O‘lchash turlari. Reja: O‘lchash usullari va ularning turlari



Download 103,04 Kb.
bet1/7
Sana20.01.2022
Hajmi103,04 Kb.
#392638
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu. O‘lchash turlari.


O‘lchash turlari.

Reja:

  1. O‘lchash usullari va ularning turlari.

  2. O‘lchash vositalari va ularning sinflanishi.

  3. O‘lchash vositalarining metrologik xarakteristikalari.



  1. Kattalikning sonli qiymatini, odatda, o‘lchash amali bilangina topish mumkin, ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.

O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda o‘lchanadigan kattalik fizik tajriba yordamida, xuddi shu turdagi birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi.

Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki, birinchidan, o‘lchash bu turli kattaliklar to‘g‘risida axborot hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik tajribadir; uchinchidan, o‘lchash jarayonida o‘lchanadigan kattalikning o ‘lchov birligining ishlatilishidir. Demak, o ‘lchashdan maqsad, o ‘lchanadigan kattalik bilan uning o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi nisbatni (tafovutni) topishdir. O‘lchash jarayonida o‘lchashdan ko‘zda tutiladigan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik (bu shunday asosiy kattalikki, uni aniqlash butun izlanish, tekshirishning vazifasi, maqsadi hisoblanadi) va o‘lchash obyekti ishtirok etadi. O‘lchash obyekti (o‘lchanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, u yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi yoki shunday qurilmaki, u yordamida o‘lchanadigan kattalik solishtiriladi. Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak: o‘lchash, o‘lchash jarayoni va o‘lchash usuli.

O‘lchash - umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida axborot qabul qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay shaklda aniqlashdir.

O‘lchash jarayoni - solishtirish tajribani o ‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo‘lmasin).

O‘lchash usuli — fizik tajribaning aniq ma’lum struktura, o ‘lchash vositalari va tajriba o ‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir.

O‘lchash, odatda, o ‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini tahlil qilish asosida bevosita o ‘lchash obyekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jarayoni yordamida shu o ‘lchash obyekti to‘g‘risida axborot hosil qilinadi va nihoyat ba’zi matematik qayta ishlash yo‘li bilan o ‘lchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida axborot (o‘lchash natijasi) olinadi.

O‘lchash natijasi o ‘lchanayotgan kattalik son qiymatining o ‘lchash birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi.

X = n [x],

bunda: X - o ‘lchanayotgan kattalik; n - o ‘lchanayotgan kattalikning qabul qilingan o‘lchov birligidagi son qiymati; [x] - o‘lchash birligi.

O‘lchash jarayonini avtomatlashtirish munosabati bilan o‘lchash natijalari o‘zgartirilmasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik boshqarish tizimlariga berilishi mumkin. Shuning uchun keying paytlarda, ayniqsa, kibernetika sohasidagi mutaxassisliklarda o ‘lchash haqidagi tushuncha quyidagicha ta’riflanadi.

O‘lchash - izlanayotgan kattalik haqida axborot qabul qilish va o ‘zgartirish jarayonidir. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad shu o‘lchanayotgan kattalikning ishlatish, o‘zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay shakldagi ifodasini ishlab chiqishdir.

O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga ko‘ra aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexanik, issiqlik, akustik va h.k.

O‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari (yo‘llari) mavjuddir. Quyida shu yo‘llar bilan tanishib chiqamiz (2.1-rasm).

Bevosita o ‘lchash — o ‘lchanayotgan kattalikning qiymatini bevosita tajriba ma’lumotlaridan topish. Masalan, oddiy simobli termometrda yoki chizg‘ich yordamida o ‘lchash:


Download 103,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish