Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


Logopsixologiyaning boshqa fanlar bilan  aloqasi



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Logopsixologiyaning boshqa fanlar bilan  aloqasi. 
Logopsixologiya 
boshqa  fanlar bilan  chambarchas  bog'liq.  Nutqiy buzilishlarni  kor- 
reksiyalash  va  oldini  olish  bilan  shug'ullanishda  nutq  buzilishlari 
simptomatikasini  bilish,  nutqiy  faoliyat  tizimida  nutqiy  bo'lmagan 
belgilar aloqasini  o'rganish uchun  logopsixologiya boshqa fanlar bi­
lan  o'zaro  aloqada faoliyat  ko'rsatadi.
Bolalarning rivojlanish bosqichlarini psixiktomondan o'rganishda 
bolalar  psixologiyasi,  pedagogik  psixologiya  va  logopediya  fanlari 
o'zaro  hamkorlikda  ish  olib borishi kerak.  Bolalar psixologiyasi  bo­
lalarda  kechadigan  ruhiy jarayonlarni  o'rganadi.  Bolalar  psixologi­
yasi bolani boshqa shaxslar bilan  muloqotga  kirisha oladigan,  meh­
nat  qila  oladigan  shaxsga  qay  tarzda  aylanishini  ko'rsatib  beradi. 
Pedagog  bolalar  psixik  rivojlanishining  o'ziga  xos  xususiyatlarini 
aniqlashda  va  farqlashda  yuqorida  bayon  etilgan  bilimlarga  tayani- 
shi  lozim.
136


Logopsixologiya  —  maxsus  psixologiyaning  bir  bo‘limi,  maxsus 
psixologiya  esa  umumiy  psixologiyaning  bir  yo‘nalishidir.  Umumiy 
psixologiya  psixikaning  tarkib  topishi  va  rivojlanishi  qonuniyat- 
larini  me’yorida  o‘rgansa,  logopsixologiya  ana  shu  qonuniyatlarni 
nutq  nuqsoniga  ega bo‘lgan bolalarda  o‘rganadi.  Shuningdek,  um u­
miy  psixologiyada  qoilanadigan  tadqiqot  metodlari,  tamoyillar, 
o‘rganilayotgan  holatlarning  tushunchalari,  atamalari  logopsixo- 
logiyada  ham  qoilanadi.
1970-yilda  A.R.Luriya  tashabbusi  bilan  bolalar  neyropsixologi- 
yasi  rivojlana  boshladi.  Logopsixologiya  logopediya  bilan  bog‘liq. 
M a’lumki,  logopediya  nutqida  kamchiligi  boigan  bolalarning 
taiim -tarbiya  tizim ini  tashkil  etishda  logopsixologiya  tomonidan 
o‘rganiladigan  bolalarning  guruhli,  yosh  va  individual  psixologik  - 
xususiyatlari  haqidagi bilimlarga tayanadi.
Logopsixologiya  tibbiy  fanlar  bilan  aloqada  rivojlanadi.  Bu  fan- 
lar bir xil  o‘rganish  obyektiga  ega.  Lekin  bu  fanlar  o‘rganish  pred- 
metiga  ko‘ra  farqlanadi.  Logopsixologiya  nevrologiya,  psixiatriya, 
fiziologiya  fanlari  bilan  bogiiq.  Logopsixologiya  nevrologiya,  fi- 
ziologiya  fanlarini  integratsiyalash  natijasida  nutq  nuqsoniga  ega 
boigan  bolalarning  psixik  rivojlanish  holatini  yangi  sifat  nuqtayi 
nazaridan  baholash  imkonini  beradi.  Funksional  tizimlar  nazari- 
yasining  yaratilishi,  bosh  miya  qobigi  funksiyalarining joylashishi 
(lokalizatsiyasi)  haqidagi  nazariyaning  ishlab  chiqilishi,  alohida 
ehtiyojlarga  ega  bolalarda  oliy  psixik  funksiyalarning  shakllanishi 
va  rivojlanishi  nutq  kamchiliklarini  tahlil  etishning  yangicha  usul- 
larini  keltirib  chiqardi.
Logopsixologiya  —  otoloringologiya,  nevropatologiya,  psixopa- 
tologiya, oligofreniyaklinikasi,pediatriya fanlari bilanham bogiiqdir.
Bu  fanlarning  m aium otlari  ovoz buzilishlarini  o'rganishda  muhim 
ahamiyatga  ega.  Bu  holatda  ovoz  buzilishlari  halqum  nuqsonlari 
asosida  yuzaga  kelgan boiishi  mumkin.
Ko‘p  buzilishlar  markaziy  asab  tizimi  buzilishlari  bilan  bogiiq 
boiib,  uning  tashxisi  logoped  va  vrach-nevropatologning  o^zaro 
faoliyati  asosida  amalga  oshiriladi.
Nutq  buzilishlarida  ruhiy rivojlanishning turli  holatlari  — emot- 
sional-irodaviy,  diqqat,  xotira,  aqliy  mehnat  faoliyati  hamda  shaxs-
137


ning  psixik  rivojlanishi  orqada  qoladi.  Bu  ma’lumotlar  nutq  buzi- 
lishini  aniqlash  va  unga  kerakli  yordam  ko‘rsatishda  muhimdir. 
Nutqiy  buzilishlar  miya  faoliyatining  rivojlanishi  bilan  bog‘liqdir. 
Bunday  holatlarda  logopedik  ish  bilan  bir  qatorda  markaziy  asab 
tizimi  faoliyatini  faollashtiruvchi  dori-darmon  orqali  ham  davolash 
olib  boriladi.
Logopsixologiya  lingvistika  va  psixolingvistika  bilan  o‘zaro 
bog‘liqdir.  Logoped  lingvistika  fanida  berilgan  til  birliklari  va  qoi- 
dalarini  yaxshi  bilsa,  bu  unga  aniq  tashxis  qo‘yishi,  to‘g‘ri  korrek- 
siyalashga  yordam  beradi  va  logopedik  ish  samaradorligining  oshi- 
shiga  ijobiy  ta’sir ko‘rsatadi.
Logopsixologiya  umumiy  va  maxsus  psixologiya,  psixodiagnos- 
tika  fanlari  bilan  bogliqdir.  Logoped  bolaning  psixik  rivojlanish 
qonuniyatlarini  bilishi,  psixologik-pedagogik tekshiruv  metodlarini 
qollay olishi  lozim.
Shunday  qilib,  logoped  nutq  buzilishlarining  turli  shakllarini 
farqlashi,  intellektual,  emotsional  va xulqiy buzilishlar bilan bog'liq 
nutqiy buzilishlarga  tashxis  qo‘yish  malakasiga  ega bo'lishi  kerak.
Psixologiyaga  oid  bilimlarni  bilish  logopedga  faqat  nutqiy  bu- 
zilishni  emas,  balki  nutqiy  buzilishni  ruhiy  buzilishlar  bilan 
bog'liqligini  to'g'ri  tushunish  imkoniyatini  beradi.  Bunday  bilim 
turli  yoshdagi  nutq  nuqsoni  mavjud  bolalar  bilan  muloqotga  kiri- 
shishga  imkon beradi.
Shunday  qilib,  maxsus  psixologiyaning  bir  bo'limi  bo'lgan 
logopsixologiya  maxsus  psixologiyaning  asosiy  tarkibiy  qismi  si­
fatida  logopediya  va  psixologiyaning  zamonaviy  yutuqlari  asosida 
takomillashib  bormoqda.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish