Mavzu: Mikrometr, uning ishlash prinsipi va turlari haqida umumiy ma`lumot
Reja:
O`lchash asboblari haqida
Mikrometr haqida umumiy ma`lumot
1.O`lchash asboblari haqida
Oʻlchash asboblari — oʻlchanadigan kattalikning qiymatini (yoki miqsorini) bevosita aniqlashga imkon beradigan vositalar. Analog , raqamli, koʻrsatuvchi va qayd qiluvchi, integrallovchi, jamlovchi va boshqalar turlarga boʻlinadi. Analog Oʻlchash asboblarida kattaliklarni oʻlchash shkala boʻyicha, raqaml i Oʻlchash asboblarida raqamli hisoblash qurilmasi boʻyicha amalga oshiriladi. Koʻrsatuvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini faqat koʻrib turib aniqlash uchun moʻljallangan. Qayd qiluvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini qogʻozga qayd qilib borish qurilmasi bilan taʼminlanadi. Bunday asboblar yozib boruvchi (qaydlar qogʻozga diagramma tarzida chizib boriladi) va bosuvchi (oʻlchash natijalari qogʻozga raqamlar tarzida bosib boriladi) turlarga boʻlinadi. Integrallovchi Oʻlchash asboblarida oʻlchanadigan kattalik vaqt yoki boshqa mustaqil oʻzgaruvchan miqdor boʻyicha integrallanadi (mas, elektr va gaz hisoblagichlari). Jamlovchi Oʻlchash asboblari turli kanallar boʻyicha keluvchi ikki yoki bir necha kattalik qiymatini jamlab koʻrsatadi (mas, bir necha elektr generatorining quvvatini jamlovchi vattmetr).
Oʻlchash asboblari korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida Oʻlchash asboblari koʻpincha rostlash, hisoblashechish va boshqarish qurilmalari bilan taʼminlanadi. Ular maxsus tuzilgan dasturlar boʻyicha ishlaydi.
Oʻlchash maʼlumotlarini uzatish, oʻzgartirish yoki avtomatik boshqarish tizimlarida foydalanish uchun qulay boʻlgan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun moʻljallangan oʻlchash vositasi oʻlchash qurilmasi deb ataladi. Bu qurilma Oʻlchash asboblarini, oʻlchash oʻzgartirgichlari (oʻlchanadigan kattalikni uzatish uchun qulay signalga oʻzgartiruvchi vosita) ni, kuchaytirgichlar va boshqalar moslamalarni oʻz ichiga oladi.
Chiziqlar va burchaklarni oʻlchash qurollari (chizgʻichlar, transportirlar va boshqalar) oʻlchash vositalari, vazn (ogʻirlik) oʻlchanadigan vositalar (mas, tarozi) oʻlchov vositalari deb ataladi.
Elektr taqsimlash qurilmalarida va yuqori kuchlanishli oʻzgaruvchan tok zanjirlarida tok kuchi, kuchlanish, quvvat va energiyani oʻlchash xavfsizligini taʼminlash uchun elektr oʻlchash transformatori qoʻllanadi. Uning birlamchi chulgamiga oʻlchanadigan kattalik (tok, kuchlanish va boshqalar) taʼsir qiladi, ikkinchi (pasaytiruvchi) chulgʻami esa Oʻlchash asboblariga va himoya relesiga ulanadi. Oʻlchash transformatori yordamida elektr Oʻlchash asboblari (voltmetr, ampermetr va vattmetr) bilan elektr kattaliklarning turli qiymatlarini oʻlchash mumkin. Keng maʼnoda — Oʻlchash asboblari turli kattaliklar (fizik, mexanik, elektr va magnit kattaliklar) ni oʻlchash bilan bogʻliq boʻlgan barcha oʻlchash apparatlari, qurilmalari va vositalarini oʻz ichiga oladi. Hozir impulsli va raqamli oʻlchash apparatlari keng qoʻllanilmoqda.
2.Mikrometr haqida umumiy ma`lumot
Mikrometr (mikro... va metr) — 1) Xalqaro birliklar tizimi SI da uzunlik birligi ulushi. Metrning milliondan bir boʻlagiga teng . Qisqacha mk, mkn bilan belgilanadi; 1mk=10^6 m=104 sm =10-3mm. M. 1967-yilgacha mikron deb atalgan; 2) oʻzgartiruvchi mexanizmi (vintgaykadan iborat mikrojuft) yordamida kichik oʻlchamlarni oʻlchashda ishlatiladigan asbob (rayemga q.). Ishi qoʻzgʻalmas gaykada vintni oʻq boʻylab siljitishga asoslangan. Vintning siljishi uning oʻq boʻylab burilish burchagiga toʻgʻri pro-porsional. Tula aylanishlar M. tanasidagi shkaladan, aylanish ulushlari esa barabandagi doiraviy shkaladan hisoblanadi. Odatda 0 dan 25 mm gacha, 26 dan 50 mm gacha va boshqa uzunliklarni oʻlchashda ishlatiladigan tipik oʻlchamli M.lar chiqariladi.
M. silliq, richagli, list materiallarni oʻlchaydigan, trubalarni oʻlchaydigan, rezba oʻlchaydigan,tish oʻlchaydigan, dastaki va stolga oʻrnatiladigan xillarga boʻlinadi. Stolga oʻrnatiladigan ixcham (20 mm gacha) detallarni oʻlchashda ishlatiladi; 3) astronomiya da astronomik truba yoki oʻlchash mikroskopining moslamasi. Kichik masofalarni oʻlchash uchun ishlatiladi. Odatda, oʻlchash uchun anik, mikrometrik vintdan foydalaniladi
Mikrometr yordamida eng kichik miqdorlardagi o`lchamlari ham yuqori aniqlikda qayd etish mumkin.
Mikrometr turli buyumlar, konstruktsion detallar va muhandislik o`lchovlari uchun qo`llaniladigan, o`ta katta aniqlikka ega uzunlik o`lchash asbobi. Uning asosiy qismlari: qo`zg`almas o`qqa o`rnatilgan vint o`lchanayotgan buyumni qisib olish va ushlab turish uchun; nonius bo`yicha shkalalar chizilgan dastak. Buymni imkon qadar qamrab olish uchun xrapli mexanizm ko`zda tutilgan. Ba`zan astronomlar ham o`z teleskoplarini shunday mikrometrlardan biriga nisbatan sozlab olishadi va undan yulduzlararo masofani o`lchashda foydalanishadi.
Nonius shkala yoki vernerni farang matematik va muhandisi Pyer Varne (1580 - 1637) tomonidan ixtiro qilingan. Nonius shkalasi asosiy shkala bo`ylab ikki yonga sirpaluvchan harakatlanadigan va uning juda kichik ulushli o`lchamlarini ko`rsatadigan harakatlanuvchi shkaladir.
Do'stlaringiz bilan baham: |