ASOSIYU FANLAR
Ona tili va adabiyot
46.
O‘tgan asrlarda urushlar jahon tarixining tub burulishi nuqtasi bo‘lgan
bo‘lsa, hozirgi va bundan keyingi o‘zgarishlar tabiiy ofatlar, pandemiyalar
ta’sirida yuzaga kelishi kutilmoqda. Xususan, oxirgi o‘n yillikda viruslar
tarqalishi orqasidan sodir bo‘layotgan pandemiyalar jahon iqtisodiyotiga va
odamlar tumush tarziga jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda. Amerikalalik taniqli
epidemiolog Stefen Morz fikriga ko‘ra, yerdagi 50 000 turdagi umurtqali
jonzodlarning har biriga xos bo‘lgan, taxminan, 20 xildagi virus mavjud.
Biologlarning fikricha, yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan viruslarning
tarqalishi qator sabablar bilan bog‘liq. Shulardan biri insonlar tomonidan
sinashta bo‘lmagan yovvoyi hayvonlarning iste’mol qilinishidir. Shuningdek,
o‘rmonlarning yo‘q qilinib, yerlarning o‘zlashtirilishi ham tabiatda yashirinib
yotgan viruslarni yuzaga chiqarmoqda. Iqlim isishi natijasida eriyotgan tog‘
muzliklarida millionlab yillardan buyon saqlanib qolgan viruslar ham qayta
uyg‘onmoqda.
(1, 2, 3)
Ushbu matnga mos sarlavha qaysi javobda berilgan?
A) Jahon tarixidagi burilishlar.
B) Viruslar – inqirozga vorislar.
C) Inson ekologiyaga, tabiat esa inson hayotiga tahdid solmoqda.
D) Inson va tabiat: qachon sulh tuzamiz?
47. Matn asosida viruslar tarqalishiga sabab bo‘layotgan inson omillarini
ko‘rsating.
1. Sinashta bo‘lmagan yovvoyi hayvonlarni iste’mol qilish.
2. O‘rmonlarni yo‘q qilib, yerlarni o‘zlashtirish.
3. Azon qatlamining yemirilishi.
4. Jahon urushlarining yuz berishi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 1, 2 D) faqat 1
48. … - yuqumli kasallikning bir necha mamlakat, qit’ada yoppasiga tarqalishi
A) epidemiya B) pandemiya C) azimuth D) ekologiya
49. Qaysi javobdagi fikr to‘g‘ri emas?
A)
Egalik qo‘shimchalari ko‘rsatish olmoshlariga qo‘shilsa, tovush ortishiga olib
keladi.
B)
demoq, yemoq so‘zlariga nisbat qo‘shimchalaridan o‘zlik va majhul
nisbatlarigina qo‘shilsa tovush ortishi kuzatiladi.
C)
bunisi, shunisi so‘zlari tarkibida ikkitadan egalik qo‘shimchasi mavjud.
D)
navoiyning zuryodimiz birikmasida qaralmish tarkibida bog‘lama egalik
qo‘shimchasidan so‘ng qo‘shilgan.
50. Qaysi javobda bog‘langan qo‘shma gap berilmagan?
A) Shogirdlar qancha ko‘p bo‘lsa, ko‘ngil qafasi shuncha ravshanroq bo‘ladi.
B) Arzigulning gapiga kimdir pastdan javob qaytardi, lekin uni Mashrab
eshitolmadi.
C) Men kuyladim goh dilda kadar, Goh sevinib she’r to‘qiyman men.
D) Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa
o‘zining sharaf-u shonini saqlaydi.
51. Bulbul navosi ko‘ngillarni shod aylaydi.
Ushbu gapdagi aniqlovchili so‘z birikmasida hokim bo‘lak qaysi gap bo‘lagi
vazifasini bajargan?
A) aniqlovchi B) ega C) to‘ldiruvchi D) kesim
52. Asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan orttirma nisbatdagi yasama
fe’llar qatorini belgilang.
A)
bo‘ylatmoq,
quvlatmoq
B)
o‘ylatmoq, sovitmoq
C)
orttirmoq, yutqazmoq
D)
ishlatmoq, vang‘illatmoq
53. Qaysi gapdagi turli turkumdagi sodda yasama so‘zlar o‘zaro bir xil so‘z
turkumiga mansub so‘zlardan yasalgan?
A)
Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi
ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi.
B)
Betobligim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma ilova qilinadi.
C)
Yotoqxonada yashovchilar belgilangan tartib-intizom va tozalikka rioya
Do'stlaringiz bilan baham: |