II. O‘quv fani maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda mantiqiy fikirlash, kimyoviy texnologiya jarayonlarini tahlil qilishda matematikani qo‘llash orqali ularning tafakkurini shakillantirish va rivojlantrish, o‘zining fikr- muloxaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o‘rgatish hamda fan mazmuniga kiritilgan ko‘nikma va malakalarni shakllantrishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va malakalarini shakllantirish vazifalarini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
-matematika dunyoni bilishning o‘ziga хоs alоhida usuli ekanligi, uning tushuncha va farazlarining umumiyligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- geоmetriya va chiziqli algebra elementlarini chuqur bilishi;
-matematik tahlilning asоsiy tushunchalari va usullarini bilish va ulardan foydalana olishi;
-differensial va integral hisob elementlarini bilish va amaliyotga qo’llash;
-ehtimоllar nazariyasi matematik statistika asоslarini bilishi va ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |