u = s • x,
bunda: u - muayyan birlikda ifodalanayotgan o ‘lchanayotgan kattalikning qiymati; s - shkalaning bo‘lim qiymati; x – shkaladan olingan qaydnoma.
Ma’lumki, o‘lchashni biror-bir vositasiz bajarib bo‘lmaydi.
O‘lchash vositasi deb, o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi.
O‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lishi lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishi va ishlashiga bog‘liq. O‘lchash vositalarining namunalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
— o‘lchovlar;
— o‘lchash asboblari;
— o‘lchash o‘zgartkichlari;
— o‘lchash qurilmalari;
— o‘lchash tizimlari.
O‘lchovlar keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi.
O‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va shu kabilarni o‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin.
O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan.
Standart namuna modda, materiallarning xossalari va xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o ‘lchov sanaladi. Masalan, g‘adir-budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari.
Namunaviy modda muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va aniq xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, «toza suv», «toza metall» va hokazolar. «Toza rux» 420 °C temperaturani hosil qilishda ishlatiladi.
O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) turlarga bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham foydalaniladi.
Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda tutishimiz lozim bo‘ladi: ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o ‘lchash vositalari, ishchi etalon, solishtirish etaloni, nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon va davlat etaloni.
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o‘lchovlar etalonlar deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda qo‘llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi.
O‘lchash asbobi deb, kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqishga mo‘ljallangan o ‘lchash vositasiga aytiladi.
O‘lchash asboblarini turli xil alomatlari: o‘zgartirish xususiyati; chiqish axborotining turi; axborotni taqdim etish xususiyati; o ‘lchanayotgan kattalikning turi; qo‘llanilish sharoiti va boshqa alomatlari bo‘yicha sinflash mumkin.
Bu alomatlar hisobga olingan holda o‘lchash asboblarining sinflanishi 2.6-rasmda keltirilgan.
O‘zgartirish xususiyati bo‘yicha o‘lchash asboblari o‘zida aniqlangan hisoblash o‘lchash o‘zgartkichi va solishtirish qurilmasini namoyon etadi. Asbobning tuzilmasi, tasvirini shartli belgilash uchun funksional sxemadan foydalaniladi. Ularning barcha o‘zgartirishi inobatga olinib, o ‘lchanayotgan kattalik asbobning ishlash jarayonida aniqlanadi. Barcha o‘lchash asboblarini o‘zgartirish xususiyati bo‘yicha uchta turga: to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zgartiruvchi; o‘zgarishni solishtirish va aralash o ‘zgartiruvchi asboblarga bo‘lish mumkin.
Ma’lumotni tavsiflashga ko‘ra o‘lchash vositalari quyidagilarga bo‘linadi:
1. Shkalali o‘lchash vositalari.
2. Raqamli o‘lchash vositalari.
3. O‘ziyozar o‘lchash vositalari.
Analogli (shkalali) o ‘lchash asboblari, o‘z navbatida, elektromexanik turdagi analogli asboblarni qamrab olib, magnitoelektrik o‘lchash asboblari; elektromagnit o ‘lchash asboblari; elektrodinamik o‘lchash asboblari; elektrostatik o‘lchash asboblari va induksion o‘lchash asboblariga bo‘linadi. Analogli o ‘lchash asboblari o‘lchanayotgan kattalikning uzlukiz o‘zgarish funksiyasini ko‘rsatuvchi asboblar deb ataladi. Bu asboblar soddaligi, arzonligi, yuqori mustahkamligi, turli sharoitlarda qo‘llanishi, aniqlik sinfi 0,05 gacha ishlab chiqarilishi bilan farqlanib, elektrik o‘lchashlarda asosiy texnik vositalar guruhini tashkil etadi. Analogli o‘lchash asboblari yoki bevosita ko‘rsatuvchi asboblar elektr o‘lchashlar va umuman, o‘lchash texnikasida keng o‘rin olgan asboblardan hisoblanadi. Bu turdagi asboblarda ko‘rsatuv qaydnomasi uzluksiz (funksional) ravishda o‘lchanayotgan kattalikbilan bog‘liqlikda bo‘ladi. Bu turdagi asboblarning struktura sxemasi 2.7- rasmda ko‘rsatilgan.
Bevosita ko‘rsatuvchi elektr o‘lchash asboblari (xususan, elektromexanik asboblar) ikki asosiy qismdan, ya’ni o‘lchash zanjiri va o‘lchash mexanizmidan iborat, deb qarash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |