Katta nominal birlamchi toklar uchun birlamchi chulg‘am vazifasini transformator
ichidan o‘tuvchi shina bajaradigan tok transformatorlari qo‘llaniladi. Bu
transformatorlar magnit o‘tkazgich
bilan
ikkilamchi chulg‘amlari ustiga quyilgan
xalqasimon epoksidli blokdan iborat. Tok
o‘tkazuvchi shina birlamchi chulg‘am
xisoblanadi.
Izolyasiyalovchi
blokka
ekranlovchi silumin xalka quyilgan bo‘lib,
prujina yordamida shinaga elektr jihatdan
ulangan.
Bunday
tok
transformatorlariningelektrodinamik
turg‘unligi
shina
konstruksiyasining
chidamliligi bilan aniqlanadi.
Nominal
toki
2000—5000
A
bo‘lgan 10 kV li qurilmalarda o‘tuvchi
shinali
tok transformatorlari TPSHL
qo‘llaniladi.
Tashqi qurilmalar uchun TFN
tipidagi qog‘oz - moy izolyasiyali,
chinni
korpusda
tayanch
tipidagi
tok
transformatorlari ishlab chiqariladi. Moy
bilan to‘ldirilgan ichi bo‘sh chinni
izolyatorlarda transformatorning magnit
o‘tkazgichi
bilan
chulg‘amlari
joylashtirilgan.
TFN transformatorlari 0,5 klass chulg‘amli bitta magnit o‘tkazgich rele
muhofazasi uchun mo‘ljallangan chulg‘amli ikki uchta magnit o‘tkazgichga ega.
Kuchlanish qancha yuqori bo‘lsa, birlamchi chulg‘amni
izolyasiyalash shuncha
qiyin, shuning uchun 330 kV va undan yuqori kuchlanishlarga kaskad tipidagi tok
transformatorlari ishlab chiqariladi. Transformatsiyaying ikki kaskadining bo‘lishi
(chulg‘amli ikkita o‘zaklar) har bir pog‘ona chulg‘amlarining izolyasiyasini to‘la
kuchlanishga hisoblamay, balki uning yarmiga teng qilib tayyorlash imkonini
beradi. Transformatorning har bir pog‘onasi mustaqil konstruksiyaga ega. YUqori
pog‘onaning birlamchi chulg‘ami transformatsiya koeffitsientini o‘zgartirish uchun
ikki seksiyadan iborat. Ikkilamchi chulg‘amlar to‘rtta: ulardan biri 0,5
klassdagi
o‘lchashlar uchun qolgan uchtasi rele muhofazasi uchun.
Qo‘sh
transformatsiya
tok
transformatorlarining
konstruksiyasini
murakkablashtirib, xatosini oshiradi.
35 kV va undan yuqori kuchlanishli qurilmalarda bakli Uzgichlar yoki kuch
transformatorlarining o‘tuvchi vtulkalariga joylashadigan tok transformatorlari
keng qo‘llaniladi. Bunday transformatorlarning birlamchi chulg‘ami bo‘lib vtulka
sterjeni hisoblanadi. Uncha katta bo‘lmagan birlamchi toklarda tok
transformatorlarining aniqlik klassi 3 yoki 10 bo‘ladi. 1000—2000 A li
birlamchi
toklarda 0,5 klassida ishlash ham mumkin.
62- rasm. TPOL-10 tok transformatori:
a - chulg‘amli magnit o‘tkazgichlarning
joylashuvi; b –
tuzilishi; 1 – magnit
o‘tkazgich; 2 – ikkilamchi chulg‘am; 3
– mahkamlovi halka; 4 – birlamchi
chulg‘am sterjeni.
Tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘ami birlamchi hisoblangan
tokka muvofiq transformatsiya koeffitsientini o‘zgartirish imkonini beruvchi
otpaykaga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: