OLMOSHLARNING MA’NO TURLARI
Ko`rsatish olmoshlari- bu, shu, o`sha, mana, ana, mana bu, mana shu, manavi, anavi. So`z, so`z birikmasi va gap o`rnida qo`llanilib, unga ishora qiluvchi yoki biror so`zni aniqlab keluvchi olmoshlar ko`rsatish olmoshlari deyiladi. Gapda ko`rsatish olmoshlari sifat kabi qo`llanadi: Bu bolashi taniyman. O`sha voqeani hanuz eslaydi.
Ko`rsatish olmoshlari otlashish xususiyatiga ega: Anavini olib keting. Shuni bering.
Egalik, kelishik, –day, -dek, -aqa, -cha qo`shimchalari qo`shilganda qo`rsatish olmoshlarida tovush ortishi yuz beradi: shunaqa, unday, shuncha, buncha, unisi, buningiz, shunga, undan, bunda.
Kishilik olmoshlari- men, biz, sen ,siz, u, ular uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlardir. Gapda ular otlarni almashtirib keladi lekin egalik qo`shimchalarini olmaydi chunki ularning o`zi gapda uch shaxsdan birini bildirib keladi. Otlar kabi birlik va ko`plikda qo`llaniladi, kelishik qo`shimchalarini oladi. Ba’zan biz, siz, ular ko`plik olmoshlari birlikni bildiradi bunda hurmat, o`zini ta’kidlamaslik ma’nolari anglashiladi. Aksincha ikkinchi shaxs birlikdagi olmoshga ko`plik qo`shimchasi –lar qo`shilganda, kamsitish hurmatsizlik ma’nolari anglashiladi. U, ular olmoshlari ham kishilik, ham ko`rsatish olmoshi vazifasida qo`llaniladi.
Karim keldi u kechgacha o`tirdi – kishilik olmoshi shaxsga ishora qilib kelmoqda.
U kishi menga notanish – ko`rsatish olmoshi aniqlab kelmoqda.
O`zlik olmoshlari- o`zim, o`zing, o`zi, o`zimiz, o`zingiz, o`zlari kishilik olmoshlari o`rnida almashib qo`llanuvchi shaxsni yoki predmetni ko`rsatuvchi o`z so`zidir. O`zlik olmoshlari nimani almashtirib kelishiga ko`ra predmet o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar va shaxslar o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar farqlanadi:
O`zingni er bilsang, o`zgani sher bil – shaxs o`rnida qo`llangan
O`zi bukir, tishi o`tkir – predmet o`rnida qo`llangan.
Birlik Ko`plik
O`zim - Men O`zimiz - Biz
O`zing - Sen O`zingiz - Siz
O`zi - U O`zlari - Ular
O`zlik olmoshi doim egalik olmoshi bilan birga qo`llanadi. Predmet yoki shaxslarni yakkalab ko`rsatadi. Gapda qaratqichli birikma hosil qiladi. O`zlik olmoshi ko`pincha sifat va ravishga ko`chadi: o`zicha, o`zga, o`z-o`zidan, o`zidan-o`zi, o`zi.
Belgilash olmoshlari- hamma, barcha, vari, yalpi, jami, butun – shaxs, narsa, belgi, harakat-holatlarni jamlab ifodalaydi har bir, har nima, har narsa, har qanday, har qaysi to`pdan ajratilgan shaxs, narsa belgilarini bildiradi. To`pdan ajratilgan yoki jamlab ko`rsatuvchi shaxs, narsa, xarakat holatlarni, har so`zi so`roq olmoshlariga bir so`ziga qo`shilib to`pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgilarni bildirgan so`zlar belgilash olmoshlaridir.
Gumon olmoshlari- so`roq olmoshlariga va narsa so`ziga –alla, -dir qo`shimchalarini qo`shish bilan gumon olmoshlari hosil qilinadi.
Kimdir, nimadir, allakim, allaqaysi, allaqancha, allanima. Qachon, qayer so`ziga bu qo`shimchalar qo`shilsa ravish so`zi yasaladi: allaqayerda yuribdi, allaqachon keldi.
-alla qo`shimchasi o`rin-payt ma’noli so`zlarga qo`shilsa ravish yasaladi: allamahal, allajoy, allavaqt.
Gumon olmoshlari mavjud lekin so`zlovchi uchun noma’lum bo`lgan predmetlarga ishora qiladi. Bir so`zi kishi, narsa, nima so`zlariga qo`shilib gumon ma’nosini yuklaydi. Unda bir so`zi gumon olmoshi sanaladi.
Bir kishi (kimdir), bir nima (allanima), birov (kimdir).
So`roq olmoshlari- shaxs, narsa, hodisa, belgi - xususiyat, miqdor, sabab-maqsad, o`rin-payt xaqida so`roqni bildiruvchi olmoshlar so`roq olmoshlari deyiladi. Ba’zan so`roqlar almashib qo`llanilishi mumkin.
Shaxs so`rog`i – kim?
Narsa so`rog`i – nima ?
Belgi-xususiyat so`rog`i—qanday?, qanaqa?, qaysi?
Miqdor so`rog`i – qancha?, necha?, nechanchi?, nechta?
Sabab-maqsad so`rog`i -- nega?, nima uchun?, nimaga?, nima sababdan?, qalay? Nimaga?
O`rin-joy so`rog`i—qayer?,
Payt so`rog`i—qachon?
Bo`lishsizlik olmoshlari- hech kim, hech nima, hech narsa, hech bir, hech qachon, hech qaysi, hech qancha. Bo`lishsizlik olmoshlari mavjud bo`lmagan predmetlarni ifodalaydi. Hech so`zi fe’l yoki otlar oldida qo`llanilib inkor ma’nosini ifodalaydi. Hech so`zi olmosh sanalmaydi.
Hech inson bunday o`ylamaydi.
Hech so`zi o`rin-payt ma’noli so`zlar bilan qo`llanilib qo`shma ravishlarni hosil qiladi. Hech vaqt, hech zamon, hech qayer, hech joy. Bo`lishsizlik olmoshlari har doim qo`shma olmoshlar sanaladi. Ajratib yoziladi. Gaplarning kesimi inkor shaklida bo`ladi. Olmosh o`rnida qo`llanuvchi so`zlar men-kamina, vanda, faqir, qulingiz so`zlari qo`llaniladi va ular ham shu o`rinda olmosh sanaladi.bunda ular birinchi shaxs o`rnida qo`llansa ham gapda, uchinchi shaxs shaklida qo`llaniladi.
Olmoshlar tuzilishiga qo`ra:
-sodda olmoshlar : kishilik olmoshlari va allakim...
-qo`shma olmoshlar: har kim, har bir, hech kim (ko`rsatish, belgilash bo`lishsizlik va gumon olmoshlari)
-juft olmoshlar: u-bu, ana-mana, sen-men...
-takroriy olmoshlar: necha-necha, o`sha-o`sha, nima-nima, qaysi-qaysi, uncha-muncha.
FE’L
Ish-harakat va holatni atab kelgan so`z turkumi fe’l deyiladi. Fe’llar nima qilmoq?, nima bo`lmoq? so`roqlariga javob bo`ladi: o`qimoq, ishlamoq, qasal bo`lmoq, xafa bo`lmoq, yugurmoq, sakramoq, qochmoq, bekinmoq.
Fe’llardan anglashilgan harakat va holat ma’lum shaxs yoki narsa tomonidan bajariladi. Shu shuxs yoki narsa ish harakatning bajaruvchisi sanaladi. Masalan: barglar to`kildi. Bola yugurdi. Qo`zichoq ma’radi.
Fe’llar nimani atab kelishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: 1.Harakat fe’llari; 2.Holat fe’llari.
Harakat fe’llari predmet - shaxslarning jismoniy faoliyati natijasida ro`y bergan harakatni bildiruvchi fe’llardir: yugurmoq, tarqalmoq, egilmoq, supurmoq, almashmoq.
Shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o`tish jarayonini ifodalovchi fe’llar holat fe’llari sanaladi: jimirlamoq, unmoq, fikrlamoq, qotmoq, sarg`aymoq, ikkilanmoq, xursand bo`lmoq, eskirmoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |