O‘lchash uslubi xatoliklari kattaliklarni (bosim harorat va b. ni) o‘lchash
uslubi bilan bog‘liq bo‘lgan va qo‘llanayotgan o‘lchash asboblariga bog‘liq
bo‘lmagan xatoliklaridan iborat.
O‘lchashlarni, ayniqsa, aniq o‘lchashlarni bajarishda o‘lchash natijasini O‘lchash xatoliklar anchagina buzishi mumkin. SHuning uchun, o‘lchashlarni
bajarishga kirishishdan avval bu xatoliklarning barcha manbalarini aniqlash va ularni yo‘qotish choralarini ko‘rish zarur. Ammo O‘lchash xatoliklarni topish va yo‘qotish uchun uzil-kesil qoidalar berish amalda mumkin emas, chunki turli kattaliklarni o‘lchash usullari g‘oyatda turli-tumandir.
O‘lchashning qo‘pol xatoligi deyilganda berilgan shartlar bajarilganda yuz
beradigan, kutilgan natijadan tubdan farq qiladigan o‘lchash xatoligi tushuniladi.
O‘lchashdan ko‘zda tutilgan maqsad va o‘lchash aniqligiga qo‘yiladigan
talablarga qarab o‘lchashlar aniq (laboratoriya) va texnik o‘lchashlarga bo‘linadi.
O‘lchash natijasining o‘lcha-nayotgan kattalik haqiqiy qiymatiga yaqinligini
ifodalovchi o‘lchash sifati o‘lchash aniqligi deb ataladi. Aniqlikni oshirishga intilib,
biz o‘lchash xatoligini kamaytirishimiz lozim. Ammo aniqlikni oshirish usullari,
ko‘pincha, murakkab bo‘ladi va qimmat turadi. SHuning uchun, avval o‘lchashning
konkret shart-sharoitlari va maqsadlarga bog‘liq bo‘lgan maqbul aniqlikni baholab
olish va zarur bo‘lsa, so‘ngra aniqlikni oshirish choralarini ko‘rish lozim. O‘lchashni
bajaruvchi asboblarning ko‘rsatishi o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan
farq qiladi. SHuning uchun, o‘lchov asbobining ko‘rsatishi va haqiqiy ko‘rsatishi
degan tushunchalar mavjud.
Kattalikning sanoqqa ko‘ra topilgan qiymati o‘lchov asbobining ko‘rsatishi deyiladi. Bu kattalikning namuna asboblar orqali aniqlangan ko‘rsatishi haqiqiy
ko‘rsatishi deyiladi.
Yakuniy qism
IV.Xulosa
Xulosa qilib aytganda o‘lchash xatoligi – o‘lchash natijasini chinakam (haqiqiy) qiymatdan chetlashuvini (og‘ishuvini) ifodalovchi o‘lchashning sifat mezoni hisoblanadi. O‘lchash xatoliklari turli sabablarga ko‘ra turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: – o‘lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini siljishidan kelib chiquvchi sabablar; – o‘lchash obyektini o‘lchash joyiga (pozitsiyasiga) o‘rnatishdan kelib chiquvchi sabablar; – o‘lchash vositalarining zanjirida o‘lchash ma’lumotini olish, saqlash, o‘zgartirish va tavsiya etish bilan bog‘liq sabablar; – o‘lchash vositasi va ob’yektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (harorat yoki bosimning o‘zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va hokazolar)dan kelib chiquvchi sabablar; – o‘lchash obyektning xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar; – operatorning malakasi va holatiga bog‘liq sabablar va shu kabilar. O‘lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo o‘lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarini aniqlash lozim bo‘ladi. O‘lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga ko‘ra quyida keltirilgan turlarga bo‘linadi.
O‘lchashlardagi хatоliklar - Fizik kattaliklarning o‘lchоvini o‘lchоv asbоblari va o‘lchоv usullarining nоmukammalligi оqibatida, shuningdеk o‘lchоv sharоitining ta’siri tufayli mutlaqо aniq amalga оshirib bo‘lmaydi. Bunda paydо bo‘ladigan хatоliklar sоni o‘lchоv хatоligi dеb ataladi, ya’ni o‘lchоv asbоbining хatоligi dеb uning ko‘rsatmasi va o‘lchanadigan kattalikning haqiqiy qiymati o‘rtasidagi farqga aytiladi.
V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Sh.A.Qodirova O’lchash usullari va vositalar 1-qism ,,Elektr o’lchash usullari va asboblar’’.
2. P.R.Ismatullayev, Sh.A.Qodirova. X.SH.Jabbarov. Metrologiya asoslari darslik.
www.standart.uz
www.iso.org
Do'stlaringiz bilan baham: |