1.4“Olimov Kamronbek Sherzodovich” fermer xo’jaligining personalni boshqarish faoliyati
Fermer xo‘jaligi (ish beruvchi) va uning xodimlari o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlar qonun hujjatlariga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakti) bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining VI-bo‘limiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrda 476-son qarori bilan tasdiqlangan Fermer xo‘jaligi xodimlarini yollash to‘g‘risidaginizom ishlab chiqilgan.4
Fermer xo‘jaligidagi ish tartibi xo‘jalik boshlig‘i tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnat faoliyati hisobini olib borish xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi.
Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash taraflarning kelishuviga ko‘ra pul hamda natura tarzida, qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
(23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-329-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 421-modda)
Fermer xo‘jaligining boshlig‘i va xodimlari davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkaziladi. Ularga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar va pensiyalar tayinlash hamda to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida amalga oshiriladi.
Fermer xo’jaligi xodimi quyidagi talablarga rioya qilishi kerak:
ekologik talablarga va atrof muhitni muhofaza qilishning boshqa qoidalariga rioya etishi;
yer uchastkasining meliorativ holatini yaxshilash, uning unumdorligini saqlab qolish va oshirish tadbir-choralarini ko‘rishi, biznes-rejada shu maqsad uchun mablag‘lar ajratilishini nazarda tutishi;
agar ijaraga olish shartnomasida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, yer uchastkasi berilgan vaqtdan e’tiboran bir yil ichida undan foydalanishga kirishishi;
tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsuloti nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib berilishini ta’minlashi;
g‘o‘za va don ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirishning belgilangan talablariga rioya etishi;
suv resurslaridan suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq foydalanishi, suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rishi;
mazkur fermer xo‘jaligi a’zo bo‘lgan suv iste’molchilari uyushmasi balansida turgan sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash va ta’mirlashda belgilangan tartibda ishtirok etishi, shuningdek ularni texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya etishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |