Ko‘chmas mol-mulk joylashgan joy
|
100 kv.m gacha bo‘lganda
|
100 kv.m dan 200 kv.m. gacha bo‘lganda
|
200 kv.m va undan ortiq bo‘lganda
|
Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlari
|
eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida
|
eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida
|
eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida
|
boshqa aholi punktlari
|
eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida
|
eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida
|
eng kam oylik ish haqining 1,5 baravari miqdorida
|
Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opasingillariga ko‘chmas mol-mulkni o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun – shartnoma summasining 5 foizi, ammo eng kam oylik ish haqining kamida 10 baravari miqdorida undiriladi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan 600 mln. so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda – shartnoma summasining 10 foizi miqdorida undiriladi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan va respublikaning boshqa hududida doimiy propiskaga ega bo‘lgan shaxslar va Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan yangi qurilgan ko‘chmas mulklarni qimmatlashtirilgan davlat boji to‘lab notarial tasdiqlangan shartnomalar asosida qo‘lga kiritgan ko‘chmas mulkni xarid qilingan kundan boshlab uch yil mobaynida boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Xulosa
Oldi-sotdi shartnomasining mazmunini taraflarning huquq va burchlari tashkil etadi. Sotuvchining asosiy burchi va huquqi sotilgan ashyoni shartnomaga muvofiq oluvchining ixtiyoriga topshirishdan va buning uchun tegishli haqni olishdan iborat. Oluvchining asosiy huquqi va burchi sotilgan tovarni qabul qilib olish va buning uchun belgilangan haqni to'lashdan, agar sotilgan tovar o'ziga shartnoma shartlariga muvofiq topshirilmagan bo'lsa, uni o'ziga topshirishni talab qilishdan iborat bo'ladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar kundan kunga yangilanib bormoqda .O’zbekiston Respubliksi rivojlanayotgan davltatlar qatorida bormoqqda ekan oldi-sotdi bilan bog’liq muammolar sekin astalik bilan o’zgarib bormoqda. Bu yangi o’zgarishlar xalqimizning iqtisodiy ahvolini yanada yaxshilanishiga olib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |