Olimov Kamronbek Sherzodovich


Ilovalar………………………………………………………………………..24



Download 138,76 Kb.
bet2/11
Sana31.12.2021
Hajmi138,76 Kb.
#275270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Hisobot4

Ilovalar………………………………………………………………………..24

  1. Olimov Kamronbek Sherzodovich” fermer xo’jaligi, Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumani

    1. Olimov Kamronbek Sherdovich” fermer xo’jaligi faoliyatining mazmuni yo’nalishi bilan tanishish

Men “Olimov Kamronbek Sherdovich” fermer xo’jaligida amaliyotimni o’tadim. “Olimov Kamronbek Sherdovich” fermer xo’jaligi faoliyati bilan tanishib chiqdim. Amaliyot davomida o’zimga kerakli va juda muhim bo’lgan ma’lumotlar bilan tanishib bordim. Bu amaliyot davrimda jumladan fermer xo’jaligining tashkiliy tuzilmasi, funksiyasi bu funksiyalarning vazifalari bilan tanishdim, fermer xo’jaligida qo’llaniladigan, me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishib hisobotimni boyitib bordim. Fermer xo’jaligidagi so’ngi ko’rsatkichlar ya’ni statistik ma’lumotlar va turli xil raqamlar bilan ishlab so’nggi vaqtlarda fermer xo’jaligi faoliyati ijobiy yoki salbiy ekanligi va bunday kamchiliklarni bartaraf etish xulosalarini ishlab chiqishga harakat qildim.

Mustaqillik tufayli yurtimizda fermer xo’jaligiga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Hukumatimizning bevosita g‘amxo‘rligi tufayli tarmoqqa bir qator imtiyozlar berildi. Bunda hukumatimizning sohaga oid qarorlari dasturilamal vazifasini o‘tamoqda. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 86-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlangan. Shunga qaror o’zgartirishlariga ko’ra 2017-yil Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumanida “Olimov Kamronbek Sherdovich” fermer xo’jaligi tashkil topgan. Mazkur fermer xo’jaligi tassarufiga 50 gektar yer maydoni ajratib berilgan. Shu farmonga o’zgartirish kiritish asosida 2017-yil (2001-yil, № 1-2, 23-modda) “Olimov Kamronbek Sherdovich” fermer xo’jaligi o’z maydoniga 35 gektar yaylov yer maydonini qo’shib olgan.2018-yil lalimikor yer maydonini 115 gektar qilib olgan.

Fermer xo’jaligi boshlig’i yosh bo’lishiga qaramasdan 27 yoshli boshliq bo’lgan. 4-modda. Fermer xo‘jaligining boshlig‘i shu xo‘jalikning muassisi — fermerdir. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan, qishloq xo‘jaligida tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi fermer bo‘lishi mumkin. Boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fermer xo‘jaligi nomidan ana shu xo‘jalik boshlig‘i ish ko‘radi. Fermer xo‘jaligi boshlig‘ining huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

6-modda.1 Fermer xo‘jaligini tashkil etish tartibi Fermer xo‘jaligi shu xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi, u fermer xo‘jaligiga tegishlicha alohida mol-mulk ajratib beradi va ustavini tasdiqlaydi.Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun uning boshlig‘i belgilangan tartibda yer uchastkasi olishi kerak. Mazkur qaror asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ishlab chiqilgan.Fermer xo‘jaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin tashkil etilgan deb hisoblanadi hamda uning muassisi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish to‘g‘risida shartnoma tuzadi. Fermer xo‘jaligi bank muassasasida hisob-kitob varag‘i va boshqa xil hisobvaraqlar ochishga, o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘lishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustda 357-son qarori bilan tasdiqlangan, Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomi ishlab chiqilgan. Fermer xo‘jaligi ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi.Fermer xo‘jaligining namunaviy ustavi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan Fermer xo‘jaligining namunaviy ustaviga.

Fermer xo‘jaligi ustavining mazmuni

Fermer xo‘jaligining ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

fermer xo‘jaligining nomi;

fermer xo‘jaligi boshlig‘ining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;

fermer xo‘jaligining joylashgan yeri to‘g‘risidagi ma’lumotlar va pochta manzili;

fermer xo‘jaligining ixtisoslashuvi va faoliyatining asosiy turlari;

ustav fondining miqdori.

Fermer xo‘jaligining ustavida qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham bo‘lishi mumkin. Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga ellik yilgacha bo‘lgan, lekin o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi. Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xo‘jaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar ustun huquqdan foydalanadi. Zaxira yerlardan yoki yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan yer uchastkalari o‘tkazilgan tanlov yakunlariga ko‘ra yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasi hamda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga binoan xalq deputatlari tuman Kengashining qarori asosida qabul qilingan tuman hokimining qarori bo‘yicha beriladi. Er uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xo‘jaligining boshlig‘i va tuman hokimi tomonidan imzolanadi.Tuman hokimining fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat qilinishi mumkin.Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turarjoyi bo‘lgan shaxslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi.Fermer xo‘jaligining yer uchastkasi chegaralarini naturada (joyning o‘zida) belgilash hamda yer tuzish loyihalariga muvofiq fermer xo‘jaligiga yer uchastkasini ijaraga berish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish amalga oshiriladi.




Download 138,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish