Reja: Oliy nerv faoliyati haqidagi ta`limot va psixologiya.
Oliy nerv faoliyatining shikastlanishlari nevrozlar.
3 Oliy nerv faoliyaning tipologik tafsifi
Oliy nerv faoliyati haqidagi ta`limot va psixologiya
Tashqi olamning ob`ektiv realligini ongda aks ettiradigan fiziologik mexanizmlarni ochib berish fiziologiyaning vazifasidir.
Voqelikni aks ettirish formalari taraqqiyotning turli bosqichlarida turlichadir. Sezgilar, idroklar, tasavvurlarda o`z ifodasini topadigan konkret hissiy in`ikos soddaroqdir. Tashqi olamning abstrakid-umumlashtirilgan in`ikosi beqiyos murakkab bo`lib, logik tafakkurda, ya`ni odam miyasining abstraklovchi ishi asosida vujudga keladigan tushuncha, muhokama xulosalarda o`z ifodasini topadi.
Oliy nerv faoliyatini o`rganish tashqi olamning miyada aks etishiga yordamidagina ko`pgina fiziologik mexanizmlarni bylib olish imkoniyatini tugdiradi.
Tashqi olam va organizmning holati birinchi signal sistemasi tufayli konkret -hissiyotni in`ikos etadi, ya`ni sezgilar, idroklar, tasavvurlar hosil bo`ladi. Nerv sistemasi bo`lgan hayvonlarda retseptorlarning qo`zg`alishi nerv markazlariga nerv impulslarini o`tishi nerv markazlarining qo`zg`olishi sezgalarning fiziologik negizi hisoblanadi.
Ayni vaqtda organizm retseptorlariga ta`sir etuvchi buyum va hodisalarning ayrim xosalari o`g`risida signallar olib turadi.
Nerv sistemasining rivojlanishi jarayonida sezgilarning mexanizmi murakkablashadi, sezgilar murakkab nozik va aniq bo`lib qoladi. Voqelikni aks ettirishning boshqa hamma formalari, jumladan idrok va tasavvurlar sezgilar asosida kelib chiqadi. Sezgilarga qarama - qarshi o`laroq idrok butun buyumni xossalarining yig`indisi sifatida aks ettirishdan iborat. Narsa yaxlit, bir butun va shu bilan birga bir qadar bo`lishgan holda idrok etiladi. Bu katta yarim sharlar yustlog`ining analitik sintetik faoliyatiga bog`liq. Buyum va xodisalarning turli xossalari idrok etganda miya po`stlog`ining ko`p markazlari bir yo`la qo`zg`aladi. Ana shu nuqtalari orasida vaqtinchalik bog`lanishlar vujudga keladi. Vaqtinchalik aloqa -eng muhim fiziologik hodisa shu bilan birga psixik xodisa hamdir ya`ni assotsiativ bog`lanish psixik hodisaning o`zginasidir. Bir buyum yoki hodisaning o`zidan ko`p marta signallar olish asosida vaqtincha aloqalar vujudga keladi. Miya po`stlog`ida qo`zg`olishning yoyilishi tufayli narsa hodisa tushuniladi. Keyingi idroklar protsessida buyumning ayrim xossalari differentsiallanadi- bir biridan ajratiladi.
Voqelikni konkret-xissiy aks etishningmurakabroq formasi tasavvurlardan. Bunda ilgari organizmga ta`siretgan buyum va xodisalarning konkret obrazlari vujudga keladi. Tasavvur-buyum yoki hodisani fazo-vaqt bog`lanityaida ta`riflab, obrazli aks ettirish demakdir. Tasavvurlarning hosil bo`lishi bu ilgari ta`sir etgan signallardan yarim sharlar po`stlog`ida qrlgan izlarni analiz va sintez qilish natijasidir. Tasavvurlarning shakllanishi uchun-fiziologik analiz va sintezning yuksak ko`rinishlari zarur.
Voqelikning aks ettiirishning bu formasi sistemalilik asosida, boshqacha aytganda dinamik steriotip asosida vujudga keladi. Shuni aytib o`tmoq kerakki, konkret-xissiy intikosga ta`luqli ba`zi -jarayonlar odamdan ko`ra hayvonlarda yaxshiroq rivojlaigan bo`lishi mumkin. Ayrim ta`sirotlar tovush xid ta`sirotlari hayvonlarda odamlardadagidan mukammalroq analiz qilinadi. Masalan it tovush xid ta`sirotlarini odamdan ko`ra yaxshiroq differentsiallaydi.
Odam uylab topilgan, aytilgan yoki yozilgan so`zlar bilan ifodalovchi abstraktiv tushunchalar bilan fikrlay oladi. Ikkinchi signal sisitemaning` (nutq) rivojlanishi tashqi olamni abstrakt -umumlashitirib aks ettidishga imkon berdi. In`ikosning bu formasi odamga tabiiiy xodisalarni bilish va ulardan foydalanishdan katta imkoniyat yaratdi.