KORONAVIRUS PANDEMIYASI DAVRIDA DORI VOSITALARI, TIBBIY BUYUMLAR VA TIBBIY TEXNIKALAR MUOMALASINI TARTIBGA SOLISHGA DOIR CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishiga qarshi kurashishda mamlakatda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar takchilligining oldini olish, shuningdek fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iii muhofaza qilish hamda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 1-noyabrga qadar bo‘lgan muddatda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan, mazkur qarorga ilovaga muvofiq ro‘yxatdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar import qilinganda, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, 5 kun muddatda sertifikatlashtirish (faqat ayrim kimyoviy tahlillarni o‘tkazgan holda) asosida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Agentlikning qo‘shma xulosasi asosida mazkur qarorga ilovadagi ro‘yxatga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ushbu qaror 1-bandining amal qilish muddatini uzaytirish huquqi berilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 532-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 09/21/532/0810-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan tartib asosida dori vositalari va tibbiy buyumlar importi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar dori vositalarini ayrim kimyoviy tahlillarni o‘tkazgan holda sertifikatlashtirish uchun dori vositasining qadog‘ida yoki qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarida xalqaro patentlanmagan nomi o‘zbek yoki rus yoxud ingliz tilida ko‘rsatilishini ta’minlagan holda, ishlab chiqaruvchi tashkilotning sinov bayonnomasini va sinov usullari ko‘rsatilgan hujjatni taqdim etishlari shart;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 532-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 09/21/532/0810-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishi (reeksport bojxona rejimi bundan mustasno) 2020-yil 1-oktabrga qadar vaqtinchalik to‘xtatilsin.
Bunda, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan ayrim dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni eksport qilishga O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Agentlikning qo‘shma xulosasi asosida ruxsat beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 474-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2020-y., 09/20/474/1158-son)
4. Agentlik va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qiskartirish vazirligi koronavirus pandemiyasi hamda sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, dori vositalari va tibbiy buyumlarning eksport qilinishiga bo‘lgan cheklovning muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari respublika hududidan dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy olib chiqib ketilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara ko‘shinlari bilan birgalikda xalqaro yuk tashuvchilar va ekspeditorlik tashkilotlariga mazkur qaror talablari, mazmun va mohiyatini tushuntirilishi va yetkazilishini ta’minlasin;
mazkur qaror ijrosi doirasida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish yuzasidan aviareyslarni tashkil etish taklifini bildirgan tashabbuskorlarga amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qaror mazmun va mohiyatini tadbirkorlik subyektlari va aholi e’tiboriga yetkazilishini ta’minlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekistoi Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-iyul,
449-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar
RO‘YXATI
T/r
Dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi va tibbiy buyumlar nomi
Shakli
1.Gidroksixloroxin, xlorxin Tabletka
2.Paratsetamol, atsetaminofen Tabletka
3.Strofantin K Ampula
4.Epinefrin Ampula
5.Enoksaparin Shprits, eritma, liofilizat
6.Meropenem Flakon
7.Apiksaban Tabletka, kapsula
8.Dopamin Ampula
9.Jelatin (modifikatsiyalangan) Flakon
10.Imipinem/Silastatin Flakon
11.Kolxitsin Tabletka, kapsula
12.Norepinefrin Flakon, ampula
13.Metilprednizolon Tabletka, flakon
14.Pipekuroniya bromid Tabletka, ampula, flakon
15.Totsilizumab, Levilimab, Sarilumab, Flakon, ampula, shprits,
Kanakinumab shprits-ruchka
16.Sefepim/sulbaktam flakon
17.Gripp vaksinasi (O‘RVI) Eritma saqlagan bir martalik shprits, flakon
18.Koronavirus vaksinasi (COVID-19) Eritma saqlagan bir martalik shprits, flakon, ampula
19.Pnevmokokk vaksinasi Eritma saqlagan bir martalik shprits, flakon
Sitorabonu, [09.06.2022 10:39]
COVID-19 pandemiyasi davrida o'spirinlar o’z ruhiy salomatligini qanday himoya qilishi mumkin
Yangi (vaqtinchalik) normal holatga duch kelgan o'spirinlar uchun 6 ta strategiya.
UNICEF
'zbekiston
BOSHQARUVGA O'TISH
Статья
COVID-19 pandemiyasi davrida o'spirinlar o’z ruhiy salomatligini qanday himoya qilishi mumkin
Yangi (vaqtinchalik) normal holatga duch kelgan o'spirinlar uchun 6 ta strategiya.
UNICEF
мальчик сидит с телефоном в руках
UNICEF/UNI220248/Pancic
da mavjud:
русский
English
O'zbekcha
31 Mart 2020
O’spirinlik – murakkab davr, koronavirus kasalligi (COVID-19) esa uni yanada murakkablashtirishi mumkin. Maktablarning yopilishi va tadbirlarning bekor qilinishi tufayli ko'plab o'spirinlar hayotlaridagi muhim lahzalardan xusuasn maktabga borish va do'stlari bilan muloqatda bo’lishdan voz kechishga majbur bo’lmoqdalar.
Tarqalayotgan kasallik tufayli hayotdagi o'zgarishlarga duch kelayotgan, xavotirlanish, yakkalanish va tashvishni his qilayotgan o'spirinlar ular yolg'iz emassliklarini bilishlari zarur. Yoshlar o'z ruxiy holatini qanday boshqarishlari mumkinligi to’g’risida o’spirinlar bilan ishlash bo’yicha tajribali psixolog, kitoblari eng ko'p sotiladigan muallif, oylik “New York Times” kolumnisti doktor Liza Deymur bilan suhbatlashdik.
1. Tashvishlanishingiz butunlay normal reaksiya ekanligini tan oling
Maktabning yopilishi va xavotirli sarlavhalar sizni tashvishga solayotgan bo'lsa, bunda siz yagona emassiz. Aslida, siz buni shunday his qilishingiz kerak. "Tashvishlanish, aslida, bizni tahdidlardan ogohlantiradigan va o'zimizni himoya qilish choralarini ko'rishga yordam beradigan normal va sog'lom funktsiya ekanligini psixologlar ko'pdan beri tushunib yetishgan," deydi doktor Deymur. "Tashvishlanishingiz sizga ayni daqiqada muhim bo’lgan qarorlarni qabul qilishga yordam beradi. Masalan, boshqalar bilan muloqotni cheklash, katta guruhlarda vaqt o'tkazmaslik, qo'llarniingizni yuvish va yuzingizga tegmaslik kabi." Bu his-tuyg'ular nafaqat sizni, balki boshqalarni ham xavfsiz saqlashga yordam beradi. "Sju yo’sinda hamjamiyatimiz a'zolariga ham g'amxo'rlik qilamiz. Atrofimizdagi odamlar haqida ham o'ylaymiz."
COVID-19 bilan bog’liq bezovtalikni tushunish mumkin bo'lsa-da, siz "ma'lumot olish uchun yoki ishonchli bo'lmagan kanallar orqali olinadigan ma'lumotni tekshirish uchun" ishonchli manbalardan (masalan, UNICEF va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti saytlaridan) foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling,"- deb tavsiya qiladi doktor Deymur.
Sizda kasallik alomatlari paydo bo’lganidan xavotir olsangiz, bu haqida ota-onangiz bilan gaplashish juda muhimdir. “Shuni inobatga olish kerakki, COVID-19 odatda, ayniqsa bolalar va yoshlarda engil formadaa o’tadi,”- deydi doktor Deymur. Bu kasallikning ko’p simptomlarini davolash mumkin.
Doktor Deymur o’spirinlarga o'zlarini yomon his qilayotgani yoki virus haqida tashvishlanayotganlarini ota-onalarig ayoki o’zlari ishingan yoshi kattalarga yordam olosh uchun aytib berishin tavsiya qiladi.
Va yodda saqlang: "Biz o'zimizni va boshqalarni himoya qilishimiz hamda vaziyatni nazorat qilishimiz uchun ko'plab samarali usullar mavjud. Qo'llarni tez-tez yuvib turish va ularni yuzga tekkizmaslik hamda ijtimoiy masofani saqlash shular jumlasiga kiradi."
Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga ta’siri
3.07.2020 22:42 6.7K
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) joriy yil birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi kengayishining to‘xtatilishi va ikkinchi yarim yildan boshlab iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi bo‘yicha taxminlariga asoslangan bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilmoqda.
Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga ta’siri
2019 yilning noyabr-dekabr oylarida Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida paydo bo‘lgan koronavirus pandemiyasining jahon miqyosida keng tarqalishi global inqirozni vujudga keltirdi. Bu jahon inqirozlaridan turli jihatlari bilan farq qilib, iqtisodiyotga salbiy ta’siri juda kuchliligini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy tilda aytadigan bo‘lsak, bu pandemiya yalpi talab va yalpi taklifga, makroiqtisodiy barqarorlikka tashqi “zarba” bo‘lib, oldingi iqtisodiy inqirozlardan ko‘lami va zarari jihatidan katta farq qiladi. Qisqa vaqt ichida COVID-19’ning global miqyosda keng tarqalishi deyarli barcha davlatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, virusning ta’sir ko‘lami kengayishda davom etmoqda.
Koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish
Tadqiqotlar natijasi shundan dalolat beradiki koronavirus pandemiyasi boshlangunga qadar jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyotlarda ijobiy siljishlar, barqaror rivojlanish alomatlari kuzatilgan. Oxirgi yillarda jahon iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sishning sur’ati o‘rtacha 3 foiz atrofida bo‘lsa, uning yuqori sur’atlari:
Xitoy;
Tojikiston;
Armaniston;
O‘zbekistonda.
past sur’atlari:
AQSh;
Buyuk Britaniya;
Rossiya Federatsiyasida kuzatilgan.
Jahon iqtisodiyotining yalpi daromadi 2019 yilda 84,5 trillion AQSh dollarni, shu jumladan:
AQSh 20,6 trillion dollar (ulushi 24,4 foiz);
Xitoy Xalq Respublikasi 13,1 trillion dollar (ulushi 15,6%);
Germaniya 3,9 trillion dollar (4,6%);
Buyuk Britaniya 2,8 trillion dollar (3,3%);
Rossiya va Janubiy Koreya 1,5 trillion dollari (1,9%)ni tashkil etilishini 1-rasmda ko‘rishimiz mumkin.
Iqtisodiy o‘sish sur’atlari dinamikasi
1-Rasm. Jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston bilan hamkor mamlakatlardagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari dinamikasi
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) joriy yil birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi kengayishining to‘xtatilishi va ikkinchi yarim yildan boshlab iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi bo‘yicha taxminlariga asoslangan bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilmoqda.
Bu sharoitda, iqtisodiy pasayish rivojlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |