CHo`l hayvonlari. CHo`l hayvonlari uzoq davom etgan quruq, jazirama yozga, qumli, sho`rxok, gilli, toshloq sharoitga moslashgan. SHu sababli ba`zi hayvonlar uzoq davom etgan qurg’oqchil, nihoyatda issiqqa, yozga chidamli bo`lib, umrida suv iste`mol qilmay o`simliklar tarkibidagi namlik bilan cheklaisa,. (yumronqoziqlar, qo`shoyoqlar, ko`rsichqon) ba`zi, chunonchi oqquyruq, jayron chopqir (soatiga 50—60 km. tezlikda chopadi) bo`lib, uzoqdagi suvloqdan foydalandi.
O`zbekiston cho`llarida sutemizuvchilardan cho`l mushugi, jayron, oqquyruq, qoraquyruq, olaqo`zon, qoraquloq, qoplon (gepard), O`rta osiyo bug’usi - xongul, tulki, bo`ri; kemiruvchilardan ingichka oyoqli yumronqoziq, qumsichkon, shalpangquloq, tipratikan, qo`shoyoqlar, ko`rsichqon; sudralib yuruvchilardan echkemar, qum bo`g’ma iloni, kapcha ilon (O`rta Osiyo kobrasi), chipor ilon, xoldor chipor ilon, o`qilon, charxilon, kaltakesaklar, cho`l toshbaqa; qushlardan xo`jasavdogar, to`rg’ay, tentakqush, kora-bovur, yo`rg’a do`valoq, boyo`g’li, cho`l moyquti, qum chumchug’i, cho`l karg’asi, so`fito`rg’ay kabilar yashaydi.
Tayanch so`z va iboralar
O`simliklarini tarqalishi.
Turi va oilasi.
CHo`l mintaqasi o`simliklari.
Adir mintaqasi o`simliklari.
Baland tog’ o`simliklari.
SHifobaxsh o`simliklar.
Hayvonot olami.
Tekislik-cho`l hayvonlari.
Emiruvchi hayvonlar.
Sudralib yuruvchi hayvonlar.
Mavzu: O`zbekistoning tabiiy resurslari va ulardan xo`jalikda foydalanish hamda muxofaza qilish
Tabiat va inson orasidagi munosabatlar azaldan hammani qiziqtirib kelayotgan eng muhim muammolardan bnri hisoblandi. Ayniqsa, sanoat va traisportning tez o`sishi, aholnning ko`payishi va urbanizaqiyasi, qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini kimyolashtirish, erlarii betartib, rejasiz o`zlashtirish, suv boyliklaridan xo`jasizlarcha foydalanish bir tomondan Respublika boyliklaridan ko`proq foydalannshga imkoniyat bersa, ikkinchi tomondan atrof-muhitga salbiy ta`sir etib, uning dastlabki tabiiy muvozanatini buzilishiga olib kelmoqda. Natijada respublika havo va suvi ifloslanmoqda, tuproq eroziyasi tezlashmoqda, o`simlik va hayvonlarning ba`zi turlari kamayib yoki yo`qolib ketmoqda, tabiiy yodgorliklar shikastlanmoqda. Binobarin, O`zbekiston tabiatini qo`riqlash masalasi respublika uchun zarur bo`lgan tabiiy boyliklarii tuproqni eroziyadan saqlash, o`simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, suv va havoni toza saqlash, xushmanzara joylarii va tabiatning ajoyib yodgorliklarini o`z holicha saqlash kabilarii o`z ichiga oladi.
Agar atmosfera va suv boyliklari pokiza saqlanmasa, tuproqning eroziyaga uchrashi va ifloslanishiga chek qo`yilmasa, o`simlik va hayvon turlarini kamayib ketishining oldi olinmasa xalq xo`jaligi juda katta zarar ko`radi, aholi salomatligiga salbiy ta`sir etib, naslimiz buziladi, oqibat natijada o`lkamizni kelajak avlodga «qashshoqlashgan» holda meros qilib qoldiramiz.
O`zbekistonda tabiiy boyliklardan foydalamish o`ziga xos xususiyatga ega. Chunki respublika aholisining 90% atrofidagisi vohalarda joylashgan. Buning ustiga O`zbekistonnint asosiy shaharlari, qishloqlari, zavod fabrikalari, sug’oriladigan erlari, paxta dalalari joylashgan. Natijada voxalar (Toshkent-Mirzacho`l, Farg’ona, Zarafshon, Surxondaryo, qashqadaryo, quyi Amudaryo vohalari) sanoat, maishiy-kommunal chiqiidilari va qishloq xo`jalikda ishlatilgan knmyoviy moddalar bilan ifloslangan.
O`zbekiston boy tabiiy resurslarga har xil qazilma boyliklarga, qulay iqlimiy sharoitga, unumdor tuproqqa, xilma-xil o`simlik va hayvon turlariga ega.
O`zbekiston tabiiy resurslari eng avvalo tugaydigan va tuganaydigan deb ikki katta guruhga bo`linadi.
Tugaydigan tabiiy resurslar o`z navbatida yana qayta tiklanmaydigan (qazilma boyliklar, daryo energiyasi) va tiklandigan (tuproq, o`simlik, hayvonlar va ba`zi mineral xom-ashyolar) resurslarga bo`linadi.
O`zbekiston tabiatining buzilishi va ifloslanishida tog’-kon sanoati ham ishtirok etadi. O`zbekiston tabiatini ifloslovchi yana bir manba bu maishiy-kommunal xo`jalik chiqiidi suvlari va axlatlaridir. Ma`lumotlarga qaraganda respublika bo`yicha maishiy-kommul xo`jalik ehtiyoji uchun yiliga olinayotgan suvning 50% tozalanmasdan, yarim tozalangan holda tabiiy havzalarga chiqarib tashlanmoqda. Natijada suv havzalari har xil zararli moddalar bilan ifloslanmoqda.
O`zbekiston hududida 1000 ga yaqin tabiat yodgorliklari mavjud. Lekin ularning ko`pchiligi hisobga olinmaganligi oqibatida holati yomonlanshb borioqda. Shu sababli zudlik bilan har bir qishloq, tuman, viloyat hududida mavjud bo`lgan tabiat yodgorliklarini nazorat ostiga olish zarur.
O`zbekiston biologik resurslarining yana bir qismi hayvonlari hisoblandi. Ular tabiatda modda va energiya almashishida ishtirok etishdan tashqari kasbkorlik ahamiyati ham bor. Shuningdek, hayvonlar O`simliklarii changiatishda, urug’ va mevalarini boshqa joylarga olib borib tarqatishda, tuproq tarkibinn yaxshilashda ham ishtirok etadi.
Agar zudlik bilan O`zbekiston hayvonot dunyosini muhofaza qilish choralari ko`rilmasa, ularning yashashi uchun barqaror sharoitlar yaratilmasa juda ko`p hayvon turlari yo`q bo`lib ketishi mumkin. SHuning uchun hayvonot olamining muhofazasiga qaratilgan quyidagi vazifalarii amalga oshirish kerak; ovchilik va baliq ovlashni tartibga solib, qonun asosida
ruxsat berilgan hayvon turlarini, qachon va qancha ovlash, qanday yo`l bilan ovlash tartibiga to`la rioya qilish, ov qilishga ruxsat etilmagan, turi va soni kamayib borayotgan hayvonlarii ovlashni taqiqlash;
O`zbekiston «qizil kitobi»ga tushgan hayvon turlarini ovlagan yoki ularga shikast etkazgan shaxslarga nisbatan ma`muriy chora ko`rish; hayvonlar yashaydigan joylarning ekologik sharoitini yaxshilash uchun biotexnik tadbirlarii amalga oshirish. Buning uchun ma`lum hudud O`zlashtirilayotganda hayvonlar uchun ozuqa va muhofaza bo`ladigan joylar qoldirish; tabiiy ozuqalar kam bo`lgan joylarda qishda, bahorda vertolyot yordamida ozuqatashlash; urchishi va urug’ qo`yishi uchun sun`iy moslamalar tashkil etish; hayvon va qushlarii har xil kasalliklardan saqlash, yirtqich qushlar va hayvonlarii haddan tashqari ko`payib ketishini nazorat qilib turish; maxsus joylar tashkil etib, hanvonlar uchun kerak bo`lgan suv, tuz saqlash ishlarini amalga oshirish zarur; hayvonlarii foydali va zararli turlarga ajratish chegarasini tartibga solish, ularii tabiiy ofatlardan saqlash choralarini ko`rish hamda pestiqidlar bilan zaharlanishdan saqlash; hayvonlarii muhitga moslashtirish va qayta moslashtirish; hayvonot olamini qayta tiklab, muhofaza ostiga oli uchun mavjud qo`riqxona va buyurtmalar ishini yaxshilash ham; 144 kelajakda yana bir necha qo`riqxona, xalq bog’i, parvarishxona tashkid etish.
Landshaft komionentlari inson yashaydigan aiiq (konkret) muhit hisoblanib, unn har handay qo`ngilsiz va nooqilona o`zgarishlar hamda ifloslanishlardan muhofaza qilish zarur. Landshaftlarii muhofaza qilish deganida, biz uning uisurlarini iloji boricha toza saqlash, undagi muvozanatning buzilishiga yo`l qo`ymaslik, tabiatning ajoyib joylarini tabiiy holicha saqlab qolish kabilarii tushunamiz.
Landshaft va uning uisurlarini turli shakllarda muhofaza qilish mumkin: landshaftning butun uisurlarini to`la-to`kis muhofaza qilish; landshaftning ayrim va ajoyib, diqqatga sazovor joylarini muhofaza qilish zarur.
Landshaftning butun uisurlarini muxofaza qilishda qo`riqxonalarning ahamiyati katta.
qo`riqxonalar bu tabiat etaloni bo`lib, respublika tabiatini muhofaza qilishida quyidagi vazifalarii bajaradi:
Respublikaning ma`lum bir qismi yoki geografik zona tabiatinint barcha uisurlari namunasi tabiiy holicha kelajak avlod uchun saqlab qolinadi.
qo`riqxona - tabiati yaxshi saqlangan joy hisoblanib, unda tabiiy- hududiy komilekslarning rivojlanish qonuniyatini, o`zaro aloqasi, organizm bilan muhit o`rtasidagi munosabatlar ilmiy jihatdan o`rganiladigan tabiiy laboratoriyadir.
Soni va turi kamayib borayotgan o`simlik va hayvonlarii
parvarish qilib, ko`paytirib, muhofazasi bilan shug’ullandi.
qo`riqxonalar orqali tabiatning ajoyib joylari keng oma orasida namoyon etiladi va tabiatii muhofaza qilish zarurligi targ’ibot qilinadi.
O`zbekiston hududida to`qay, cho`l va tog’ landshaft uisurlarini muhofaza qilish va u erdagi tabiat uisurlarini, xususan o`simlik va hayvonlarining hayotini chuqur o`rganish, ko`paytirish mahsadida 10 ta qo`riqxona tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |