O’lchash hatoliklari va o’lchov asboblari haqida umumiy tushunchalar



Download 151,5 Kb.
bet1/2
Sana29.04.2022
Hajmi151,5 Kb.
#594246
  1   2
Bog'liq
Mirzaev Azamat 218-19 Mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI


VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
____________“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
_“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fani bo’yicha
MUSTAQIL ISH 1

Mavzu: O’lchash asboblarining aniqlik sinfi va metrologik tavsiflari


Bajardi: 218 – 19 guruh talabasi


Mirzaev A.Sh.
Tekshirdi: Axunov F.I.
Toshkent-2021

Reja

Kirish


  1. O’lchash hatoliklari va o’lchov asboblari haqida umumiy tushunchalar.

Asosiy qism
2.O’lchash hatoliklari va ularni baholash.
3.O’lchov vositalarining statik va dinamik tavsiflari.
4.O’lchov asboblarining ishonchliligi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish 
Loyihalanayotgan qurilmaning hisoblash sxemasini aniqlashtirish va vaqtni hisoblash modelini asl holatga maksimal darajada yaqinlashtirish qurilmalarning haqiqiy ishini tajribaviy sinash orqali amalga oshiriladi. Tajriba natijalari qurilmaning fizik holati haqida to’la tasavvur hosil qilish imkonini beradi, bu esa o'z navbatida hisoblash natijasini tanlashda yo'l qo'yiladigan soddalashtirishlarning asosli bo'lishini ta’minlaydi. Shunday qilib, materiallarning konstruksion xossalarini va hisoblash modelini obyektning real ish holatiga qay darajada mos kelishini faqat tajriba yo'li bilan aniqlash mumkin.
Ammo eksperimental tadqiqotlarning ahamiyati shuning o'zi bilan chegaralanib qolmaydi. Yangi inshoot qurib bitkazilgach, yoki mavjud inshoot ta’mirlanib uning qurilmalari kuchaytirilgandan keyin, ishootning yuk ko'tarish qobiliyati, ya'ni uning mustahkamligi va ustuvorligi sinovdan o’tkaziladi. Bu yo'nalishda olib boriladigan tajribaviy tadqiqotlar ham xalq xo’jaligida o'zining muhim o'rniga ega. Masalan, zilzilada shikastlangan binolarni ta'mirlagandan keyin, ta'mir ishlarining sifatiga sinash yo'li bilan baho beriladi. Ulug'vor arxitektura yodgoriiklarni asrab qolish va ularni kelajak avlodlarga yetkazish hal qiluvchi o'rinni egallaydi.
Sifat nazoratining asosini esa tajriba-sinash ishlari tashkil etadi. Bunda nazorat obyekti mahsulot yoki texnologik jarayon bo'lishi mumkin.
Standartlashtirish bajariladigan ishlarni ma'lum qonun va qoidalar asosida tartibga solib turadigan keng bir soha bo'lib, xalq xo'jaligining turli jabhalarida o'zining aniq yo'nalish va obyektlariga ega. Masalan, qurilish sohasida konstruksiya va inshootlarni hisoblash va loyihalash metodlari, material va buyumlarga qo'yiladigan talablar, sinash usullari va o'lchash ishlari kabilar standartlashtirish obyektlari hisoblanadi. O’rnatilgan standartlar asosida amalga oshirilgan ishlarda palapartishlik, nouyg'unlik va tartibsizlik bo'lmaydi. Hamma ishlar maromida, ma'lum qoidalar asosida bajariladi. Ishlarning shu yo'sinda amalga oshirilishi samaradorlikni ta'minlaydi.
1. O’lchash hatoliklari va o’lchov asboblari haqida umumiy tushunchalar
Kattalikning o’lchash usuli bilan topilgan usuli bilan topilgan qiymati o’lchash natijasi deyiladi. O’lchash natijasi bilan o’lchanayotgan kattalikning hаqiqiy qiymati orasidagi farq o’lchash hatoligi дейилади. O’lchanayotgan kattalik birliklarida ifodalangan o’lchash hatoligi o’lchashning аbsolyut hatoligi deyiladi.


(1)

bunda – absolyut hatolik; X – o’lchash natijasi; – o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati.


O’lchash absolyut hatoligining o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga nisbati o’lchashning nisbiy hatoligi deyiladi.
O’lchash hatoliklari ularning kelib chiqishi sabablariga ko’ra muntazam, tasodifiy va qo’pol hatoliklarga bo’linadi.
Muntazam hatolik deyilganda faqat bitta kattalikni qayta–qayta o’lchanganda o’zgarmas bo’lib qoladigan yoki biror qonun bo’yicha o’zgaradigan o’lchash hatoligi tushuniladi.
Instrumental hatolik deyilganda qo’llanayotgan o’lchov asboblari hatoliklariga bog’liq bo’lgan o’lchash hatoliklari tushuniladi.
Tasodifiy hatolik deganda faqat bitta kattalikni qayta-qayta o’lchash mobaynida tasodifiy o’zgaruvchi o’lchash hatoligi tushuniladi.
Qo’pol hatolik deganda berilgan shartlar bajarilganda kutilgan natijadan tubdan farq qiladigan o’lchash hatoligi tushuniladi.
Kattalikning sanoqqa ko’ra topilgan qiymati o’lchov asbobining ko’rsatishi deyiladi. Asbobning ko’rsatishi va o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farq o’lchov asbobining hatosi deyiladi.
O’lchov asbobining absolyut hatoligi deb shu asbobning ko’rsatishi bilan o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farqqa aytiladi.
Agar bilan sanoq ko’rsatishidagi qiymatni ifodalab, bilan haqiqiy qiymatni belgilasak, quyidagi formuladan absolyut hatolikni topamiz.


(2)

Absolyut hatolikning kattalik haqiqiy qiymatiga nisbati nisbiy hatolik deb ataladi.




(3)

Odatda, Хnх –haqiqiy qiymat va Хn –topilgan qiymatlarga nisbatan «X» juda kichik bo’ladi, shuning uchun quyidagi formulani yozish mumkin:




(4)

Kattalikning asl qiymatini aniqlash uchun o’lchov asbobining ko’rsatishiga to’zatish kiritiladi. Uning son qiymati teskari ishora bilan olingan absolyut qiymatiga teng:


d = Xnx – Xn ёки D = - X (5)


Asbobning hatoligi shkala diapazonining foizlarida ifodalanadi. Bunday hatoliklar keltirilgan hatolik deyiladi va absolyut hatolikning diapozoniga bo’lgan nisbatiga teng bo’ladi, ya‘ni




(6)

N – asbobning o’lchash chegarasi.


Hatolik qiymati o’lchash asbobi aniqligini, demak, o’lchash natijasini ham tavsiflaydi. O’lchov aniq bo’lishi uchun, hatosi kichiq bo’lgan asboblardan foydalanish kerak. Ammo hatosiz asboblar tayyorlash mumkin emas. Hatosi kichik bo’lgan asboblar murakkab bo’lib, ularning bahosi qimmat. Bu asboblar bilan ishlash paytida katta ehtiyotkorlik talab qilinadi. Texnikaviy o’lchashlar uchun muayyan belgilangan qiymatdan oshmaydigan, yo’l quyiladigan hatosi bor asboblardan foydalaniladi.
Asbob ko’rsatishining standartlar yo’l qo’yadigan eng katta hatosiga yo’l quyiladigan hatо deb ataladi. Hato miqdori o’lchashlar olib borilayotgan tashqi muhitga (atrof muhit harorati, atmosfera bosimi, tebranish va boshqalarga) bog’liq bo’lgani sababli asosiy va qo’shimcha hatolar tushunchalari kiritiladi.
O’lchov asbobi uchun texnikaviy sharoitida yo’l quyilgan hatolik asosiy hatolik deyiladi. Tashqi sharoit o’zgarishining asboblarga bo’lgan ta‘siridan kelib chiqqan hato, qo’shimcha hatodir. O’lchov asboblarining sifati ularning hatolaridan tashqari asboblar variatsiyasi, sezgirligi va sezgirlik chegarasi bilan tavsiflanadi.
Bir kattalikni ko’p marta takroriy o’lchashlar natijasida asbob bir nuqtadagi ko’rsatishlari orasidagi eng katta farq o’lchov asboblarining variatsiyasi deb ataladi. Variatsiya o’lchanayotgan kattalikni ma‘lum bir miqdorgacha asta-sekin oshirib va kamaytirib aniqlanadi. Variatsiya asbobning mexanizmi, oraliqlari, gisterezis va boshqa qismlardagi ishqalanishi sababli kelib chiqadi. Variatsiya (ε) asbob shkalasi maksimal qiymatining foizi hisobida ifodalanib, asosiy yo’l quyilgan hato qiymatidan oshib ketmasligi lozim:


, (7)

bu erda ΔN-asbob ko’rsatishidagi eng katta farq; Nmax ва Nmin–asbob shkalasining yuqori va pastki qiymatlari.


Asbob ko’rsatishining aniqligiga uning sezgirligi ham katta ta‘sir qiladi. Asbob strelkasi chiziqli yoki burchak siljishining shu siljishni hosil qilgan kattalikning o’zgarishiga bo’lgan nisbati asbobning sezgirligi deb ataladi:


, (8)

bu erda S – asbobning sezgirligi; Δn – strelka siljishining o’zgarishi; ΔQ – o’lchanayotgan kattalikning o’zgarishi.


Sezgirligi yuqori bo’lgan asboblar asosan aniq o’lchashlar uchun ishlatiladi. O’lchanayotgan kattalik qiymatining asbob ko’rsatishiga ta‘sir qila oladigan eng kichik o’zgarishi sezgirlik chegarasi deyiladi.
Shkala va strelkaga ega bo’lgan asboblar uchun asbobning sezgirligiga teskari bo’lgan kattalik shkalaning bo’linmas qiymati deyiladi:


, (9)

bu erda С-shkalaning bo’linmas qiymati.


Ikkita yonma-yon belgi orasidagi farq shkala bo’linmasi deb ataladi. Shkala bo’linmasining qiymati strelkani bir bo’linmaga siljitgan kattalik qiymatining o’zgarishini tavsiflaydi.
Ba‘zan kattalikning haqiqiy qiymatini topish uchun asbob ko’rsatishi to’zatish koeffitsienti К ga ko’paytiriladi:



Download 151,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish