Ikki nuqtaning ishlatilishi. Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasiga quyidagi hollarda ikki nuqta qo`yiladi:
Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi sodda gapdan anglashilgan fikrning sababini, natijasini bildirsa: Shoazim o`ng`aysizlanib yerga qaradi: hozir uning ko`ngliga vahs sig`mas edi.(P.Q.)
Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi gapdan anglashilgan fikrni izohlab kelsa: Uning otasi bir yilda bog`ni juda yashnatib yubordi: yangi daraxtlar ekdi, go`zal gulzorlar yaratdi, turli-tuman payvandlar qildi.
Yordamchilarsiz bog`langan qo`shma gap tarkibidagi keyingi sodda gap oldingi sodda gapning kesimini to`ldirib kelsa: Bildi ota: foydasizdir qiynamoq. (H.H) Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |