-dor unumdor, vafodor
-ser sersuv, serqirra
-ba bama’ni, boodob
-mand ishtiyoqmand, kasalmand
-kor ehtiyotkor fusunkor
-siz Suvsiz, asossiz
-be(siz) beminnat, beg`araz
-no(siz) nomard, nojo`ya, noo`rin
-chan ishchan, o`ychan
-choq tortinchoq, maqtanchoq
-chak kuyinchak, erinchak
-chiq qizg`anchiq, sirpanchiq
-qoq(-g`oq) yopishqoq, toyg`oq
-gir(-kir,-qir) keskir,sezgir, topqir
-ag`on chopag`on, qopag`on
-mon toparmon, tutarmon, ishbilarmon
-aki yuzaki, shartaki
-qi yig`loqi, sayroqi, qayroqi
-k chirik, kemtik
-ik egik, bukik, o`lik
-q iliq, issiq, oqsoq, yumshoq
-iq bo`liq, o`siq, yirtiq, ochiq
-kin (-qin, -g`in) so`lg`in, jo`shqin, horg`in
-in to`kin, sochin, erkin
-ma yig`ma, terma, tug`ma, burama
-mas qo`rqmas, yengilmas, yaramas
-ildoq qarsildoq, bijildoq
-ch tinch, jirkanch
-iy(viy) ahloqiy, samoviy, jismoniy
-gi(-ki,-qi) oldingi, tashqi, kechki, tonggi
-i qishloqi, iroqi, qozoqi
-cha ruscha, o`zbekcha, qozoqcha
-namo mullanamo, kamnamo, avliyonamo
-simon tuxumsimon, aylanasimon, doirasimon
-parvar insonparvar, vatanparvar
-bad badbo`y, badnafs
-chil epchil, kamchil, izchil
-don bilimdon, gapdon
-kash mehnatkash, dilkash
-msiq qarimsiq, achimsiq
-bop ommabop, palovbop
-xush xushmanzara, xushhavo
Sintaktik usul bilan qo`shma sifatlar yasaladi. Qo`shma sifatlarning tarkibiy qismlari:
ot + otdan: devqomat, havorang, bodomqovoq, alpqomat
sifat + otdan: sofdil, kaltafahm
ot+fe’ldan: osmono`par, jonkuyar
FE’L YASALISHI
Fe’llar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi. Sodda yasama fe’llar morfologik usul bilan yasaladi.
-la fe’l yasovchi faol qo`shimcha bo`lib, quyidagi turkumlardan fe’l yasaydi:
otdan o`yla, so`zla
sifatdan oqla, ko`kla
ravishdan tezla, odimla
taqlid so`zdan sharilla, pirilla
undov so`zdan dodla, chuhla, voyvoyla.
-lan ikkilan, rohatlan, uylan
-lash gaplash, salomlash, xayrlash
-illa chirilla, pirilla, mo`ltilla
-ira sharqira, yarqira
-a o`yna, osha, yasha
-ay ko`pay, kuchay, ozay, puchay
-(i)r qisqar, eskir
-ar yoshar, bo`zar, oqar
-k(ik) kechik, birik
-q(iq) yo`liq
-i changi, boyi, tinchi
-t(it) to`lat, berkit
Sintaktik usul bilan qo`shma fe’llar yasaladi. Qo`shma fe’llar doim ajratib yoziladi. Qo`shma fe’llar tarkibi quyidagicha bo`ladi:
ot + fe’ldan vafot etmoq, tashrif buyurmoq, qo`l qo`ymoq, imzo chekmoq
fe’l + fe’ldan sotib olmoq, borib kelmoq, tortib olmoq.
Qo`shma fe’llarni ko`makchi fe’lli shakllardan farqlash lozim. Bunday fe’llar yetakchi fe’l + ko`makchi fe’l shaklida tuziladi. Yetakchi fe’l ravishdosh shakdida bo`lib, harakat(holat) ma’nosini ifodalaydi. Ko`makchi fe’l o`z lug`aviy ma’nosidan chekinadi va harakatning turli xarakteristikasini ko`rsatuvchi qo`shimcha ma’nolarni anglatadi. (Ko`makchi fe’l tushirib qoldirilsa ham harakat ma’nosi yetakchi fe’ldan anglashiladi). - chiqdi
- bo`ldi
ko`rib - berdi
- qoldi
- turdi
Quyida berilgan ko`makchi felli so`z shakllarining ma’nolariga diqqat qiling: sezib qolmoq, o`qib bermoq, ketib qolmoq, qarab qo`ymoq, kelib turmoq, kutib qolmoq, yura boshlamoq. (Ko`makchi fe’llarning ma’nolari haqida) fe’l turkumida vahs yuritamiz).
Do'stlaringiz bilan baham: |