Olisona aks ettiradi



Download 57,64 Kb.
bet5/10
Sana16.04.2022
Hajmi57,64 Kb.
#557074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hissiyot

7. Yuksak hislar

Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal odamda alohida yakka holda mavjud bo`lmaydi. YUzlab va minglab kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar, kayfiyatlarda aniq yashaydigan umumlashtirilgan hislar yuksak hislar deyiladi. YUksak hislar o`z tarkibiga birmuncha soddaroq turli hislarni oladi. Insoniy faoliyatning qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi hislarning qaysi birining asosi ekanligiga qarab yuksak hislarning muhim turlari; praksik (amaliy), axloqiy, intellektual, estetik hislarga ajratiladi.


Praksik hislar. Inson amaliy hayotining istalgan sohasi maqsadga muvofiq aqliy faoliyatga shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda bo`lish sohasiga aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda odam biror maqsadni anglabgina qolmay, uni e`tirof etadigan yoki inkor qiladigan, bu maqsadlarga erishish yo`llarini baholaydigan, ta`sir qilish usullari va qurollarini ma`qullaydigan va ma`qullamaydigan, ularning to`g`ri tanlanganligiga shubhalanadigan, nihoyat muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik hissini kechiradigan mehnat faoliyatida kuzatiladi. Mehnat inson hayotining asosi bo`lib, insonning mehnatga bo`lgan hissiy munosabati yuksak hislar orasida muhim o`rinni egallaydi. Axloqiy hislar. Axloqiy hislarda odamning boshqa kishilarga, jamoa va o`zining ijtimoiy burchlariga bo`lgan munosabatlari ifodalanadi. Inson bu hislarni kechirar ekan, ma`lum axloqqa, ya`ni ijtimoiy axloq qoidalari va normalari majmuiga asoslanib, boshqa kishilarning xatti -harakatlariga yoki ruxiy xususiyatlariga hamda o`zining xatti - harakatlariga baho beradi. Shaxsning etakchi axloqiy hislaridan biri bu burch hissidir. Bu his odam yashab va ishlab turgan tor doiradagi jamoa (oila, maktab, ishlab chiqarish korxonasi) manfaatlari nuqtai nazaridan turib harakat qilish lozimligini anglaganda ham kechiriladi. Odam o`zining ijtimoiy burchlari nimalardan iborat ekanligini bilib va tushunibgina qolmay, balki ularni bajarish zarurligini ichdan his qilib qayg`uradi. Kishilar hayoti va faoliyatida o`zaro yordamlashish, hamjihatlik, intilish va manfaatlar birligiga asoslangan o`rtoqlik munosabatlari yuzaga keladi. O`rtoqlik hissining rivojlanishida mehnatga bo`lgan munosabat hal qiluvchi ahamiyatga egadir. O`rtoqlik munosabatlarining yuksak cho`qqisi do`stlik hissida namoyon bo`ladi. Do`stlik hissi o`rtog`iga mehribonlikda, uni ko`rish, u bilan gaplashish, o`z fikr hissiyotlari bilan o`rtoqlashishida namoyon bo`ladi. Haqiqiy do`stlik hissi do`stiga nisbatan yuksak talabchanlik bilan bog`liqdir. Xato va kamchiliklarni tuzatishda ham yordam berish do`stlikka yaqin bo`lgan muhim axloqiy his muhabbat hissidir. Muhabbat jamiyatda nikoh va oilaning axloqiy - psixologik asosi hisoblanadi.

Estetik hislar. Axloqiy hislar ularning taraqqiyoti uchun yakin hisoblangan estetik hisga doimo tayanadi. Odamlar hayotning turli faktlarga va ularning san`atiga aks ettirishiga qandaydir go`zallik yoki xunuklik, fojiali yoki kulgili, olijanob yoki razil, nozik yoki dag`al hodisalar sifatida munosabatda bo`ladilar. Bu hislar tegishli baholarda, estetik didlarda namoyon bo`ladi va o`ziga xos, badiiy lazzatlanish holatida kechiriladi. Aqliy (intellektual) hislar odamning haqqoniy fikrlarga, soxta, ajablanarli, shubhali, tushunarli yoki tushunib bo`lmaydigan, hayratda qoldiradigan fikrlarga bo`lgan munosabatlarda ifodalanadi. Aqliy hislarga dastavval ajablanishni kiritish mumkin. Ajablanish inson bilish faoliyatining ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo`lmaydigan hayratda qoldiradigan emotsiyalarga berilib ketgan odam o`zining bilish ehtiyojlarini ondirishga intiladi. Haqiqatni izlash shubhalanish hissi bilan bir vaqtda amalga oshishi mumkin. Bu his odam faol bilish faoliyati orqali hosil qilgan g`oya hamda e`tiqodlarning hayotga tadbiq qilish uchun bo`lgan kurashning qiyin daqiqalarida unga madad bo`ladi.



Download 57,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish