1 Alisher Navoiy. Maqbub-ul-qulub. Asailar. 15 tomlik. 13-tom. - Toshkent, Badiiy adabiyot
nashriyoti, 1 9 6 6 ,192-193-betlar.
402
о‘tar ekan, bu borada “Mahbub ul-qulub” asari yordamidan
foydalanish foydadan holi bo‘lmasligini ta’kidlaydi. Mazkur holat
Alisher Navoiyning shaxsiy hayotiy tajribalari asosida yoshlami
komil inson bo‘lib voyaga yetishishga undashishidan dalolat
beradi, Mutafakkir yoshlaming asar mazmunida o‘z ifodasini topgan hayot saboqlaridan o‘zlari uchun tegishli xulosalami chiqarib
olishlariga umid bildiradi. Alisher Navoiy ilm-fanning inson
kamolotidagi o‘mi, bilimlami o‘rganish asosida hosil bo‘lgan aql
va idrokning inson hayotidagi ahamiyati hamda aqliy tarbiya va
uning mohiyatini yoritishga alohida e’tibor qaratadi. Alloma
insonga xos bo‘lgan ma’naviy-axloqiy xislatlari xususida so‘z yuritadi hamda mazkur sifatlaming har biriga to‘laqonli ta’rif berib
o‘tadi. Qanoat, sabr, tavoze (adab), o‘zgalarga nisbatan mehrmuhabbatli bo‘lish, ishqda vafodorlik, saxovat, himmat, karam,
muruwat, yumshoq ko‘ngillik (hilm) kabi xislatlami ijobiy
fazilatlar sirasiga kiritadi va ulaming har biriga ta’rif berganidan
so‘ng tanbeh va hikoyatlar vositasida shaxsiy qarashlarini dalillar
bilan to‘ldiradi. Asarda, shuningdek, axloqiy fazilatlaming antonimi hisoblangan salbiy illatlar va ulardan qutulish yo‘llari ham
bayon etilgan.
Mutafakkir axloqlilikning eng muhim mezoni odob deb hisoblaydi. Odobli, axloqli bo‘lish insonga atrofdagi kishilar o‘rtasida
muayyan mavqe hamda hurmatga sazovor bo‘lishga yordam beradi.
Odobga ega bo‘lishning inson hayotidagi rolini ko‘rsatib berar
ekan, Alisher Navoiy shunday fikrlami ifoda etadi: “Adab kichik
yoshdagilami ulug‘ lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan
umrbod bahramand bo‘ladi. Adab, kichkinalar mehrini ulugiar
ko‘ngliga soladi va u muhabbat ko‘ngilda abadiy qoladi.
Yoshlami ko‘zga ulug‘ ko‘rsatadi. Ulaming yurish-turishini
xalq ulug‘vor biladi. o‘ziga qarshi xalq tomonidan bo‘ladigan
hurmatsizlik eshigini bog‘laydi va kishini hazil-mazaxdan va
kamsitilishidan saqlaydi. Kishi tabiatini insonlik yo‘liga soladi va
odam mijoziga odamgarchilik manzilida orom beradi. Kichiklarga
undan muncha natija hosil bo‘lgach, kattalarga allaqachon
bo‘lishini ko‘rarsan. Kimki, qanoatga odatlansa, shoh va gadoy
bordi-keldisidan ozod bo‘ladi qanoat qo‘rg‘ondir, u yerga kirsang
403
nafs yomonligidan qutularsan, tog‘Iiklardir - u yerga chiqsang
dushmanva do'stga qaramlikdan xalos bo‘larsan; tubanlashishdir -
natijasi yuksaklik; zoriqishlikdir — foydasi ehtiyotkorlik urug‘ining
mevasi farovonlik”1.
Alisher Navoiy qanoatni to‘ldiravchi insoniy fazilatlar sabr,
saxiylik, karam, muruwat, himmat ekanligini ta’kidlab o‘tadi.
Mazkur xislatlaming bir-biriga yaqinligi hamda ulami insoiming
obro‘-e’tiborini yuksak darajaga ko‘tarishga xizmat qiluvchi
xislatlar sanalishini aytib o‘tadi. Ayni o‘rinda sabr deb ataluvchi
xislatga shunday ta’rif beradi: “Sabr achchiqdir - ammo foyda
beruvchi, qattiqdir - ammo zarami daf etuvchi. Sabr shodliklar
kalitidir va bandlar ochqichidir.
U o‘rtoqdir - suhbati zeriktirarli, ammo maqsadga olib
boruvchi; u ulfatdir - umidi uzun, ammo oxiri istakka eltuvchi.
Ulovdir - yurishi taxir, ammo manzilga yetkazuvchi; tuyadir -
qadami og‘ir, lekin bekatga tushirguvchi.
Achchiq so‘zli nasihatchiday tabiat undan olinadi, lekin
zaminida maqsad hosil bo‘ladi. Badxo‘r dori beruvchi tabibday
kasal undan qiynaladi, ammo so£ngida sog'liq yuz beradi”2.
Alisher Navoiy bilim olish jarayonida barcha fanlar asoslarini
chuqur o‘rganish maqsadga muvofiqdir deb hisoblaydi. Shu bois
alloma turli fanlar yo‘nalishlarida yetuk bilimlarga ega va xalq
o‘rtasida alohida hurmat-e’tiborga ega bo‘lgan olimu fozillami
yig'ib, ulaming yordami bilan ilm-fanning rivojini ta’minlashga
e’tibomi qaratadi. Ana shu maqsad yo'lida Samarqandda o‘zining
shaxsiy mablag‘i evaziga “Ixlosiya” madrasasini barpo etadi hamda
uning yonida maktab ochadi. Madrasa va maktab faoliyatini
shaxsiy mablag‘i hisobiga yoiga qo‘yadi. Madrasada o‘ziga xos
tartib-qoidalarga muvofiq faoliyat yuritilgan. Talabalardan mavjud
tartib-qoidaga qat’iy rioya qilish talab etilgan. Shuningdek, talabaning ilm-fan sirlarini mustaqil ravishda yoki yetuk ilm sohiblarining ta’limi asosida o‘zlashtirishlariga ijozat berilgan.
Alisher Navoiy o‘z asarlarida ilm-fan asoslarini puxta o‘zlashtirgan kishilarni ulardan amaliy faoliyatda samarali foydalanishga
Do'stlaringiz bilan baham: |