Davolash gimnastikasi - maxsus davolash muassasalarida
mutaxassis shifokorlar va jismoniy tarbiya sohasida ish olib
boruvchi xodimlar rahbarligida o‘tkaziladi. Ayrim hollarda, agar
maktab shifokori yoki jismoniy tarbiya o‘qituvchisining ma’Ium
tayyorgarligi bo‘Isa, davolash gimnastikasmi maktabda o‘tkazsa
ham bo‘ladi. Agar maktab shifokori yoki jismoniy tarbiya
o‘qituvchisi bu maxsus sohani, ya’ni davolash gimnastikasini
bilmasalar, uni o‘tkazishga urinmasliklari kerak.
317
Jismoniy daqiqalar Gimnastikaning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan turlaridan tashqari quyi sinf o‘quvchilari bilan o‘quv
mashg'ulotlari davomida jismoniy daqiqalar o‘tkaziladi.
Odatda, jismoniy daqiqalar o‘quv kunining ikkinchi yarmidagi
darslarda, ya’ni o‘quvchilaming charchaganligi o‘quv materialining idrok qilinishi va o‘zlashtirilishiga ta’sir eta boshlagani
sezilganda o‘tkaziladi. Charchashlikning oldini olish, markaziy
nerv tizimiga qisqa dam berish va bolaning harakat qiHshga bo‘lgan
tabiiy istagini qanoatlantirish uchun 2-3 daqiqa davomida bir necha
mashq (2-3 mashqni partalar yoniga chiqib turib bajarish)
qildiriladi.
Jismoniy daqiqalami sinf o'qituvchisi bolalar diqqatining
susayganini, o‘quv materialining o‘zlashtirilishi pasayganini yoki
o‘quvchilarning charchaganligini payqagandan keyin o‘tkazadi.
Sinfdan tashqari ishlar 0 ‘quvchilami jismoniy jihatdan
tarbiyalash ishlari darslardagina emas, balki sinfdan tashqari
vaqtlarda ham olib boriladi. Boshlang‘ich maktabda jismoniy
tarbiyada sinfdan tashqari mashg‘ ulotlaming asosiy shakllari:
fizkultura to‘garaklari, fizkultura bayramlari, fizkultura chiqishlari,
musobaqalar, maktabda va maktabdan tashqarida dam olishni
uyushtirish (tanaffiis vaqtlaridagi o‘yinlar, ekskursiyalar, sayrlar)
dan iboratdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil etiladigan turli
shakldagi ishlar jismoniy tarbiya darslarini mazmunan to‘ldirib
boradi.
Mustaqil O'zbekiston Respublikasida bolalar va o‘smirlar
sportiga alohida e’tibor qaratilib, mazkur yo‘nalish davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etildi.
Respublikada yoshlarni jismoniy tarbiyalashga qaratilgan
“Sog‘lom avlod dasturi” ishlab chiqildi. Mazkur dastur talablariga
muvofiq respublika miqyosida quyidagi uch bosqichli sport
musobaqalarining o‘tkazilishi yo‘ Iga qo‘yildi:
1. Umumiy 0 ‘rta ta’lim maktablari o'quvchilari o‘rtasidagi
“Umid nihollari’’ bellashuvi.
2. 0 ‘:rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining
o‘quvchilari o‘rtasidagi “Barkamol avlod” bellashuvi.
318
3. Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasidagi
“Universiada” bellashuvi. Shuningdek, sportning turli yo'nalishlari
bo‘yicha joylarda ommaviy sport bayramlari, musobaqalaming
tashkil etilishi ommaviy tus oldi. Jismoniy tarbiya maktabgacha
tarbiya muassasalaridan boshlab tizimli ravishda amalga oshiriladi
hamda maktabda jismoniy tarbiya asosiy fan sifatida o‘tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |