… mavzu jihatdan rang-barang bo‘lib, ular olam va odam bilan bog‘liq
barcha narsa va hodisalarni qamrab oladi. Masalan, tabiat hodisalari, yil fasli
va mavsumlar, hayvonot dunyosi, odam, uning a’zolari va xislatlari, mehnat va
o‘quv qurollari, cholg‘u asboblari, turar joy, uy-xo‘jalik asboblari, qurol-
yarog‘lar haqida bo‘lishi mumkin.
Usgbu jumlalarda nima haqida fikr yuritilmoqda?
A) topishmoqlar B) maqollar C) afsonalar D) ertaklar
69.
Hayosizdin aslo vafo istama,
Vafosizdin aslo hayo istama.
(Ogohnoma)
Ushbu baytda qanday badiiy san’at qo‘llanmagan?
A) tashbeh B) tarse’ C) tardi aks D) tazod
70. “Erkin uchib yurgan bir kabutar ovga chiqqan bir podshohning
tuzog‘iga tushib, bandi bo‘ladi. Necha yillar hukmdor uni bag‘oyat bezatilgan
qafasda saqlaydi. Payti kelib, kabutar bu «zindon»dan qochish imkonini
topadi. Shunda tinmay qanot qoqib, o‘z diyori sari parvoz etadi. Vatan
sog‘inchi bilan necha kunlik yo‘lni bir damda bosib o‘tadi. Lekin, afsuski,
o‘tgan ana shu yillar mobaynida uning uyasi buzilib ketgan edi...
«Kabutar hikoyati...» haqidagi ushbu jumla A.Navoiyning qaysi asarida
uchraydi?
A) «Hayrat ul-abror» B) «Sab’ai sayyor»
C) «Farhod va Shirin» D) «Saddi Iskandariy»
71. “…
olomonning qutqusiga uchgan, odamga emas, to‘daga xos tarzda o‘ylay
boshlagan kishi o‘ziga ham, o‘zgalarga ham falokatlar yog‘dirishi
…”kabi
sujetlar O‘.Umarbekovning qaysi asarida uchraydi?
A) «Yoz yomg‘iri» qissasi B) «Sevgim, sevgilim» qissasi
C) «Urush farzandi» qissasi D) «Odam bo‘lish qiyin» romani
72.
“…bir odam, sher haybatli, yo‘lbars sifatli bir kishi, falakdan shikoyat qilib
yig‘laganiga tog‘-u toshlar suv bo‘lib turibdi
”
Ushbu jumlada qaysi doston qahramoni nazarda tutilmoqda?
A) “Alpomish” da Alpomish
B) “Ravshan” da Avazxon va Hasanxon
C) “Rustamxon” da Sultonxon
D) “Kuntug‘mish” da Kuntug‘mish
73. “Dunyoning ishlari” qissasida keltirilgan oftob haqidagi ertakda aytilishicha,
oftob nima uchun yer yuziga sira chiqqisi kelmas edi?
A)
Yer yuzida iflos narsalar ko‘pligi uchun
B)
Onalar mehri oldida ojizligi uchun
C)
Dunyoning go‘zalligidan uyalgani uchun
D)
Tun qorong‘iligidan qo‘rqqanligi
uchun
74. “Shum bola” qissasidan
ikkita do‘ppini chakkalarga bog‘lab, otning qulog‘iga
o‘xshatib orqa etaklarni tugib dum qilib, turli masofaga kim o‘zarga yugurishdan
iborat bolalar o‘yini qanday atalgan?
A)
“Yalang‘och poyga”
B)
“Oq suyak”
C)
“Bekinmachoq”
D)
“Qushim boshi”
75.
Tazod yo‘qlik va mavjudlikning ramziy tasviri orqali yuzaga chiqarilgan.
Yo‘q narsa – «Qissayi Jamshеd», ya’ni ertak va afsonalar olami, mavjudlik esa
yorning qo‘li orqali tasavvur etilayotgan «Mulkati Jam», ya’ni mavjud hayotdir.
Ushbu ta’riflar Atoyining qaysi g‘azalida uchraydi?
A) «Hajringda, begim, oh degumdur dag‘i o‘lgum»
B) «Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?»
C) «Ey do‘st» radifli g‘azali
D) «Qon bo‘ldi ko‘ngul firoqi birla,»
Do'stlaringiz bilan baham: |