Qiyosiy daraja – belgining me’yordan biroz kamligini qiyoslab ko`rsatuvchi daraja bo`lib, sifat asosiga –roq qo`shimchasini qo`shish orqali yasaladi: Dunyoda joxillikdan dahshatliroq narsa yo`q.Oqshommi go`zalroq, tongmi?! Insonning aqli mushtidan ko`ra kuchliroqdir.
Ozaytirma daraja – belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi sifat shaklidir. U quyidagi usullar bilan yasaladi:
sintaktik usul: oddiy darajadagi sifat oldidan sal, picha, biroz, xiyol, hiyla, nim, biroz so`zlarini keltirish orqali: sal shirin, biroz yaxshi, xiyol durust.
morfologik usul: rang, tus bildiruvchi ayrim sifatlarga –(i)sh, -(i)mtir qo`shimchalarini qo`shish orqali: ko`kimtir, sarg`imtir, qizg`ish, ko`kish...
Do'stlaringiz bilan baham: |