Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya


Alohida  individuumning  barcha  psixik  xarakteristikalarini  bir



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Alohida  individuumning  barcha  psixik  xarakteristikalarini  bir 
butun  (yaxlit)  o‘rganish  tamoyili 
determ inizm   va  tizimlilikning 
umummetodologik tamoyillarini  yanada  aniqlashtiradi.  Bu  tamoyil 
L.S. Vigotskiyning biron buzilishning tizimli  tahlilini  amalga  oshi­
rish  imkonini  beradigan  nuqson  tuzilishi haqidagi  konsepsiyasining 
asosini  tashkil  qiladi.  Bu  tamoyilning  mohiyatini  faoliyatli  psi­
xologiya  doirasida ko'proq  ochib  berish  mumkin.  Unga  ko'ra inson 
o'zini  predmetli-manipulyativ,  o'yin,  o'qish  va  mehnat  faoliyatida 
imkon  darajada to‘liq namoyon  etadi.  Bunday yondashuv sinalayot- 
gan 
shaxs 
psixikasining barcha sohalarini  — shaxsi,  intellekti,  xulq- 
alvorini  ochish  imkonini beradi.
Insonga  shaxs  sifatida  yondashish  tamoyili  nutq  kamchiligiga 
ega  shaxslarni  tekshirishda g'oyat  muhimdir.  Bolaning  emotsional- 
irodaviy  holatini  belgilab  beradigan  xulq-atvor  yo‘nalishini  hisobga 
olmasdan turib,  psixologik yordam  samarali  bo‘la olmaydi.  Psixolog 
liar bir bolani va uning ota-onasini nodir,  avtonom individlar sifati­
da  qabul  qilishi  hamda  ularning  erkin  tanlash,  o‘zini-o‘zi  belgilash 
huquqini,  o‘z  hayoti  bilan  yashash  huquqini  tan  olishi  va  hurmat 
qilishi  lozim.
Faoliyat  orqali  yondashuv  tamoyili.  Tekshiruv  bolaning 
yetakchi  faoliyati  hisobga  olingan  holda  amalga  oshirilishi 
lozim.  Agar  bu  m aktabgacha  yoshdagi  bola  bo'lsa,  o'yin  feoli- 
yati  kontekstida,  m aktab  bolasi  bo'lsa,  o'quv  faoliyatida.  Ayrim 
hollarda,  agar  rivojlanishda,  shu  ju m lad an   nutq  rivojlanishida 
orqada  qolish  kuzatilsa,  o‘yin  m etodikalari  m aktab  yoshida  ham 
o'z  aham iyatini  saqlab  qoladi.  B undan  tashqari  bola  va  o'sm ir
129


uchun  shaxsan  tanish  bo'lgan  faoliyat  turlarini  tanlash  tavsiya 
etiladi.
Bolani  dinamikada  o‘rganish  tamoyili.  U  bolalarning  mav- 
jud  imkoniyatlarinigina  emas,  balki  ularning  kelgusida  bilim- 
lari  va  ko'nikm alarini  rivojlantirish  imkoniyatlarini  o'rganishga 
yo'naltirilgan.  L.S. Vigotskiyning  ta ’lim  va  rivojlanish  nisbatlari 
haqidagi  konsepsiyasi  shu  tamoyilga  asoslanadi.  Unga  ko'ra  bola 
o'zi  mustaqil  hal  qiladigan  masalalar  bilan  belgilanadigan  ak- 
tual  rivojlanish  zonasi  va  bola  kattalar  yordamida  hal  qiladigan 
masalalar  belgilab  beradigan  eng  yaqin  rivojlanish  zonasi  farqla­
nadi.
Individual  va  kollegial  tekshirish  shakllarini  birga  qo'shib  olib 
borish  tamoyili  kam  kuch  sarflab,  eng  yuqori  natijalarga  erishish 
imkonini  beradi.  Tekshirishning  kollegial  shaklida  bir  mutaxassis 
ikkinchisining  yordamchisi  sifatida  ish  olib  borishi  va  o'z  o'rnida 
sinovdan  o'tuvchining  xatti-harakatlarini  tashkil  qilishi,  ijobiy 
emotsional  fon  yaratishi  va,  ayniqsa,  olingan  diagnostika  natijala- 
rini tahlil qilishda faol  qatnashishi mumkin.  Bunda bir xil faktlarga 
har  xil  nuqtayi  nazar  bilan  qarash  va  optimal  xulosaga  kelish  im- 
koni  bo'ladi.
Rivojlanish tamoyili.  Ushbu tamoyilga ko'ra,  nuqsonning yuzaga 
kelish jarayonini  (sababini) tahlil qilish bilan birga,  aynan shu nuq- 
sonni  bolaning  rivojlanishiga  qanday  ta’sir  etishini  o'rganish  na- 
zarda  tutiladi.  Ruhiy  holatlarning  to'g'ri  tavsifnomasi  nuqsonning 
kelib  chiqish  sabablari,  aynan  hozirgi  vaqtdagi  holati  va  kelajakda 
ro'y  berishi  mumkin  bo'lgan  o'zgarishlarni  inobatga  olgan  holda 
tuziladi.  Masalan,  noaniq  artikulatsiya  so'zni,  tovushni  tahlil  — 
sintez  qilish  malakasini  egallashda  qiyinchiliklar,  yozma  nutqda 
agramatizmlarni  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Shuningdek,  noaniq 
talaffuz nutqiy faollikning susayishiga,  muloqotga kirishishda  ehti- 
yojning  kamayishiga  olib  keladi.  Bola  atrofdagilarning  masxara- 
lashlaridan  uyalib  muloqotga  kirishmaydi,  natijada  esa,  bolaning 
faol  va  passiv  lug'ati  kamayadi.
Rivojlanish  tamoyiliga  ko'ra,  nuqsonni  statistik  jihatdan 
ta ’riflashga  emas,  balki  uning  rivojlanish  dinamikasini  aniqlashga 
alohida urg'u beriladi.
130



Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish