Logopsixologiya fani predmeti, maqsadi, vazifalari va tamoyillari
«Logopsixologiya» kursi defektolog bakalavrlarni tayyorlash tizi-
mida asosiy o'rinlardan birini egallaydi, chunki talabalar o‘zlarining
keyingi ish faoliyatlari davomida maxsus ta’lim-tarbiya tizimida
rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan bolalar nutqidagi kamchiliklar-
ni aniqlash, nutq kamchiliklarini bartaraf etish, ularning oldini
olish bilan shug‘ullanadilar. Ma’lumki, nutq nuqsonlariga ega bo
lalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning samaradorligini
oshirishda defektolog maxsus psixologik bilimlar tizimini egallagan
bo‘lishi, nutqida kamchiligi bor bolalarning psixologik rivojlanish
qonuniyatlari, ularning shaxsini shakllantirish omillari haqida bi-
limlarga ega bo‘lishi va ana shu bilimlarga tayangan holda faol psi-
xokorreksion (tuzatish) ishlarini olib borishi zarur. Shuningdek, maz-
kur kurs davomida talabalar nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash
ko'nikmalarini egallab boradilar, har bir nutq kamchiligida bola
hissiy-irodaviy doirada, psixik jarayonda o‘ziga xos, alohida xususi-
yatlarga ega ekanligi haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Kursning asosiy vazifasi talabalarga logopsixologiya fanining
barcha bo‘limlarini, logopsixologiya fani bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan
(maxsus pedagogika, logopediya, psixologiya, maxsus psixologiya,
psixolingvistika va h.k.) fanlarning yangi ilmiy yutuqlarini hisobga
olgan holda umumiy va maxsus bilimlarni berishdan iborat.
127
Logopsixologiya fanining o'rganish obyekti tug‘ma yoki orttiril-
gan nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalardir.
Logopsixologiya fanining predmeti doirasiga nutq nuqsoniga ega
bo‘lgan bolalarning psixik xususiyatlarini o‘rganish va psixokorrek-
sion ishlarni tashkil etish jarayoni kiradi.
Logopsixologiya fanining vazifalari:
— turli nutq nuqsoniga ega bo'lgan shaxslarning psixik rivojla
nish xususiyatlarini o'rganish;
— nutq nuqsonlarining differensial diagnostika metodlarini ish
lab chiqish;
— nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalarning bilish faoliyatidagi
kamchiliklarini o'rganish va bartaraf etish;
— nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalarda hissiy-irodaviy sohani
va shaxslararo raunosabatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish me
todlarini ishlab chiqish;
— nutq nuqsoniga ega bolalarning bilish faoliyatidagi va hissiy-
irodaviy sohasidagi kamchiliklarning oldini olish va bartaraf etishga
qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Logopsixologiya fanining tamoyillari va metodlari
Determinizm tamoyili. Bu tamoyil psixik holatlarni keltirib
chiqaruvchi sabablarni o'rganishni nazarda tutadi.
Determinizm narsa va hodisalarning sababiy bog'lanishlari
haqidagi ta’limot. Real hayotda yuzaga kelgan sabablardan keyin
oqibatlar darhol yuzaga kelmadi, balki m a’lum vaqt o'tganidan
keyin namoyon bo'ladi. Ma’lum bir holatlarni keltirib chiqaruvchi
sabablar natijasida, ma’lum hodisa va omillar ta’sirida aniq oqibat
lar, asoratlar kelib chiqadi. Masalan, asfiksiya bilan tug'ilgan bo
lada nutq kech rivojlanadi, ya’ni asfiksiyaning oqibati nutqning o'z
vaqtida rivojlanmaganida ma’lum bo'ladi.
Birgina sabab, ma’lum bir sharoitda bir xil oqibat-natijalarga olib
kelsa, boshqa sharoitda umuman boshqacha natijalar keltirib chiqa-
rishi mumkin. Patologik rivojlanishni ta’riflovchi barcha holatlar-
ning sababiy bog'lanishi turli patologik omillar bilan bog'liq. Ushbu
omillarni aniqlash bolaning rivojlanishi va ta’lim-tarbiya jarayo-
nidagi qiyinchiliklarni tashxis qilishning asosiy vazifalaridan biri.
128
Do'stlaringiz bilan baham: |