I l l bo‘lim. L O G O P S IX O L O G IY A
V III bob. L O G O P S IX O L O G IY A N IN G N A Z A R IY VA
M E T O D O L O G IK A S O S L A R I
M a m lakatim izning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy hayotida
yuz berayotgan tub islohotlar jamiyatirniz oldiga davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lgan ta ’Iimni yangilash va yosh avlodni
zamon talablariga javob bera oladigan barkamol inson etib tarbi
yalash, uning ongiga mustaqillik g'oyalarini singdirishdek m u h im
vazifalarni qo ‘ym oqda. Bulardan eng m uhim lari t a ’lim ning yangi
tizimiga qo ‘yilayotgan hozirgi davr talablaridan kelib chiqqan holda
maxsus pedagogika, shu ju m lad a n , logopsixologiya fanini yanada
taraqqiy ettirish, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni jam iyat-
ning faol a ’zolari qatoriga qo'shish ham da maxsus ta ’lim sohasida
yetuk mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
Ta’lim-tarbiya sohasida Respublikamizda qator tadbirlar amalga
oshirilm oqda. J u m lad an, «Ta’lim to ‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» va jah o n ta ’limi andozalari talablariga
mos keluvchi «Davlat t a ’lim standartlari»da davr bilan ham nafas,
ya’ni «Intellektual asr»ning faol ishtirokchilarini tayyorlash ko‘zda
tutilgan. XXI asrning faol ishtirokchisi esa keng m a ’noda t a ’lim -tar-
biya va ularning rivojlanishi haqidagi m a ’lumotlar bilan bog‘langan
holda barkamol shaxsni voyaga yetkazishdek innovatsion jarayonni
o ‘zida mujassamlashtiradi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta ’lim muassasalarida
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratish va ulardan amali-
yotda keng foydalanishga erishish, «Ta’lim - fan - amaliyot» inte-
gratsiyasining t a ’lim tizimidagi samarasiga alohida e ’tibor qaratil
gan. Qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning milliy
modelidagi bosh m u ddao ham barkamol avlod tarbiyasi, mustaqil
va erkin fikrlovchi, dunyoqarashi keng ijodkor shaxsni tarbiyalash
masalasidir. Bu vazifani esa maxsus pedagogika fani asoslaridan
xabarsiz kishi m e ’yoriga yetkaza olmasligi hech kimga sir emas.
Ushbu m a ’noda b o‘lajak o'qituvchilar zimmasiga qo‘yiladigan
yangi pedagogik tafakkurni shakllantirish vazifasi zamonaviy peda-
120
N
gogika fan in ing m az m u n -m o h iy a tin i tashkil etadi, shuningdek,
jam iyat oldida milliy m aktab m odelini yaratish, milliy ta ’lim ti-
zim ini, uning m a z m u n in i jah o n tajribasi m ezonlariga mos davlat
standartlari asosida yaratish vazifasini hal etish h am milliy peda-
gogik am izn in g zimmasiga yuklatiladi.
L.S. Vigotskiy, R.A. Luriya, Elkonin, Y.M. Mastyukova va boshqa
bir qator o lim la rn in g bolalarda uchraydigan nuqso nlar etimologiya-
si, tavsifi, tasnifiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlari, rivojlanishida
nuqsoni bor bolalarni tashxislash, ular bilan korreksion-logopedik
ish olib borish m etodikalari, Sharq m utafakkirlarinin g t a ’lim -tar-
biya haqidagi fikrlari logopsixologiyaning ilm iy-nazariy va m eto-
dologik asoslari sifatida xizm at qiladi. Xorijiy va m am lak atim iz
defektologlarining rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning t a ’lim-
tarbiyasi, u larni ijtimoiy moslashtirish m asalalariga bag'ishlangan
tadqiqotlarida ilgari surilgan g'oyalar respublikam izda logopsi-
xologiya fanining rivojlanishida katta aham iyat kasb etadi.
M a ’lum ki, Sharq m utafakkirlarining pedagogik qarashlarida
t a ’lim masalasiga jiddiy e ’tibor qaratilgan. Al-Xorazmiy, Abu Nasr
Forgbiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning bola tarbi-
yasi haqidagi fikrlari, g'oyalari, bolani jis m o n an va aqlan sog'lom
o'stirish borasidagi o'gitlari, o'zlari am al qilgan didaktik m etodlar
hozirga qa,dar o'z aham iyatini yo'qotmagan.
M u h a m m a d ibn M uso al-X orazm iyning nom i m atem atika fani
ning amaliy aham iyatini yuksak cho'qqilarga коЧага olgan m u-
tafakkir sifatida tarixda abadiy qoldi. U ning buyuk ixtirolaridan
biri — «0» (nol) sonini yaratishi va bu orqali u n in g fanga kiritgan
buyuk kashfiyoti o'nli pozitsion sanoq sistemasining iste’molga kiri-
tilishidir. Uning «Al-Jabr val-muqobola», «H ind arifmetikasi haqi
da kitob», «Sinus Zijlari», «Kitob suratard», «Yer sathini oichash»,
«Quyosh soati to'g'risida», «Yahudiylar tarixi va ularning bayram-
larini belgilash», «Vasiyatlar kitobi» kabi asarlari ja h o n m atem atika
fanini va amaliy m atem atikani boyitdi.
A l-Xorazm iy o‘z davri ilm in in g turli sohalari rivojiga ulkan
hissa qo'shgan qomusiy olim bo'lish bilan birga, o'z bilimlarini
o'quvchilariga qunt bilan o'rgatgan, ularni, nafaqat o'z sohasini yax
shi egallagan olim, balki c h in in so n la r qilib tarbiyalashga intilgan
121
va bu y o id a turli usul va vositalardan foydalangan murabbiy h am -
dir. Barcha mutafakkirlar kabi, u ham ilm o'rgatishda ko'rgazma-
tajriba metodlari, savol-javob metodlari, malaka va ko'nikm alarni
shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan keng foy
dalangan.
Bundan tashqari, Al-Xorazmiy olim larning ilmga qo‘shgan
hissalari, ilmdagi o'rni, tutgan yo'liga ko'ra ularni uchta yo'nalishga
ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |