O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
MUXANDISLIK QURILISHI INFRASTRUKTURASI FAKULTETI
“QURILISH MATERIALLARI VA KIMYO” KAFEDRASI
Sattorov Zafar Muradovich
QURILISH INDUSTRIYASINING MEXANIK USKUNA VA MASHINALARI
FANIDAN
MA’RUZA MATERIALLARI
T o sh k e n t 2015
|
|
|
M U N D A R I J A
|
|
|
|
1-BOB. MAYDALOVCHI VA KUKUNLOVCHI MASHINALAR
|
3
|
|
|
|
Jag‘li maydalagichlar
|
7
|
|
|
|
Konusli maydalagichlar
|
11
|
|
|
|
Barabanli kukunlovchilar
|
13
|
|
|
|
O‘rtacha harakatlanuvchi tegirmonlar
|
15
|
|
|
|
Bolg‘alovchi tegirmonlar
|
16
|
|
|
|
Tebratguvchi tegirmonlar
|
17
|
|
|
|
Oqimli tegirmonlar
|
17
|
|
|
|
Maydalash va kukunlash uchun mashinalarni tanlash
|
18
|
|
|
2-BOB. MATERIALLARNI SARALOVCHI, BOYITUVCHI, HAVO VA GAZLARNI CHANGLARDAN TOZALOVCHI MASHINALAR
|
19
|
|
|
|
Saralash haqida umumiy tushuncha
|
20
|
|
|
|
Mexanik saralash uchun mashinalar
|
20
|
|
|
3-BOB. MATERIALLARNI MIQDORLASH UCHUN ASBOB-USKUNALAR
|
22
|
|
|
|
Oziqlantirgichlar. lentasimon, vintli va plastinasimon oziqlantirgichlar
|
22
|
|
|
|
Oziqlantirgichlar
|
23
|
|
|
|
Og‘irlik miqdorlagichlar
|
25
|
|
|
4-BOB. GIDRAVLIK SARALASH UCHUN MASHINALAR VA APPARATLAR
|
25
|
|
|
|
Havoli separatorlar
|
28
|
|
|
5-BOB. ARALASHTIRUVCHI MASHINALAR
|
31
|
|
|
6-BOB. ARMATURANI TAYYORLASH, O‘RNATISH VA MAHKAMLASH UCHUN ASBOB – USKUNALAR
|
33
|
|
|
|
Po‘lat. Armatura po‘latining klassifikatsiyasi. Armaturaning normativ va hisobiy tasnifi
|
33
|
|
|
7-BOB. KONSTRUKSIYA VA MAHSULOTLARNI YASASH UCHUN ASBOB-USKUNALAR
|
52
|
|
|
|
Mahsulotni yasashda beton qorishmasini yotqizish uchun asbob-uskunalar
|
52
|
|
|
|
Beton qorishmasini to‘ldirish usullari
|
53
|
|
|
|
Oziqlantirgichlar
|
53
|
|
|
|
Tebratuvchi maydonlar
|
54
|
|
|
|
G‘ovakli mahsulotlarni yasash vaqtida ularni to‘ldirish uchun asbob-uskunalarni tanlash
|
54
|
|
|
|
Temir-beton mahsulotlarini tayyorlashni asosiy usullari
|
56
|
|
|
8-BOB. ASBOB-USKUNALARNI MONTAJI, EKSPLUATATSIYASI VA TA’MIRI
|
58
|
|
|
|
Adabiyotlar ro‘yxati
|
60
|
|
|
|
Normativ hujjatlar
|
61
|
|
|
|
Glossariy
|
61
|
I-BOB. MAYDALOVCHI VA KUKUNLOVCHI MASHINALAR
Tayanch iboralar: Maydalash, kukunlash, sindirish, ishqalanish, ezish, urish, maydalash darajasi, aylantirgichlar, maydalovchi jismlar, oqim, yuklash, yuk tushirish, tasmali uzatma, tirsak, ishchi yurish, salt yurish, qamrash burchagi, g‘ovaklik, hajmiy og‘irlik, ehtiyot koeffitsenti, bolg‘alovchi tegirmonlar, jag‘li tegirmonlar, tebratguvchi tegirmonlar, markazi siljigan val va boshqalar.
Umumiy ma’lumotlar
Maydalash usulari va ularni zarurligi
Har xil qurilish materiallarini mahsulot va konstruksiyalarini tayyorlash uchun ishlatilayotgan xom-ashyo va aralashmalarni maydalashga to‘g‘ri keladi. Maydalash jarayoni sindirish va kukunlash bosqichlaridan iborat. Sindirish va kukunlash bir biridan ajralmasdir. Sindirish natijasida tayyor mahsulot kattaligi 3 mm dan yuqori bo‘ladi, kukunlashda esa 3 mm dan kichik bo‘ladi. Sindirish jarayoni sindiruvchi mashinalarda, kukunlash esa tegirmonlarda amalga oshiriladi.
Sanoatda qurilish materiallarini sindirish va kukunlash jarayonlari alohida ahamiyatga ega. Chunki olingan mahsulot har xil qurilish materiali sifatida (sement, oxak, sopol, temir-beton va b.q.) ishlatiladi. Qurilish materiallarini maydalash asosan ezish sindirish ishqalash, urish yoki birgalikda ta’sir qilishi ezish va ishqalash, urish ishqalash va boshqa hollarda.
Maydalovchi-kukunlovchi mashinalarning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan biri maydalash darajasidir. Boshlang‘ich bo‘laklar razmerini, natijaviy bo‘lak razmerlariga nisbatan maydalash darajasi. Maydalash darajasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
D
i = ---
d
Bu erda, D - boshlang‘ich bo‘lak o‘lchami, m
d - natijaviy bo‘lak o‘lchami, m
Faqatgina birgina maydalovchi yoki kukunlovchi mashinada yuqori darajada maydalash darajasi olish mumkin emas, shuning uchun boshlang‘ich mahsulotni maydalash bir necha ketma-ket ishlayotgan mashinalarda amalga oshirish mumkin.
Maydalangan mahsulotning o‘lchamlariga qarab quyidagilarga bo‘linadi.
a) katta o‘lchamli - 350 - 100 mm
b) o‘rta o‘lchamli - 100 - 40 mm
v) kichik o‘lchamli - 40 - 3 mm
Kukunlangan mahsulotlarni:
a) yirik o‘lchamli - 3 - 0.1 mm
b) mayda o‘lchamli - 0.1 - 0.05 mm
v) juda mayda o‘lchamli - 0.05 - 0.001 mm
Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar ochiq va yopiq sikllarida ishlashi mumkin. Ochiq siklda ishlagan holda qurilish materiallari maydalovchi va kukunlovchi mashinalardan faqat bir marotaba o‘tadi va bunda natijaviy mahsulot tarkibida talab qilingan o‘lchamdan yuqori bo‘lgan zarrachalar uchraydi.
YOpiq siklda ishlaganda esa natijaviy mahsulot tarkibidagi katta o‘lchamli zarrachalar yana qayta maydalovchi mashinalardan o‘tadi.
Maydalashning asosiy qonunlari
Maydalovchi va kukunlovchi mashinalarning ishini asosiy texnik iqtisodiy ko‘rsatgichi bu birlik olingan mahsulotga sarf qilingan energiyadir.
Maydalash uchun sarf qilinadigan energiyani aniqlash bu juda murakkab masaladir, chunki sarf qilinayotgan energiya ish jarayonida o‘zgaruvchi bir qator (faktorlar zarrachalarning bir xilmasligi, ulardagi sinikliklar, zarralarning shakllari va boshqa) qaysiki hisobga qiyin olinadi.
Masalan: Maydalanish jarayonida zarrachalar eng noziq eridan maydalaniladi. Olingan mayda zarrachalarda esa noziq erlari qolmadi. Demak, maydalanish katta zarrachalarga sarf bo‘lgan energiya, mayda zarrachalarga ketganidan kamdir.
Maydalash jarayonida tashqi ta’sir qiluvchi kuchlar zarrachalarni deformatsiyalaydi va mustahkamlik chegarasidan oshishi bilan ularni yana ham mayda zarralarga maydalaydi. Maydalash uchun sarf bo‘lgan energiyani aniqlashi uchun quyidagi gipotezalarni qo‘llaymiz:
a) yuza gipotezasi (ittengera), ya’ni maydalanish jarayonidagi sarf bo‘lgan energiya yangi bo‘lgan yuzaga to‘g‘ri proporsionaldir.
b) hajm gipotezasi (Kirpicheva - Kika), ya’ni geometrik o‘xshash jismlari bir xil shaklga keltirish uchun sarf bo‘lgan energiya ularning hajmi va og‘irligiga proporsionaldir.
Bu ikki gipoteza P.A.Rabinder tomonidan umumlashtirildi.
Maydalash uchun sarf bo‘lgan to‘la ish, deformatsiyalangan hajmdagi difformatsiyaga sarf bo‘lgan ish bilan yangi yuzalar hosil qilishi uchun sarf bo‘lgan ishlar yig‘indisiga teng. Ya’ni:
A = Ad + Ap (1)
A - maydalanish uchun sarf bo‘lgan to‘la ish, Dj.
Ad - deformatsiyalashga sarflangan ish, ya’ni bu jismda issiqligi aylanadi, Dj
Ap - yangi yuzalar hosil qilish uchun sarflangan ish, Dj
Maydalanishda maydalash darajasi kichik bo‘lsa, yangi yuzalar hosil bo‘lishi juda sekin kechadi va (1) formulada Ap = 0 bo‘ladi.
Unda
A = Ad (2)
Maydalanishda maydalash darajasi yuqori bo‘lsa, yangi yuzalar hosil bo‘lishi tez ko‘payadi. Bu holatda Ad = 0 bo‘ladi, chunki deformatsiyalangan hajmdagi ish miqdori yangi yuzalar hosil bo‘lishidagi ish miqdoridan juda kichik bo‘ladi.
Unda
A = An (3)
SHunday qilib, hajm gipotezasi maydalanish jarayonini, yuza gipotezasi esa kukunlash jarayonida qo‘llaniladi.
Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar klassifikatsiyalari
Qurilish materiallarini maydalash quyidagicha amalga oshiriladi:
a) mexanik usulda maydalash, bunda qurilish materiallari maydalashgichni harakatdagi detallari yordamida maydalanadi (yoki harakatdagi detal va qo‘zg‘almas statika).
b) portlatish usulida maydalash, bunda qurilish materiali bo‘laklari gaz bosishining keskin pasayishi yoki uchqun razryadi ta’siri ostida suvda portlash tuskining ta’siri natijasida (elektrogidravlik hodisa) dars (siniq) ketgan erlardan maydalaniladi.
v) elektrotermik maydalash, bunda materiallar tokning yuqori chastotasi yordamida ayni bir joyni chizdirish natijasida maydalaniladi.
Qurilish materiallari sanoatida asosan mexanik usulda maydalovchi maydalagichlar qo‘llaniladi va ular quyidagi asosiy tiplarga bo‘linadi.
a) Jag‘li maydalagichlar, bunda materiallar harakatsiz 1 va harakatlanuvchi 2 jag‘lar orasida maydalanadi. Bu vaqtda harakatlanuvchi jag‘lar oddiy yoki murakkab shaklda harakatlanishi mumkin, birinchi holatda material maydalanishi ezilish hisobiga bo‘lsa, ikkinchidan esa ezilish ishqalanish hisobiga amalga oshiriladi.
b) Konusli maydalagichlar, bunda qurilish materiallari harakatsiz 1 va harakatlanuvchi 2 konuslar orasida maydalanadi, harakatlanuvchi konus harakatsizligiga nisbatan ekssentrik holatda aylanadi.
v) Barabanli maydalagichlar, bunda qurilish materiallari ikki bir biriga qarama-qarshi harakat qiluvchi barabanlar 1,2 orasida yoki aylanuvchi baraban va qo‘zg‘almas jag‘ orasida maydalanadi.
g) Urib maydalovchi maydalagichlar, bunda qurilish materiallari asosan korpus 2 ichida joylashgan bir yoki ikki aylanuvchi rotorlar 1 dinamik kuchlari ta’sirida maydalanadi.
d) Aylangichlar birida qurilish materiali aylanuvchi katok 1 va harakatlanuvchi (yoki harakatsiz) idish 2 orasida ezilish va ishqalanish natijasida maydalanadi.
Qurilish materiallari sanoatida qo‘llanuvchi kukunlovchi mashinalarni ishlashi bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
a) Mexanik usulda maydalovchi jismlar bilan kukunlovchilarda zarralarning maydalanishi ularning urishish va ishqalanish hisobiga amalga oshadi.
b) Mexanik usulda maydalovchi jismlarsiz kukunlovchi mashinalarda materiallarni maydalash dinamik kuchlar ta’siri ostida amalga oshiriladi.
Kukunlovchilarni konstruksiyalariga qarab quyidagilarga bo‘lish mumkin.
a) Barabanli kukunlovchilar, bunda maydalovchi jismlar bilan aylanayotgan barabanda 1 materiallarning maydalanishi maydalovchi jismlar bilan urish va qisman ishqalanishi hisobiga amalga oshadi.
b) Doiraviy sharli kukunlovchilar, bunda materiallarni maydalash harakatsiz 1 va aylanuvchi 2 doira va sharlar 3 orasida amalga oshiriladi. SHarlar aylanuvchi doiraga purjinalar yordamida qisib qo‘yilgan.
v) Doiraviy rolikli kukunlovchilar, bunda materiallarning maydalanishi aylanib turuvchi o‘qga o‘rnatilgan harakatlanuvchi roliklar 1 va harakatlanmaydigan doira 2 o‘rtasida amalga oshadi.
g) Diskali kukunlovchilar, bunda materiallarning maydalanishi bir-biriga qisib o‘rnatilgan harakatdagi 1 va harakatsiz disklar o‘rtasida amalga oshiriladi.
d) Urib kukunlovchilar, bunda materiallar dinamik kuchlar va qisman ishqalanish ta’sirida maydalanadi.
e) Tebranma kukunlovchilar, bunda maydalash sharlarning materialga davomli ta’siri ostida amalga oshiriladi.
j) Oqimli kukunlovchilar, bunda materiallar zarralari havoning turbulent oqimida o‘zaro urilib maydalovchi kamera devoriga ishqalanib maydalanadi.
JAG‘LI MAYDALAGICHLAR
Maydalagichlarning konstruksiyasi
Asosan noruda materiallarni birinchi bor qayta ishlash uchun qurilish materiallari sanoatida jag‘li maydalagichlar keng qo‘llaniladi.
Jag‘li maydalagichlarning asosiy parametri uning yuklash va yuk tushirish qismlaridir. Masalan: SM-888-1500 x 2100 x 180. Markali jag‘li maydalagichning yuklash qisman o‘lchamlari kengligi 1500 mm, uzunligi 2100 mm, yuk tushirish qismi kengligi 180 mm (jag‘ning eng katta ochilgan holda) uzunligi 2100 mm yuklash qismining kengligi yuklanayotgan materialning eng yuqori kattaligini belgilaydi. YUklanayotgan materialning o‘lchami yuklash qismining kengligining 0,8-0,85 qismini teng bo‘lishi kerak. YUklash qismining o‘zligi bir vaqtida yuklayotgan material miqdorini va ish unumdorligini belgilaydi.
Ish jarayoniga qarab jag‘li maydalagichlar 2 tipga bo‘linadi.
1) Harakatdagi jag‘i oddiy harakatlanuvchi jag‘li maydalagichlar.
2) Harakatdagi jag‘i murakkab harakat qiluvchi jag‘li maydalagich.
Maydalagich quyidagicha ishlaydi. Aylanish harakat elektrodvigateldan tasmali uzatma orqali shkiv – maxovikga uzatiladi. Maydalagichni ishga tushirishga katta og‘irlikdagi harakatdagi qism qiyinlashtiradi. Keyingi vaqtlarda katta hajmdagi maydalagichlar ketma-ket ishga tushuvchi pog‘onali ishga tushirish mexanizmlariga ega. SHkiv - maxovik aylangandan so‘ng, Fraksion mufta orqali maydoni ekssetrik valga, so‘ngra ikkinchi firiksion mufta orqali ikkinchi maxovikga uzatiladi. Bu holatda maydalagichning to‘la ishga tushish vaqti 50-60 s ni tashkil qiladi.
Ekssetrik valni aylanishi natijasida vertikal yo‘nalishi bo‘yicha shatun ilgarilanma va qayta harakat qiladi.
SHtok (tirsak)ni yuqoriga harakat qilishi natijasida asos devorlari ham ko‘rolmas asosining orqa devoriga tayanib (tayanch yoki sozlash mexanizimi orqali) ishchi yurish qiladi.
Maydalagich kamerasiga tushirilgan qurilish materiallari natijada maydalaniladi.
Tirsakning pastga harakatlanishida salt yurish amalga oshiriladi.
Elektrodvigitelning salt yurishidagi energiyasi yukli g‘ildiraklarda yig‘iladi va harakatdagi jag‘ga ishchi yurish vaqtida uzatiladi. Harakatdagi jag‘ salt yurishi vaqtida o‘z og‘irlik kuchi va birikturuvchi purjina uskunasi ta’sirida o‘ng tarafga chekinadi.
Hisob qismi asoslari
Jag‘li maydalagichlarda qurilish materiallarini maydalash harakatidagi va harakatsiz jag‘lar orasidagi burchak ma’lum bir kattalikdan oshmasagina mumkindir.
Maydalagichning parametrlarini hisoblash sxemasi quyidagilarga bo‘linadi:
a) qamrash burchagini aniqlash;
b) bo‘laklarni o‘zaro joylashuvi;
v) ekssentrik burchak tezligi va ish unumdorligini aniqlash;
g) quvvat aniqlash.
Qamrash burchagi chegaradan oshishi bilan maydalanayotgan material yuqoriga kirib chiqarib yuboriladi. Boshqa tarafdan, qamrash burchagining chegara qiymatlarini yutish uchun jag‘li maydalagichga ta’sir etuvchi kuchlarni ko‘rib chiqamiz.
Maydalagichning ishlashida jag‘lar orasidagi burchak jag‘ning harakat yo‘nalishida o‘zgaradi (kattalashadi). Burchakning o‘zgarishi jag‘larning yaqinlashishi va uzoqlashishi davrida juda kamdir, shuning uchun bu farqni hisobga olmaymiz va qamrash burchagini eng katta qiymatini (jag‘larning yaqinlashgan holatda) qabul qilamiz.
Harakatdagi jag‘ning chapga harakatlanishida M massali bo‘lakga G og‘irlik kuchi, R - jag‘ning t sig‘imi kuchi, t harakatdagi jag‘ning material bilin ishqalanish kuchi, T, R -harakatsiz jag‘ning material bilan ishqalanish kuchlari ishtirok etadi.
Og‘irlik kuchi Q ni olmaymiz, chunki boshqa kuchlarga nisbatan juda kichikdir.
Ishqalanish kuchi shunday ko‘rinishga ega,
T = f P
T1 = f P1
Bu erda, f - materialning ishqalanish koeffitsienti.
R va R1 - material birligiga ta’sir etuvchi kuchlar, N
2 f
tg α = -------------
1-f2
Ishqalanish koeffitsienti f ni ishqalanish burchagi φ tangensi bilan almashtiramiz va quyidagini olamiz.
2 tg φ
tg α = -------------
1-tg2 φ
tg α = tg 2 φ
α = 2 φ (1)
Demak, jag‘larning yaqinlashgan holatida qamrash burchagi bo‘lgan α ikkilangan ishqalanish burchagidan kichik bo‘lishi kerak (α < 2 φ). Bu holatda, maydalanayotgan material bo‘laklarini yuqoriga yuborish holati yo‘qoladi.
Tosh materiallarining nisbatan ishqalanish koeffitsienti f=0,3, bunda φ =160 40 ga teng α =330 20 bo‘ladi amaliyotda qamrash burchagini 18-200 oralig‘ida qabul qilinadi, chunki bunda eng kichik ishqalanish koeffitsientiga to‘g‘ri keladi. Maydalash darajasini oshirish uchun yuk tushirish qismi kengligi qisqartirilsa, qamrash burchagi kattalashadi. Bundan xulosa shuki, yuk tushirish qismini qamrash burchagi yuqoridagi chegaradan oshmagan holatgacha kamaytirish mumkin. Maydalagichning ish jarayonida bo‘laklar yuqoriga uchib chiqib ketishi ham mumkin. Bo‘laklar 5 b – rasm ko‘rinishda joylashgan holatda bo‘lsa, bunda α, burchagi ikkilangan ishqalanish 2 φ burchagidan katta bo‘lganda bu holat kuzatiladi.
Ekssentrikli valning burchak tezligini aniqlash
Ekssentrikli valning burchak tezligini aniqlashda, natijaviy mahsulot o‘z og‘irlik kuchi ostida maydalagichning yuk tushirish qismi orqali tushib ketadi deb qabul qilamiz.
Bunda material bo‘lagining h balandligiga ega bo‘lgan qismi tushadi. Maydalash kamerasining h balandligi eni qo‘zg‘aluvchi jag‘ning to‘la qaytishdagi tushish yo‘li masofasiga tengdir.
; (2) va (3)
YUqoridagi formulalarga ma’lum qiymatlarni qo‘ygandan so‘ng:
yoki
Bu tengliklarda materialning maydalagich devoriga bo‘lgan ishqalanish kuchlari hisobiga olingan, shuning uchun olingan ω va n qiymatlarini 5-10 % ga kamaytirish taklif etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |