gap tarkibida –
lar
qo‘shimchasi grammatik ko‘plik
emas, balki jamlik, atrofidagilar bilan birgalik kabi uslubiy
vazifani bajarib kelgan?
A) Bakovul ularning belbog‘larini boshqatdan boylab, omin deb
fotiha berdi.
B) Omon bo‘lsak, hademay Samarqand-u Farg‘onalarga ham
borib qolgaymiz!
C) Yaproqlari oqshom shabadasida ohista silkinib turgan bir tup
o‘rik tagidan burilib o‘tdi-yu, muyulishda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
D) Shu soylarda suvlar urgil yuzingga sen.
8.
Qaysi gap tarkibidagi ko‘makchi o‘rnida o‘rin-payt kelishigini
qo‘llash mumkin?
A) «Alvasti ko‘prik» tepasiga chiqib, shahar tomon shitob bilan
ketdi.
B) U supadan tushib, vazmin bosib bog‘ sari yo‘naladi.
C) O‘smir o‘rtoqlari oldida uyalgani uchun ham uydan ketishga
ahd qilgan.
D) Xatni Sobiraxon olib, ko‘k qalam bilan ostiga chizilgan yerini
o‘qidi.
9.
Faqat ergashtiruvchi bog‘lovchilar berilgan qatorni aniqlang?
A) chunki, negaki, ya’ni, agar, bilan
B) basharti, garchi, ya’ni, hamda, ammo
C) agar, toki, ya’ni, lekin, yoki
D) ya’ni, negaki, basharti, chunki, toki
10. Qaysi javobda berilgan gap tarkibida imloviy jihatdan
xato yozilgan so‘z ishtirok etgan?
A) Ayni kunda YUNESKOning Bosh assambleyasi Parij
shahrida joylashgan va uning a’zolari soni 195
davlatdan iborat.
B) YUNESKO insoniyatning intelektual va axloqiy
hamkorligini taminlashga qaratilgan faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash bilan yangi jahon urushlarining oldini
olishni bosh maqsad qilib qo‘ygan edi.
C) Konferensiyada ishtirok etgan 37 davlat vakillari
tomonidan YUNESKO Ustavi tasdiqlandi.
D) Tashkilot davlatlar o‘rtasida maorif, fan, madaniyat,
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida
hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha faoliyat yuritadi.
11. Qaysi javobda “
esi chiqib ketmoq
” iborasining ma’nosi
to‘g‘ri izohlangan?
A) nihoyatda qattiq qo‘rqmoq
B) aqlidan ayrilmoq
C) unutib qo‘ymoq
D) shoshib qolmoq
12.
Qaysi javobda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq xatolik
kuzatiladi?
A) Demak, borlik avval kuzatiladi, kuzatish natijasida tasavvur
shakllanadi.
B) Odam tushgan chohni uning o‘zi qazigan bo‘ladi.
C) Nokasdan qarz olsang, uxlashga qo‘ymaydi.
D) Og‘zini bot ochadigan kishi ko‘p yo‘qotadi.
13.
Gap bo‘laklari joylashuvi
Do'stlaringiz bilan baham: |