Fermer xo‘jaligining ustav fondi
Fermer xo‘jaligining ustav fondi fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan belgilanadi.
Pul, qimmatli qog‘ozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk yoki pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar fermer xo‘jaligining ustav fondiga qo‘shiladigan hissa bo‘lishi mumkin. Bunda fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish bo‘yicha ochiq tanlovda ko‘rsatib o‘tilgan mol-mulk, texnika va pul mablag‘lari fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan fermer xo‘jaligining ustav fondiga kiritiladi.
Agar fermer xo‘jaligining ustav fondi shakllantirilayotganda fermer xo‘jaligining boshlig‘i o‘z oila a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-mulkni fermer xo‘jaligiga topshirayotgan bo‘lsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |