Yechish
Birinchidan, bu masala oldingisidan nimasi bilan farq qiladi?
Oldingi masalada birinchi elementga qat’iy talab bor edi - u hosil bo‘layotgan joylashtirishlarda albatta birinchi o‘rinda turishi kerak edi.
Bu masalada esa, birinchi element faqatgina olinayotgan joylashtirishlarda ishtirok etishi kerak, uning birinchi o‘rinda turishi shart emas, demak u olinayotgan joylashtirishlardagi 7 ta o‘rinning ixtiyoriysida joylashishi mumkin.
To‘plam elementlarini 1 dan 7 gacha bo‘lgan raqamlar orqali belgilaymiz, u holda berilgan elementlar to‘plami quyidagi ko‘rinishda yozilishi mumkin: {1, 2, 3, 4, 5, 6, 7}. Birinchi elementni berilgan to‘plamdan tanlab olamiz, “bandmas” o‘rinlarni esa “x” deb belgilaymiz. Ko‘rinib turibdiki, 7 ta qism to‘plam hosil bo‘ladi.
Bu yerdan uning to‘plamini olinayotgan joylashtirishlarda ta usul bilan qo‘yish mumkinligi kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |