M A ‘ L U M O T L A R
F.I.O.
|
Tug‘ilgan yili
|
Mutaxassislik shifri
va nomi, doktorlik
dissertatsiya
nomi
|
Ilmiy darajasi, unvoni
|
Ish joyi va lavozimi
|
Oxirgi 5 yilda mutaxassislik bo‘yicha asosiy ilmiy ishlar (monografiyalar, maqolalar) ro‘yxati
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Rahbar ___________________ ________________________
(imzo) (F.I.O,)
M.O‘.
Sana “______” yil “_____”__________________
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi
Nizomdan (2012 y.) ko‘chirma
21. Katta ilmiy xodim- izlanuvchi ilmiy konsultant bilan birgalikda dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi rejasini ishlab chiqadi va u oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida katta ilmiy xodim-izlanuvchi o‘qishga qabul qilingandan keyin bir oy muddatda tasdiqlanadi.
22. Ilmiy konsultant tanlangan mutaxassislik bo‘yicha nazariy – metodologik kursining o‘quv rejasini ishlab chiqadi va u ham oliy ta’lim muassasasi kengashida yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida katta ilmiy xodim-izlanuvchi o‘qishga qabul qilingandan keyin bir oy muddatda tasdiqlanadi.
Nazariy-metodoligik dastur metodologiyaning umumiy konsepsiyasini va masalalarini, fan bo‘yicha nazariy asoslarini va ilmiy tadqiqotlar usullarini o‘z ichiga oladi. Nazariy-metodologik dastur katta ilmiy xodim-izlanuvchi tomonidan o‘qishning birinchi yili mobaynida ilmiy konsultantning yordamida o‘zlashtiriladi.
23. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarning maxsus bilimlarini oshirish maqsadida o‘qishning keyingi yillarida oliy ta’lim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tomonidan fan sohalariga ko‘ra OAK tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha malaka o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Malaka o‘quv dasturlari katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan mustaqil o‘zlashtiriladi.
24. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar uchun nazariy va ilmiy-tadqiqot ishlariga yuklama hajmi xaftasiga 36 soatni tashkil etadi, undan – ko‘pi bilan 12 soat auditoriya mashg‘ulotlari uchun ajratilishi mumkin.
25. Katta ilmiy xodim-izlanuvchiga o‘qishga qabul qilingan kundan boshlab fan nomzodi darajasiga ega bo‘lgan katta ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda lavozim maoshi belgilanadi.
26. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni o‘qishga qabul qilish kvotalari asosida tayyorlangan xarajatlar smetasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ta’lim olish bo‘yicha oliy o‘quv yurtida, fan tarmoqlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasasiga belgilangan tartibda tegishli mablag‘lar ajratadi. Ushbu mablag‘lar hisobiga ta’lim oluvchilarga belgilangan tartibda lavozim maoshlarining tegishli to‘lovlari amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Milliy xavfsizlik xizmatining oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning moddiy ta’minoti xarbiy xizmatchilar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
27. O‘qishga qabul qilingan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarga davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga qonun xujjatlariga muvofiq haqi to‘lanadigan mehnat ta’tili beriladi. Tegishli xujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida o‘qish muddati uzoq vaqt kasal bo‘lish, homiladorlik va tug‘ish ta’tilida bo‘lish davriga, shuningdek harbiy yig‘inlarga chaqirilish munosabati bilan uzaytirilishi mumkin.
28. Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar mutaxassislik, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, chet tili, shuningdek fan sohalariga qarab OAK tomonidan belgilanadigan fanlar bo‘yicha mutaxassislikka muvofiq bo‘lgan ikki fan bo‘yicha imtihonlarni topshirganlaridan keyin doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishga qo‘yiladilar.
29. Doktorlik dissertatsiyasini o‘qish muddati tamom bo‘lishidan kamida 6 oy muddatidan oldin himoya qilgan shaxslarga oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga eng kam oylik ish haqining o‘n besh baravari miqdorida mukofot to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |