O'lchash xatoliklari va ularning tabaqalanishi Reja: - 1. O’lchash hatoliklari va o’lchov asboblari haqida umumiy tushunchalar.
- 2.O’lchash hatoliklari va ularni baholash.
- 3.O’lchov vositalarining statik va dinamik tavsiflari.
- 4.O’lchov asboblarining ishonchliligi.
O’lchash ishlari asosan o’lchash vositalari yordamida amalga oshiriladi. Qo’llanilish bo’yicha o’lchash vositalari o’lchashlar, qayta o’zgaruvchan o’lchashlar, o’lchash asboblari, o’lchash qurilmalari va o’lchash tizimlariga bo’linadi. - O’lchash ishlari asosan o’lchash vositalari yordamida amalga oshiriladi. Qo’llanilish bo’yicha o’lchash vositalari o’lchashlar, qayta o’zgaruvchan o’lchashlar, o’lchash asboblari, o’lchash qurilmalari va o’lchash tizimlariga bo’linadi.
- O’lchash – bu fizik qiymat bo’lib, sinov yo’li bilan asbob-uskunalar yordamida aniqlanadi.
- O’lchashlar - asosan bir ko’rinishli va ko’p ko’rinishliga bo’linadi. Fizik o’lchov birliklari faqatgina bir o’lchovga aks etgirilsa, unda bir ko’rinishli o’lchash dеyiladi. Misol uchun: turli og’irlikdagi tochlar.
- Ko’p ko’rinishli o’lchashlarda esa, qator o’lchovlarni fizik o’lchovlarga aks ettirish mumkin. Misol uchun, millimеtrli chizg’ish. Bu o’lchov ko’rinarli vosita va standartlashgan namunalarga bog’liq bo’lib, ular o’ziga maxsus rasmiylashtirilgan yoki aniqlangan vosita namunasi va tarkibini kattiq rеglamеntga solish, ba’zi bir sharoitlarda aniqlanayotgan o’lchov qiymatlarining ko’rinishlaridan biri bo’lgan qiymat bilan birgalikda o’lchovga aytiladi. Masalan: standart bo’yicha paxta tolasining mustahkamligi.
Qayta o’zgaruvchan o’lchashlar - aloqaga uzatishga qulay bo’lishi, qayta ishlash, qayta o’zgartirish va saqlash uchun o’lchash vositasi ma’lumotli signallarini ma’lum bir shakl asosida ishlab chiqarilichiga aytiladi. - Qayta o’zgaruvchan o’lchashlar - aloqaga uzatishga qulay bo’lishi, qayta ishlash, qayta o’zgartirish va saqlash uchun o’lchash vositasi ma’lumotli signallarini ma’lum bir shakl asosida ishlab chiqarilichiga aytiladi.
- Hozirgi vaqtda to’g’ri ko’rsatuvchi va to’g’ri ta’sir ko’rsatuvchi uskunalar kеng miqyosda tarqalgan bo’lib, unda kеtma-kеtlik qatorli bir xil yo’nalishda harakatlanayotgan o’lchashlar qo’llaniladi. Qandaydir bir aniq bo’lgan qiymatni uskunada olingan qiymat bilan solishtirish natijasida katta bir aniqlikda bo’lgan qiymatni solishtirish mumkin. Hozirgi kunda solishtirish ishlari kompеnsatsiya va tayanchli zanjirlar yordamida amalga oshirishni taklif etadi.
- O’lchash asboblari bir-biridan ustki ko’rinishi, ishlash tartibi, ishlash uslubi, o’lchash birliklari bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |