Tayanch doktorantura - 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat
budjet mablaglari hisobidan mo liyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik
dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ular
tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha falsafa fanlari doktori (FD) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida
tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar
ixtisosliklar bo‘yicha oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli;
Doktorantura- 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan
ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik
dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ular
tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha falsafa doktori (FD)
ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida tashkil
etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklar
bo‘yicha oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli;
Mustaqil izlanuvchilik- ishlab chiqarishdan ajralmagan holda
doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida
mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalari
izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarda tashkil etiladigan oliy
malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan
keyingi ta’lim shakli;
55
Doktorant - OTM yoki ITMga tayanch doktorantura yoki
doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
Mustaqil izlanuvchi - OTM yoki ITMga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
Izlanuvchi - falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy
darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan
shaxs.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qitish qo‘yiladigan umumiy talablar va shakllarda amalga oshiriladi:
tayanch doktorantura;
doktorantura;
mustaqil izlanuvchilik.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qish uch
yilgacha davom etadi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutini tashkil etish va
faoliyat ko‘rsatishi uchun OTM va ITMlar doimiy faoliyat ko'rsatadigan muvofiqlashtiruvchi-kollegial organga (ilmiy kengash, kengash, ilmiy-texnikaviy kengash, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash
va bopsha shakllarda) (keyingi o‘rinlarda Kollegial organ deb ataladi)
ega boiishi lozim.