Oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/136
Sana30.12.2021
Hajmi6,98 Mb.
#87693
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   136
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo'minova L.R.

Savol  va  topshiriqlar
1.  Aqli  zaif bolalarda  nutq buzilishi  turlarini  aytib bering.
2.  Aqli  zaif bolalar  nutqining  fonetik  va  grammatik  tomondan 
buzilishini  misollar bilan  asoslang.
3.  Aqli  zaif bolalarda  leksika va bogiangan  nutqning buzilishi.
4.  Aqli  zaif bolalarda  yozma  nutq buzilishlari.
58


I l l   bob.  AQLI  ZAIF  0 ‘QUYCHILAR  SHAXSI
3.1.  Aqli  zaif o‘quvchining  shaxsi va  shaxslararo 
munosabat xususiyatlari
Shaxs  haqida  ta ’rif berilganda,  rus  psixologi  S.Y  Rubinshteyn- 
ning  fikrlariga  to‘xtalmoq  kerak.  Olimning  ta ’kidlashicha,  odam 
o‘zidagi  takrorlanmas  xususiyatlarga  ko‘ra  individualdir.  Odam  o‘z 
atrofidagilarga,  borliqqa  bo‘lgan  ongli  munosabati,  uning  biror-bir 
faoliyat bilan shug‘ullanishi  esa uning shaxs ekanligidan dalolat be­
radi.  Shaxs odamning atrofga boigan munosabatlarini va o‘z-o‘ziga 
boigan  munosabatini  belgilaydi  Odamning  atrof-muhitga  boigan 
munosabatlari  uning dunyoqarashida,  ishonchlarida va boshqalarga 
boigan  munosabatlarida  eng  muhimi,  uning  faoliyatida  ifodalana- 
di.
Shaxs  —  bu  ongga  ega  boigan,  m aium   ijtimoiy-iqtisodiy  for- 
matsiyada  yashaydigan,  m aiu m   bir  faoliyat  bilan  shug‘ullanadigan 
individdir.
Shaxs  tarkib  topishi  uzoq  muddatli,  murakkab  va  tarixiy  jara- 
yondir.
Shaxs  xususiyatlari  ruhiy jarayonlarining  kechishiga  ta’sir  etadi. 
Shaxsning  yo‘nalganligi,  qiziqishlari va  boshqalar barcha  ruhiy jara- 
yonlariga tanlanganlik tabiatini kasb  etadi.  Shaxs xususiyatlari  atrof- 
muhitni aks ettirishda ham ahamiyatga ega.  Masalan,  ayrim odamlar 
atrof-muhitni  oson  va  tez  idrok  etsalar,  boshqalar  esa  atrof-muhitni 
eshituv,  harakat  va  boshqa  analizatorlar  yordamida  idrok  etadilar. 
Oligofrenopedagogikaning  asoschilaridan  biri  E.Segen  ta’kidlab 
o'tgan  aqli  zaif bolalardagi  «xohishning  yo‘qligi»  shaxs shakllanishi- 
da  qator  qiyinchiliklar  keltirib  chiqaradi.  L.V. Zankov  ham  aqli  zaif 
bolalar shaxsidagi qator kamchiliklar haqida batafsil m aium otlar be­
radi.  Aqli  zaif bolalar  shaxsidagi  disgarmoniya,  nomutanosiblik  ular 
shaxsining rivojlanishidagi yetakchi kamchiliklardandir.
N.L.Kolominskiy  tomonidan  aqli  zaif bolalar  shaxsiy  sifatlari- 
ning  shakllanishi  yordamchi  maktablarda  qanday  kechishini  qa­
tor  tajriba  ishlari  bilan  tekshiradi.  Bunda,  aqli  zaif bolalarga  sinf 
jamoasining ta ’siri  masalalari  ochib beriladi.
59


Har  bir  shaxs  ijtimoiy  mavjudod  bo'lganligi  sababli  atrofdagi 
boshqa  odamlar  bilan  o'zaro  munosabatga  kirishmay  turib  mut- 
laqo  yashay olmaydi.  Inson  shaxsining guruh va jamoadagi  muno- 
sabatlarini  ijtimoiy psixologiya  fani  o‘rganadi.  Ijtimoiy psixologiya 
ta ’limotiga  ko‘ra,  2 xil guruh farqlanadi.  Ulardan birinchisi shartli 
guruh,  ikkinchisi  esa haqiqiy,  real guruhdir.  Odamlarning m a’lum 
belgilariga,  ya’ni  yoshiga,  jinsiga,  millatiga,  kasbiga  qarab  shartli 
guruhlar  tashkil  qilish  mumkin.  M a’lum jamiyatda  ishlab,  odam ­
lar  bilan  haqiqiy  munosabatga  kirishish  yo‘li  bilan  hosil  bo‘lgan 
guruhni  real  guruh  deb  ataymiz.  Masalan,  talabalar  guruhi,  ish- 
chilar  guruhi,  oila  va  shu  kabilar  real  guruhlarga  misol  bo'la 
oladi.  Shaxsning  shartli  va  real  guruhidan  tashqari  referent  gu­
ruhi  ham  bo'ladi.  Har bir  shaxs  o‘z  referent  guruhiga  ega  bo‘ladi. 
Referent  guruhdagi  odam lar  shaxsga  har  tomonlama  yoqadi,  shu 
sababli  shaxs  ularni  hurmat  qiladi  va  aytgan  gaplariga  quloq  so- 
ladi.  Masalan,  o‘smir  na  ota-onasi,  na  sinf rahbarining  gaplariga 
mutlaqo  kirmasligi  mumkin.  Chunki  o'sm irning  ko‘chada  o'z 
referent  guruhi  bo‘ladi.  Shuning  uchun  tarbiyachi,  sinf  rahbari 
va  ota-onalar bolalarning  ishonchlarini  qozonib,  ular uchun  refe­
rent  guruh  bo'lishga  harakat  qilishlari  zarur.  Aqli  zaif  bolalar 
ham  sog'lom  bolalar  singari  mehnat  va  o'qish  faoliyatlarida  mu- 
omalaga  kirishadilar.  Sinfda  o'quvchilar  faoliyat  birligi,  qarash- 
larning  o'xshashligi,  qiziqishlarining  bir-birlariga  mos  kelishlari 
bilan  muomalaga  kirishadilar.  Aqli  zaif  bolalar  orasida  shunday 
bolalar  ham  borki,  ularning  umuman  o'rtoqlari  yo'q,  sinfdoshlari 
bilan  hech  qanday  aloqasi  bo'lmagan  hollar  ham  uchraydi.  Max­
sus  maktabning  har bir  o'qituvchi  va  tarbiyachisi  shaxslararo  mu- 
nosabatlarning  psixologik  xususiyatlarini  yaxshi  bilishlari  kerak. 
Shaxslararo  munosabatlar  mazm unini  o'rganish  asosida  har  bir 
aqli  zaif bolani  to'liq  o'rganish  mumkin.  Bu  bilimlar ta ’lim -tarbi­
ya  ishlarini  yaxshi  yo'lga  qo'yishda  yordam beradi.  Ushbu  muam- 
moga  bag'ishlangan  ilmiy-tadqiqot  ishi  G.Berdiyev  tomonidan 
amalga  oshirilgan.  M uallif o'z  tadqiqoti  davomida  sog'lom  va  aqli 
zaif bolalarning shaxsiy munosabatlari,  guruhlar,  yetakchilar,  ras- 
miy  va  norasmiy  yetakchilar  bobida juda  qimmatli  m a’lumotlarni 
qo'lga  kiritgan.
60



Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish