1.5. VIII turdagi maxsus mehnat ta’limi maktabi o‘quvchilarining
psixologik tavsifnomasi
Defektologiya muammolari bilan shug'ullanuvchi chet el de-
fektologlari, aqli zaiflik to'g'risida gapirib, bu tushunchani unga
aqliy kamchilikni qo'shish bilan kengaytiradilar, uning yuzaga
kelishi erta bolalik vaqtida bola rivojlanishini o'ta nomuvofiq
ijtimoiy sharoitlari bilan bog'liq bo'ladi. Atrofdagi kishilar bilan
intellektual va hissiy muloqot yetishmasligi, doimiy to'yib ovqat-
lanmaslik va hokazolar ko'zda tutiladi (F. Gallaqhere, O.Meher,
Satdenqeu).
So'nggi yillar maxsus adabiyotlarida ham bosh miya po'stlog'i
shikastlanishi bilan bog'liq bo'lmagan aqli zaiflik hodisalari
to'g'risida ma’lumotlarni uchratish m um kin."
Hozirgi paytda «aqli zaif» termini o'rniga uning sinonimlarini
ishlatishga harakat qilinmoqda, negaki, bu term in bolani faqat aqliy
jihatdan noadekvatligini bildiradi, u esa motorika, hissiy-irodaviy
doira va butun shaxsiy yetishmovchiliklarga ega. Undan tashqari,
tashxisning bu shakli ota-onalarga og'ir botadi. Alohida yordamga
muhtoj bolalar «Imkoniyati cheklangan bolalar» deb yuritilmoqda.
Aqli zaif bolalar asosan maktab va maktab-internatlarida tarbiyala-
nadilar, ular XX asr oxirigacha yordamchi deb atalardi, hozir VIII
turdagi maxsus mehnat ta’limi maktablari deb nomlanadi. Aqli zaif
bolalarning ayrim qismi ommaviy umumta’lim maktablarida tashkil
13
qilingan korreksion rivojlantirish ta’lim sinflarida o‘qiydilar, hamda
uy sharoitida individual o'qitiladi.
Mehnat ta’limi maktabining barcha o'quvchilarini amaliy maqsadda
2 guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga kiradigan bolalar asosan
o‘z rivojlanishlarining ma’lum davrida bosh miya kasalligini boshidan
kechirgan va shu kasallik qoldirgan nuqson asosida rivojlanayotgan,
amalda esa sog‘ bolalar kiradi. Ikkinchi guruhga bosh miyasidagi
kasalliklari davom etayotgan bolalar kiradi. Bunday bolalarda max
sus maktablarda o'qib yurgan vaqtlarida ham kasalliklari davom etib
og‘irlashishi ham mumkin. Bu bolalarning ruhiy xususiyatlari, bilim
egallash imkoniyatlari o‘zgarib turish xususiyatiga ega.
Aqli zaif bolalarning ko‘p qismini oligofrenlar tashkil qiladilar
(grekcha oligof — kam, phrenos — aql). Miya tizimlarining shikastlani
shi, asosiysi miyaning o‘ta murakkab va kech shakllanuvchi tuzilishlari
psixikaning buzilishi va chala rivojlanishiga sabab bo‘lib, rivojlanishning
dastlabki bosqichlarida yuzaga keladi; ona qornida, tug'ruq paytida va
bir, bir yarim yoshida, ya’ni nutq shakllanmasdan awal. Oligofreni-
yada miyaning organik yetishmovchiligi rezidal (qoldiq), noprogredi-
yent (murakkablashmaydigan) xarakterga ega. Bola hayotining yanada
kechroq davrida yuzaga kelgan aqli zaiflik nisbatan kam uchraydi. Bu
demensiya deb yuritiladi. Demensiya miyaning organik kasalliklari
oqibatida boiishi mumkin (masalan: meningoensefalitlar, miya trav-
malari, silkinishi, lat yeyishi va boshqalar). Demensiyada bolada ortib
boruvchi degredatsiya (orqaga ketish) kuzatiladi. Biroq ayrim holatlarda
davolash yordamida bu jarayonni birmuncha sekinlashtirish mumkin.
Alohida holatlarda boladagi aqlning sust rivojlanishi kechayot-
gan ruhiy kasallik bilan qo‘shilib ketadi — epilepsiya, shizofreniya,
bosh miya zaxmi va boshqalar. Oligofren bolalarning barcha psixik
jarayonlarining orqada rivojlanishi va turg‘un buzilishlari bilan
tavsiflanadi, bu bilish faoliyati doirasi (ayniqsa, og‘zaki mantiqiy
fikrlashda) va shaxsiy doirada aniq ko‘rinadi. Bunda me’yordan
ortda qolishgina emas, balki rivojlanishning o‘ziga xosligi namoyon
bo'ladi. Aqli zaif bolalarni ancha kichik yoshdagi normal rivojlana
yotgan bolalarga tenglashtirib bo‘lmaydi. Aqli zaiflik — bir me’yorda
emas — bola psixik faoliyatining turli tomonlarida ko‘rinadi. Kuza-
tishlar va eksperimental tadqiqot materiallari bolada ayrim psixik
14
jarayonlar o‘ta keskin o‘zgargan bo'lib, boshqalari saqlanib qolgan
bo‘lishi mumkinligi haqida gapirish imkonini beradi.
0 ‘z rivojlanishida me’yordan chetlashgan, shu jumladan, aqlan
orqada qolgan bola psixikasi tuzilishi juda murakkab. Maxsus psixo
logiya asoschilaridan biri L.S.Vigotskiyning nazariy qoidalariga
muvofiq bolada birlamchi nuqson va ikkilamchi asoratlarni ajrata
bilish kerak. Aqli zaif bolalarga po‘stloq faoliyatining to'laqonli
emasligi, mo'ljalga olish faoliyatining bo‘shligi, nerv jarayonlarining
inertligi, himoya tormozlanishiga ortiqcha moyillik xosdir. Oligof-
ren bolalar psixik faoliyatida aniq aks etgan kamchiliklar bilan birga
bu bolalarga rivojlanish jarayoni asosi bo'lib xizmat qiluvchi ayrim
ijobiy imkoniyatlar ham xos. 0 ‘qituvchilar maxsus aqli zaif bolalar
maktabida korreksion ishni tashkil qilib aynan shu imkoniyatlarga
tayanadilar.
XX
asrning 90-yillaridan boshlab aqli zaiflarning xalqaro tas-
nifidan foydalana boshlandi, unga binoan bolalarni 4 guruhga
bo‘ladilar: yengil, o'rtacha, og'ir va chuqur darajadagi aqli zaif
lik. Chet el psixologlari bola intellektual koeffltsientini aniqlashga
asoslanadilar. Ma’lumotlarga ko'ra, yengil aqli zaiflikda 70 ga teng,
o'rtachada 70 dan 50 gacha diapazonda, chuqurda 25 dan 0 gacha.
Aqli zaif bolalarning dunyoga kelish sabablari turlicha. Odatda,
endogen (ichki) va ekzogen (tashqi muhit) omillarini ajratish mum
kin. Aniqlanishicha, aqli zaiflikning genetik shakllari ustun tursa,
ular tug'm a aqli zaiflar soniga kiradi. Biroq buzilishlarning yuzaga
kelishida onaning yuqumli kasalliklari (masalan: qizilcha, homi
laning alkogol bilan zaharlanishi, narkotiklar, dorilarni haddan
ziyod iste’mol qilish, onaning endokrin kasalliklari, xromosoma
buzilishlari) muhim rol o'ynaydi. Ona qornida rivojlanish davrida,
tug'ruq paytida va bir-bir yarim yoshida olingan miya shikastla-
nishlari ma’lum ahamiyatga ega, shu bilan bir qatorda hozirgi iqti-
sodiy va ekologik vaziyat ham katta rol o'ynaydi.
So'nggi yillarda bolalar rivojlanishining murakkab nuqson-
lari muammosi keskinlashmoqda. VIII turdagi maxsus maktab
o'quvchilari tarkibi og'irlashmoqda. Kar va zaif eshituvchi bolalar
orasida aqli zaiflikning tarqalishi taxm inan 10%, ko'r va qisman
ko'ruvchilar o'rtasida 20% ni tashkil etadi.
15
Bir qator hollarda aqli zaiflik
Do'stlaringiz bilan baham: |