Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


Shaxsning  ruhiy  rivojlanishida  biologik  va  ijtimoiy  omillarning



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Shaxsning  ruhiy  rivojlanishida  biologik  va  ijtimoiy  omillarning 
o‘rni. 
Ilmiy  manbalarda  inson  shaxsi  ikkita  omil  ta’sirida  rivojlani­
shi  ko‘rsatib  o‘tiIadi.  Ulardan  birinchisi  biologik  omillarning  ta’siri 
bo‘lsa,  ikkinchisi,  odam tug‘ilib o‘sadigan tashqi ijtimoiy muhitning 
ta’siridir.  Bu  o‘rinda  odamga  uzoq  muddat  davomida  sistemali  be-
140


riladigan  ijtimoiy  ta’lim-tarbiyaning  ta’sirini  ham  alohida  ko‘rsatib 
o‘tish  lozim.
Bola organizmi o‘sib, kamolga yetib boradi.  Organizmning ayrim 
a’zolari  o‘sadi  va  rivojlanib  boradi.  Shu  a’zolarning  sifati  o‘zgaradi. 
Nerv  sistemasi  taraqqiy  etib,  chiniqib  boradi.  Masalan,  bola  bir 
yoshga  tolguncha  bosh  miyasining  ogirligi  ikki  marta  oshadi. 
To‘rt-besh  yoshlarga  yetganda  bosh  miya  ogirligi  uch  marta  osha­
di.  Miyaning  o‘sishi  yigirma  yoshgacha,  ba’zan  undan  keyin  ham 
davom  etadi.  Bola  shartsiz  reflekslar bilan  tugiladi,  ammo  hayoti- 
ning  birinchi  oyidayoq  shartli  reflekslar  asosida  tashqi  ta’sirlar  tu- 
fayli  shartli  reflekslar  ham  vujudga  kela  boshlaydi.  Bola  bir  yoshga 
to‘lib,  ikkinchi  yoshga  qadam  qo‘yganda,  bosh  miya  po'stlogining 
faqat odamga xos bo‘lgan yuksak funksiyasi tarkib topadi.  I.P. Pavlov 
bu  funksiyani  «ikkinchi  signal  sistemasi»  deb  atagan  edi.  I.P. Pav- 
lovning  taiim otiga  ko‘ra  ikkinchi  signal  sistemasining  mexanizm- 
lari  —  tafakkur  hamda  og‘zaki  va  yozma  nutqning  nerv-fiziologik 
negizi  hisoblanadi.
Bolaning  rivojlanib  va  takomillashib  borayotgan  nerv  sistemasi, 
jum ladan, bosh  miyasi taraqqiy etayotgan odam psixikasining mod- 
diy  substrati  (asosi)dir.  Ammo  organizm  o‘sishining  o‘zi  hali  odam 
shaxsini,  undagi  psixik hayot  mazmuni  va  formalarini  belgilab ber- 
maydi.  Bola  tayyor  bilim  va  mahorat,  tasavvur va  qobiliyat,  tayyor 
havas va xarakter bilan tug‘ilmaydi.  Organizmning o‘sishiga bog‘liq 
boigan  psixik hayot  imkoniyatlari  haqiqatan  yuzaga chiqishi  uchun 
bola  fiziologik jihatdan  o‘sibgina  qolmay,  ijtimoiy  muhitda,  odam ­
lar orasida  yashashi  va  kamolga  yetishi  kerak.
Organizm  o‘sishi  bilan,  jum ladan,  nerv  sistemasi  o‘sishi  bilan 
psixik  hayot  mazmuni  va  formalarining  rivojlanishi  uchun  im- 
koniyat  vujudga  keladi,  xolos.  Bu  imkoniyat  esa  odamning  ijtimoiy 
muhitda  yashashi  va  rivojlanishi jarayonida  amalga  oshadi.  Odam 
nafaqat  biologik  zot  sifatida,  balki  avvalambor  ijtimoiy  zot  sifatida 
kamolga yetadi.  Zero har bir odam ning ongi faqat muayyan ijtimoiy 
muhitda kamol topadi.  Bola tug‘ilgan paytidanoq muayyan  ijtimoiy 
hayot sharoitida tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar sharoitida,  ijti­
moiy ong formalari  qaror topgan bir sharoitda boiadi,  bola  mehnat 
sharoitining  ta ’sirida  va  atrofdagi  kishilar bilan  aloqada boiadi.
141


G o‘dak  va  kichik  yoshdagi  bolaning  o'zi  mehnat  jarayonida 
ishtirok  etmaydi,  albatta.  Ammo  u  mehnat  sharoitida  yashaydi  va 
o‘sadi.  Bolaning  atrofini  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  mahsuli  bo‘lgan 
narsalar  o‘rab  turadi,  u  kattalarning  mehnat  samaralaridan  foyda- 
lanadi,  katta yoshdagi  kishilar bola  uchun mehnat qiladilar,  so‘ngra 
bola  voyaga  yetib,  o‘zi  ham  mehnatning  biron  turiga  kirishadi, 
mehnatga  biron  munosabatda  bo‘ladi.
Xuddi shuningdek, bola tug‘ilgan kuniyoq tilga kirmaydi. Ammo 
boshqa  kishilar  bolaning  oldida  unga  murojaat  qilib 

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish