Ish o‘lchov asboblari xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida amaliy o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan. Ular anikligi orttirilgan o‘lchov asboblariga va texnik o‘lchov asboblariga bo‘linadi.
Namuna o‘lchov asboblari ish o‘lchov asboblarini tekshirish va ularni o‘zlari bo‘yicha darajalashga xizmat qiladi.
Etalon asboblari fizik kattalik biriklarini qayta tiklash va saqlash, ularning
o‘lchamlarini namuna o‘lchov asboblari orqali xalq xo‘jaligida qo‘llanadigan ish o‘lchov vositalariga o‘tkazishga xizmat qiladi. Fizik kattaliklarning birliklari o‘lchami shu usul bilan etalonlardan namuna o‘lchov asboblari yordamida boshqa o‘lchov asboblariga o‘tkaziladi.
O‘lchash vositalarining ko‘rsatishlaridagi xatoliklarni aniqlash yoki ularning ko‘rsatishlariga tuzatish kiritish maqsadida o‘lchov vositalari ko‘rsatishlarini namuna o‘lchov asboblarining ko‘rsatishlariga taqqoslash deb ataladi.
SHkala asbobni tekshirish bo‘linmalariga qabul qilingan o‘lchov birliklarida ifodalangan qiymatlar berish operasiyasi darajalash deb ataladi.
O‘lchash vositalari yordamida o‘lchanayotgan fizik kattaliklar o‘lchash axboroti signali foydalaniladigan biror chiqish kattaligiga o‘zgartiriladi.
Fizik kattalikni o‘lchashda o‘lchov qurilmasi (asbobi) fizik kattalikni ko‘rsatkichning mutanosib siljitadi:
f(B) (1.4)
bu erda, φ — asbob ko‘rsatkichining burchakli yoki chiziqli siljishi, V — o‘lchanayotgan fizik kattalik. (1.4) bog‘lanish asbob shkalasining tenglamasi yoki xarakteristikasi deyiladi.
Har qanday o‘lchov asbobining ishi oqibat natijada o‘lchanadigan kattalikni ko‘rsatkichning siljishiga moslab o‘zgaririshga keltiriladi. SHu sababli o‘lchash asbobini sxematik ravishda, o‘lchanayotgan fizik kattalik V ni ko‘rsatkichning mexanik siljish miqdori φ ga o‘zgartiradigan o‘zgartkich deb qarash mumkin.
Oraliq o‘zgartishlar soniga qarab asbobni bo‘g‘inlarga bo‘lish mumkin, bu bo‘g‘inlarning har biri asbob ichida V miqdorni ma’lum tarzda o‘zgartiradi. Ana shu bo‘g‘inlar majmuasi o‘lchanayotgan kattalikning talab etilgan o‘zgarishini ko‘rsatkichning siljishi φ ga o‘zgartiradi.
Ўлчов асбоби
Istalgan o‘lchov asbobining struktura sxemasi, uning ishlash, prinsipidan qat’i
nazar, ketma-ket ulangan o‘lchash bo‘g‘inlari O‘B1, O‘B2, O‘B3,.....,O‘Bn, (1.2-rasm) qatoridan tuzilgan zanjir kabi tasvirlanishi mumkin. Birinchi bo‘g‘in O‘B1uchun kirish qiymati bo‘lib V kattalik xizmat kiladi. Har bir bo‘g‘inning chikish qiymati keyingi bo‘g‘in uchun kirish qiymati bo‘lib xizmat qiladi. Oxirgi O‘Bnbo‘g‘inning chikish qiymati ko‘rsatkichning Vn= φ siljishini anglatadi.
Umumiy holda o‘lchov vositalarining struktura sxemasini qurish prinsipiga qarab ikki guruhga bo‘lish mumkin: to‘g‘ri o‘zgartiradigan o‘lchash sxemasi va signali moslashtiriladigan o‘lchash sxemalari. To‘g‘ri o‘zgartirish prinsipibo‘yicha qurilma o‘lchov vositalarida o‘lchanayotgan kattalik dastlabki o‘zgartkichga yoki uning o‘lchash zanjiri qismidan iborat bo‘lgan sezgir elementga keladi. O‘lchash zanjirida, odatda, o‘lchanayotgan kattalikni axborotning biror eltuvchisi (elektr toki kuchi yoki kuchlanishi. siqilgan havo bosimi va boshqalar) signaliga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha amalga oshiriladi. So‘ngra mazkur signal kuchaytiriladi va sanash qurilmasiga uzatiladi. Eng sodda variantda shu sxemadan faqat sezgir element va sanash qurilmasi qolishi mumkin. To‘g‘ri o‘zgartkich sxemalari sodda, ishonchli, etarli tezkorlikka ega hamda uncha qimmatga tushmaydi. Ammo ulardan, amalda, kichik signallarini o‘lchashda foydalanib bo‘lmaydi. Defferensial o‘zgartkichlar va ular bilan o‘lchash sxemalari signali to‘g‘ri o‘zgartkich sxemalari turlaridan biridir.