Tarbiyaning mohfyati, maqsadi va asosiy prinsiplari.
Disterveg umuminsoniy tarbiya g‘oyasini himoya qilib chiqdi, shu
g‘oyaga tayanib turib, pedagogikaga oid masalalarni yuqori
toifaviy va shovinistik manfaatlami ko‘zlab hal qilishga qarshi
kurashdi. Uning fikricha, maktabning vazifasi “chinakam
prussiyaliklar” emas, balki insonparvar kishilar va ongli grajdanlar
tarbiyalab yetishtirishdir. Odamlarga insoniyatga va o‘z xalqiga
436
bo‘lgan muhabbat bir-biriga chambarchas bog‘langan holda rivojlantirilishi lozim. Disterveg “inson - mening nomim, nemis -
mening laqabimdir ’’deydi.
Disterveg Pestalotstsi singari tarbiyaning eng muhim printsipi
- uning tabiatga uyg'un bo‘lishidir, deb hisobladi. Disterveg
tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishini quyidagi mazmunda talqin
qildi, ya’ni tarbiya odamning tabiiy kamol topishiga qarab olib
borilishi, o‘quvchining yoshi va o‘ziga xos xususiyatlari hisobga
olinishi kerak, dedi. Disterveg o‘qituvchilar bolalar diqqati, xotirasi, tafakkurining o‘ziga xos belgilarini sinchiklab o‘rganishlari
kerak, deb aytdi; u psixologiyani ‘tarbiya to‘g‘risidagi fanning
asosi” deb bildi. Distervegning katta xizmati shundaki, u
pedagoglik tajribasini pedagogikani taraqqiy ettirishning manbai
deb hisobladi. U mohir pedagoglaming bolalami tarbiyalash va bu
sohadagi ish tajribalarini o‘rganish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Disterveg tabiatga uyg‘un bo‘lish printsipiga qo‘shimcha
ravishda tarbiya madaniy uyg‘un xarakterda bo'lishi ham kerak,
deb talab qildi.
Disterveg tarbiyaning oliy maqsadini belgilab, bu “haqiqatga,
go‘zaIlikka va yaxshilikka xizmat qilishga qaratilgan
tashabbuskorlikdir” deb aytdi.
Aqliy ta’lim. Disterveg ham Pestalotstsi singari, ta’limning
asosiy vazifasi bolalaming aqliy kuchlarini va qobiliyatlarini
o‘ stirishdan iboratdir, deb hisoblaydi. Lekin u formal ta’lim moddiy
ta’lim bilan chambarchas bog‘langanligini ko‘rsatib, Pestalotstsiga
nisbatan olg‘a tomon katta qadam qo‘ydi. Disterveg, imiuman sof
formal ta’lim bo‘lmaydi, lekin o‘quvchining o‘zi mustaqil olgan
bilimlari va malakalarigina qimmatga egadir, deb uqtirdi.
Distervegning fikricha, boshlang‘ich maktabda o‘quvchilarning o‘qitilgan materialni o‘zlashtirish ustida mustaqil ishlay oladigan qilishga, ularda buning uchun malaka hosil qilishga, ulaming
aqliy kuch va qobiliyatlarini o‘stirishga asosiy e’tibor berilishi
zarur. 0 ‘qituvchi ko‘rsatmali o‘qitish yo‘li bilan bolalardagi barcha
sezgi a’zolarini o‘stirishga alohida e’tibor berishi lozim. o‘rta
maktabda “moddiy maqsad ham asta-sekin oldinga surila beradi” -
437
o‘quvchilar xilma-xil va chuqur ilmiy bilimlar bilan qurollantira
beriladi.
Disterveg o‘rganilayotgan materialni ongli o‘zlashtirishga katta
ahamiyat beradi. o‘quvchilaming o‘rganilgan material mohiyatini
ravshan va aniq bayon qilib bera oladigan bo‘lishi shu materialning
o‘zlashtirilganligini ko‘rsatuvchi belgilaming biridir. Disterveg
o‘qitilayotgan materialning mustahkam o‘zlashtirilishiga ko;p
e’tibor beradi. Disterveg “o‘quvchilar o‘rganib olgan narsalarni
unutib qo‘ymasliklariga harakat qil” degan qoidani ilgari suradi va
o‘tilgan material esdan chiqib qolmasligi uchun uni tez-tez
takrorlab turishni maslahat beradi. Distervegning qoidalaridan
birida “asoslami o‘rganishdan shoshilma” deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |