1. Faol metallarning ishqoriy(-yer) metallar suv bilan ta’sirlashuvi:
2Na + 2H2O = 2NaOH + H2 ; Ca + 2H2O = Ca(OH)2 + H2
2. Faol metallar oksidlarining suv bilan ta’sirlashuvi:
BaO + H2O = Ba(OH)2
3. Tuzlar suvli eritmalarining elektrolizi
2NaCl + 2H2O = 2NaOH + H2 + Cl2
Kimyoviy xossalari
Ishqiorlar | Erimaydigan asoslar |
1. Indikatorlarga munosabati.
|
lakmus – ko’k; metiloranj- sariq
fenolftalein – binafsharang
|
––
|
2. Kislotali oksidlar bilan ta’sirlashuvi.
|
2KOH + CO2 = K2CO3 + H2O
KOH + CO2 = KHCO3
|
––
|
3. Kislotalar bilan ta’sirlashuvi (neytrallanish reaksiyasi)
|
NaOH + HNO3 = NaNO3 + H2O
|
Cu(OH)2 + 2HCl = CuCl2 + 2H2O
|
4.Tuzlar bilan almashinish reaksiyasi
|
Ba(OH)2 + K2SO4 = 2KOH + BaSO4
3KOH+Fe(NO3)3 = Fe(OH)3 + 3KNO3
|
––
|
5. Termik parchalanish.
|
––
|
Cu(OH)= CuO + H2O
|
1 – masala. 42 g kaliy gidroksid fosfat kislota bilan neytallanish reaksiyasiga kirishganda qancha miqdor kaliy fosfat hosil bo’lishini aniqlang.
Yechish. Reaksiya tenglamasi: H3PO4 + 3 KOH = K3PO4 + 3 H2O
Reaksiya tenglamasiga binoan quyidagicha proporsiya tuzamiz:
168 g kaliy gidroksid ––––––– 212 g kaliy fosfat hosil qiladi,
42 g kaliy gidroksid esa ––––––– x g kaliy fosfat hosil qiladi, x = 42·212/168 = 53 g.
2 – masala. 20 g natriy gidroksid saqlagan eritmaga 70 g 30 % li nitrat kislota eritmasi qo’shildi. Olingan eritmada lakmus qanday rangga kiradi?
Yechish. Reaksiya tenglamasi: NaOH + HNO3 = NaNO3 + H2O
20 g NaOH 0,5 mol ni tashkil etib, 70 g 30 % li nitratm kislota eritmasidagi HNO3 massasi 21 g (70x0,3) yoki miqdori 0,33 molni (21/63) tashkil etadi. Demak eritmada ishqor (natriy gidroksid) miqdori ortiqcha (0,55>0,33) ekan. Olingan eritmada ishqor ortib qolsa muhit ham ishqoriy bo’lib lakmus rangi ko’k tusga kiradi
Kislotalar.
Kislotalar – vodorod atomlari va kislota qoldig’idan tashkil topgan murakkab moddalar. (Elektrolitik disotsiatsiya nazariyasiga asosan kislotalar – disotsalanganda kationlar sifatida faqat H+ ionlarini hosil qiladigan murakkab moddalardir).
Sinflanishi
1. Tarkibiga ko’ra: Kislorodsiz va kislorodli.
2. Metallga almashina oladigan vodorod atomlari soniga ko’ra: bir-, ikki -, ...asosli
Kislorodsiz:
|
|
Tuzining nomi
|
HCl – xlorid
|
Bir asosli
|
xlorid
|
HBr – bromide
|
Bir asosli
|
bromid
|
HI – yodid
|
Bir asosli
|
yodid
|
HF – ftorid (plavik)
|
Bir asosli
|
ftorid
|
H2S – sulfide
|
Ikki asosli
|
sulfid
|
Kislorodli:
|
|
|
HNO3 – nitrat
|
Bir asosli
|
nitrat
|
H2SO3 – sulfit
|
ikki asosli
|
sulfit
|
H2SO4 – sulfat
|
ikki asosli
|
sulfat
|
H2CO3 – karbonat
|
ikki asosli
|
karbonat
|
H2SiO3 – silikat
|
ikki asosli
|
silikat
|
H3PO4 – ortofosfat
|
uch asosli
|
ortofosfat
|
Olinishi
1. Kislotali oksidning suv bilan ta’sirlashuvi (kislorodli kislotalar uchun):
SO3 + H2O = H2SO4; P2O5 + 3H2O = 2H3PO4
2. Vodorodning matallmas bilan ta’sirlashuvi va olingan mahsulotning suvda eritilishi (kislorodsiz kislotalar uchun):
H2 + Cl2 = 2HCl; H2 + S = H2S
3. Tuzlarning kislotalar bilan almashinish reaksiyasi
Ba(NO3)2 + H2SO4 = BaSO4 + 2HNO3
Shuningdek, kuchsiz, uchunvchan va oz eriydigan kilostalardan kuchli kislotalar tuzlari tomonidan siqib chiqarishi:
Na2SiO3+2HCl=H2SiO3+2NaCl; 2NaCl+H2SO4(kons.)=Na2SO4+2HCl
Kimyoviy xossalari
1. Indikatorlarga munosabati.
Lakmus – qizil; metiloranj - pushti
2. Asoslar bilan ta’sirlashuv (neytrallanish reaksiyasi):
H2SO4 + 2KOH = K2SO4 + 2H2O; 2HNO3 + Ca(OH)2 = Ca(NO3)2 + 2H2O
3. Asosli oksidlar bilan ta’sirlashuv:
CuO + 2HNO3 = Cu(NO3)2 + H2O
4. Metallar bilan ta’sirlashuv:
Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2; 2Al + 6HCl = 2AlCl3 + 3H2
(kuchlanish qatorida vodorodgacha turgan metallar, kislotalar – oksidlovchi bo’lmaganlari)
5. Tuzlar bilan ta’sirlashganda (almashinish reaksiyasi), gaz yoki cho’kma hosil bo’ladi
H2SO4 + BaCl2=BaSO4 +2HCl; 2HCl + K2CO3 = 2KCl + H2O + CO2
1 – masala. 4,8 g magniyni mo’l miqdorda olingan xlorid kislota eritmasida eritilganda qanday hajmdagi (n:sh) vodorod ajralib chiqadi?
Yechish. Reaksiya tenglamsi: Mg + 2HCl → MgCl2 + H2
24 g ( 1 mol) magniy xlorid kislotada eritilganda ------------ 22,4 l vodorod ajraladi
4,8 g magniy eritilganda ----------- x l vodorod ajralib chiqadi.x=(4,8•22,4)/24=4,48 l H2
2 – masala. Ammiak olish kolonkasida sutkasiga 1500 t mahsulot olinadi. Bu miqdordagi ammiakdan nazariy jihatdan qancha 50 % li nitrat kislota olish mumkin?
Yechish. Ammiakdan nitrat kislota olish jarayonini ifodalasak:
Sxemadan ko’rinib turibdiki, bir molekula NH3 dan Shuncha miqdor HNO3 olinadi. Shuning uchun tenglamalarni ifodalab o’tirmasdan, olinadigan HNO3 sogf massasini (100% li) hisoblab topish mumkin:
17 g NH3 dan ------ 63 g HNO3 olinadi
1500 t NH3 dan ------ x t HNO3 olinadi x = 1500·63/17 = 5553 t HNO3 (100% li)
50 % li eritmasidan esa bundan 2 marta ko’p olish mumkin ya’ni 11106 t eritma.
Tuzlar.
Tuzlar – metall atomlari va kislota qoldiqlaridan tashkil topgan murakkab moddalar.
Sinflanishi
Tuzlar
|
|
O’rta
|
Nordon (kislotali)
|
Asosli
|
Qo’sh
|
Aralash
|
Kompleks
|
O’rta tuzlar. Dissotsilanganda kation sifatida faqat metall (yoki NH4+) ionlarini hoisl qiladi:
Na2SO4 = 2Na+ +SO42-
CaCl2 = Ca2+ + 2Cl-
Nordon(kislotali) tuzlar. Dissotsilanganda Kation sifatida faqat metall (yoki NH4+), vodorod ionlarini va kislota qoldi’gi anionlarini hosil qiladi.
NaHCO3 = Na+ + HCO3- = Na+ + H+ + CO32-
Bular ko’p asosli kislotalarda vodorod atomlarining barchasi metalga almashinmasligidan olinadigan mahsulotdir.
Asosli tuzlar. Dissotsilanganda metall Kationi, gidroksil anioni va kislota qoldig’ini hosil qiladi.
Zn(OH)Cl = [Zn(OH)]+ + Cl- = Zn2+ + OH- + Cl-
Tegishli asosdagi kislota qoldig’iga to’liq almashinmasligidan olinadigan mahsulot.
Qo’sh tuzlar. Dissotsilanganda ikki xil metall kationi va bir anion hosil qiladi.
KAl(SO4)2 = K+ + Al3+ + 2SO42-
Aralash tuzlar. Bir Kation va ikki xil aniondan tashkil topgan tuzlar:
CaOCl2 = Ca2+ + Cl- + OCl-
Kompleks tuzlar – murakkab Kationlar yoki anionlar saqlaydi.
[Ag(NH3)2]Br = [Ag(NH3)2]+ + Br -; Na[Ag(CN)2] = Na+ + [Ag(CN)2]-
O’rta tuzlar
Olinishi
1) Metallar va metallmaslar ta’sirlashuvi:
2Na + Cl2 = 2NaCl
2) Metallning kislota bilan ta’sirlashuvi:
Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2
3) Metallning boshqa kuchsiz metall tuzi bilan ta’sirlashuvi:
Fe + CuSO4 = FeSO4 + Cu
4) Asosli va kislotali oksidlar ta’sirlashuvi:
MgO + CO2 = MgCO3
5) Asosli oksidning kislota bilan ta’sirlashuvi:
CuO + H2SO4 = CuSO4 + H2O
6) Asos bilan kislotali oksid ta’sirlashuvi:
Ba(OH)2 + CO2 = BaCO3 + H2O
7) Asos bilan kislota ta’sirlashuvi:
Ca(OH)2 + 2HCl = CaCl2 + 2H2O
8) Tuzning kislota bilan ta’sirlashuvi:
MgCO3 + 2HCl = MgCl2 + H2O + CO2; BaCl2 + H2SO4 = BaSO4 + 2HCl
9) Asos va tuz eritmalari ta’sirlashuvi:
Ba(OH)2 + Na2SO4 = 2NaOH + BaSO4
10) Ikki xil tuz eritmalar ta’sirlashuvi:
3CaCl2 + 2Na3PO4 = Ca3(PO4)2 + 6NaCl
Kimyoviy xossalari
1. Termik parchalanish.
CaCO3 = CaO + CO2; 2Cu(NO3)2 = 2CuO + 4NO2 + O2; NH4Cl = NH3 + HCl
2. Gidroliz.
Al2S3 + 6H2O = 2Al(OH)3 + 3H2S; FeCl3 + H2O = Fe(OH)Cl2 + HCl
Na2S + H2O = NaHS +NaOH
3. Kislotalar, asoslar va boshqa tuzlar bilan almashinish reaksiyalari
AgNO3 + HCl = AgCl + HNO3 ; Fe(NO3)3 + 3NaOH = Fe(OH)3 + 3NaNO3
CaCl2 + Na2SiO3 = CaSiO3 + 2NaCl
Kation yoki anion xossasi bo’yicha oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari.
2KMnO4 + 16HCl = 2MnCl2 + 2KCl + 5Cl2 + 8H2O
Nordon(kislotali) tuzlar
Olinishi
1. Asoslarning mo’l kislota bilan ta’sirlashuvi.
KOH + H2SO4 = KHSO4 + H2O
2. Asos bilan ortiqcha kislotali oksid bilan ta’sirlashuvi
Ca(OH)2 + 2CO2 = Ca(HCO3)2
3. O’rt tuzning kislota bilan ta’sirlashuvi
Ca3(PO4)2 + 4H3PO4 = 3Ca(H2PO4)2
Kimyoviy xossalari.
1. Termik parchalanganda o’rta tuz hosil qiladi
Ca(HCO3)2 = CaCO3 + CO2 + H2O
2. Ishqor bilan ta’sirlashuv. O’rta tuz olinishi.
Ba(HCO3)2 + Ba(OH)2 = 2BaCO3 + 2H2O
Asosli tuzlar Olinishi:
1. Kuchsiz asos va kuchli kislota asosida olingan tuzlar gidrolizi
ZnCl2 + H2O = [Zn(OH)]Cl + HCl
2. Metallar o’rta tuzlari eritmalariga ko’p bo’lmagan miqdordagi ishqor (tomchilab) qo’shish
AlCl3 + 2NaOH = [Al(OH)2]Cl + 2NaCl
3. Kuchsiz kislotalarning o'rta tuzlar bilan ta'sirlashuvi
2MgCl2 + 2Na2CO3 + H2O = [Mg(OH)]2CO3 + CO2 + 4NaCl
Kimyoviy xossalari
1. Termik parchalanish
[Cu(OH)]2CO3(malaxit) = 2CuO + CO2 + H2O
2. Kislota bilan ta’sirlashuv: o’rta tuz hosil bo’lishi.
Sn(OH)Cl + HCl = SnCl2 + H2O
Kompleks tuzlar
Tuzilishi
K4[Fe(CN)6]
|
Fe – Kompleks hosil qiluvchi (markaziy atom)
|
K4 – Tashqi sfera
|
6 – Koordinatsion son
|
Fe(CN)6 – Ichki sfera
|
CN – Ligand
|
Odatda katta davrlar metallari (Co, Ni, Pt, Hg, Ag, Cu) markaziy atom sifatida xizmat qiladi; Tipiki ligandalar OH-, CN-, NH3, CO, H2O; ular markaziy atom bilan donor-akseptor bog’lanish orqali bog’langan. Bunga kimyoviy bog’lansih va moddalar tuzilishi bobida kengroq to’xtalamiz.
Olinishi
1. Tuzlarning ligandalar bilan ta’sirlashuvi:
AgCl + 2NH3 = [Ag(NH3)2]Cl; FeCl3 + 6KCN = K3[Fe(CN)6] + 3KCl
Kimyoviy xossalari
1. Oz eriydigan birikmalar hosil bo’lishi bilan komplekslarning buzilishi:
2[Cu(NH3)2]Cl + K2S = CuS + 2KCl + 4NH3
2. Tashqi va ichki sferadagi ligandalarning o’zaro almashinuvi.
K2[CoCl4] + 6H2O = [Co(H2O)6]Cl2 + 2KCl
1 – masala. 5 % qo’shimchalar saqlagan 210,5 g ohaktosh parchalanib kuydirilgan ohak olindi. Olingan kuydirilgan ohakning massasini aniqlang.
Berilgan: Yechish:
qo’shimcha = 0,05
|
|
mohaktosh = 210,5 g
|
CaCO3 = CaO + CO2
|
mCaO - ?
|
100 g 56 g
|
M(CaCO3)= 100 g/mol; MCaO = 56 g/mol ; m = M
Ohaktoshdagi sof modda (kalsiy karbonat) massasini aniqlaymiz:
msof modda = msof modda+ mohaktosh
m(CaCO3) = 210,5 g ∙ (1-0,05) = 200 g
Mahsulot massasini turli usullar bilan aniqlaymiz.
1 – usul: (modda miqdoridan foydalanib) (CaCO3) = 200 g / 100 g/mol = 2 mol, reaksiya tenglamasiga binoan: 1 mol kalsiy karbonatdan -- 1 mol CaO olinadi ==>
==> 2 mol CaCO3 dan - 2 mol CaO olinadi, unda mCaO = 2 mol ∙ 56 g/mol = 112 g.
2 – usul: (massalarni taqqoslash) 200 g > 100 g dan 2 marta katta. Demak 2marta ko’p 56∙2=112 g (112>56) CaO olinadi
3 – usul: (proporsiya)
100 g CaCO3 parchalanganda --- 56 g CaO olinadi
200 g CaCO3 parchalanganda --- x g CaO olinadi x = (200 g ∙ 56 g)/100 g = 112 g.
Javob: kuydirilgan ohakning massasi 112 g.
2 – masala. Malum tortimdagi pirit yondirilganda uning massasi 20% ga kamaydi. Olingan qattiq moddalar aralshmasining tarkibini (massa ulushlarda) aniqlang.
Yechish: Reaksiya tenglamasi: 4FeS2+11O2 = 2Fe2O3 + 8SO2.
Faraz qilamizki (x + y) mol temir disulfid olingan va uning y mol miqdori parchalangan. Unda quyidagi tenglama o’rinlidir:
x mol pirit massasi 120 x g, y/2 mol hosil bo’ladigan (tenglama bo’yicha) temir (III) oksid massasi 80y = 120x;.
Temir disulfid va temir (III) oksid massa ulushlari:
Birikmalar turli sinflari orasidagi o’zaro bog’liqlik
Metall
Metallmas
Tuz
Kislotali oksid
Asosli oksid
Asos
Kislota
Bog’liqlik reaksiya namunalari
1. Metall + metallmas = tuz
Hg + S = HgS; 2Al + 3I2 = 2AlI3
2. Asosli oksid + kislotali oksid = tuz
Li2O + CO2= Li2CO3; CaO + SiO2 = CaSiO3
3. Asos + kislota = tuz
Cu(OH)2 + 2HCl = CuCl2 + 2H2O
FeCl3
|
+
|
3HNO3
|
=
|
Fe(NO3)3
|
+
|
3HCl
|
tuz
|
|
kislota
|
|
Tuz
|
|
Kislota
|
4. Metall = asosli oksid
2Ca + O2 = 2CaO; 4Li + O2 = 2Li2O
5. Metallmas = kislotali oksid
S + O2 = SO2; 4As + 5O2 = 2As2O5
6. Asosli oksid = asos
BaO + H2O=Ba(OH)2
Li2O + H2O= 2LiOH
7. Kislotali oksid = kislota
P2O5 + 3H2O = 2H3PO4; SO3 + H2O = H2SO4
1 – masala. 3,7 g kalsiy gidroksid va 5,88 g ortofosfat kislota o’zaro ta’sirlashganda qancha miqdor kalsiy gidrofosfat hosil bo’ladi?
Yechish. Ca(OH)2 = 0,05 mol; (H3PO4) = 0,06 mol.
kalsiy gidrofosfat hosil bo’lishi quyida reaksiya tenglamasi bo’yicha boradi:
Ca(OH)2 + H3PO4 = CaHPO4 + 2 H2O
Ortiqcha kislota kalsiy digidrofosfat hosil bo’lsihiga Sarflanadi:
CaHPO4 + H3PO4 = Ca(H2PO4)2.
Birinchi reaksiya bo’yicha: Ca(OH)2 =(H3PO4 = Ca(HPO4) = 0,05 mol
Ikkinchi reaksiya bo’yicha: CaHPO4 = H3PO4 = 0,01 mol.
Shunday qilib, CaHPO4 = 0,04 mol yoki 5,44 garmm.
2 – masala. Alyuminiydan 10,2 g alyuminiy oksid olishda kerak bo’ladigan kislorodni hosil qilsih uchun talab etiladigan bertole tuzi massasini aniqlang.
Yechish. Reaksiya tenglamalari:
2KClO3 2KCl + 3O2↑ (1); 3O2 + 4Al →2Al2O3. (2)
MunoCabatlarga ko’ra stexiometrik sxema quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
2KClO3 → 2Al2O3. yoki KClO3 → A12O3;
(g)
Masala va mashqlar
Quyidagi moddalar orasidan oksidlarni aniqlang va nomini ayting. Ular qaysi guruh oksidlarga taa’luqligini aniqlang: CaO, FeCO3, NaNO3, SiO2, CO2, Ba(OH)2, P2O5, H2CO3, PbO, HNO3, FeO, SO3, MgCO3, MnO, CuO, Na2O, V2O5, TiO2.
6 g ko’mir yoqilganda qanday massa dagi uglerod (IV) oksid hosil bo’ladi?
49 g sulfat kislota bilan reaksiyaga kirisha oladigan mis(II) oksid miqdorini aniqlang.
4 mol oltingugurt (VI) oksid suv bilan ta’sirlashganda qanday massa dagi sulfat kislota olinishi mumkin?
8 g oltingugrtni yoqish uchun qanday hajmdagi (n:sh) kislorod Sarflanadi?
Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirish uchun yordam beradigan reagentlarni va sharoitni tanlang: Al → Al2O3 → Al(OH)3 +3 →Al2(SO4)3.
Quyidagi gidroksidlarning parchalanishidan qanday oksidlar olinadi: CuOH, Fe(OH)3, H2SiO3, Al(OH)3, H2SO3? Reaksiya tenglamalarini yozing.
Bariy oksid quyidagilarning qaysilari bilan reaksiyaga kirisha oladi: a) suv; b) nitrat kilsota; v) kalsiy oksid; g) mis (II) oksid, d)kalsiy gidroksid; e) fosfat kislota; j) oltingugurt (IV) oksid? Javobingizni reaksiya tenglamalari orqali izohlang.
Mis (II) sulfat, suv va natriydan foydalanib mis (II) oksid olishni usulini taklif eting.
Stronsiy va alyuminiy yuqori oksidlarini formulalarini yozing. Ular sulfat kilosta va natriy gidroksid bilan reaksiyaga kirisha oladimi? Reaksiyadagi shu element hosilalarini yozing.
Rubidiy, bariy va lantan gidroksidlari formulalarini yozing.
Selenning yuqori oksidi formulasi SeO3 ni bilgan holda, uning kalsiy gidroksidi va natriy oksidi bilan reaksiya tenglamalarini yozing. Bunda qanday selenli mahsulotlar olinadi?
Mishyak, brom, uglerod va selenning uchuvchan vodorodli birikmalarini formulalarini yozing.
Quyida keltirilgan elementlardan qaysilari vodorod bilan uchuvchan birikmalar hosil qiladi? a) niobiy; b) vismut; v) yod; g) bariy; d) talliy; e) germaniy; j) kislorod; z) texnitsiy; i) scandiy; k) kremniy; l) surma. Ularning formulalarini yozing.
Elementlarning davriy sistemadagi joylashgan o’rniga asoslanib, quyidagi birikmalarning formulalarini yozing: a) qalay xlorid; b) kaliy bromid; v) kadmiy yodid; g) litiy nitrid; d)stronsiy ftorid; e) kadmiy sulfid; j) alyuminiy bromid.
Cesiy, kalsiy va kaliy gidroksidlarining formulalarini yozing.
Surma, mishyak, kremniy, bor, qalayning yuqori kislotalarini formulalarini yozing.
Marganes, xrom, vanadiy, tellur elementlari yuqori kislotalarini formulalrini yozing.
Galliy, rux, lantan va germaniylarning asos va kislota ko’rinishidagi amfoter gidroksidlari formulalarini yozing.
Quyidagi ta’sirlashuvlarda suvdan tashqari hosil bo’ladigan asosiy mahsulotlarini ko’rsating a) seziy gidroksid + xlorid kislota; b) talliy gidroksid + fosfat kislota; v) stronsiy gidroksid + nitrat kilosta; g) rubidiy gidroksid + sulfat kislota; d) bariy gidroksid + selenat kislota.
Zavodga tarkibida 464 g magnitli temirtosh (Fe3O4) bo’lgan ruda keltirildi. Shu rudada necha tonna temir bor.
Ruda namunasi analiz qilinganda uning tarkibida 2,8 g temir borligi aniqlandi. Bu temir (III) oksidning qancha massasiga muvofiq keladi?
Formulalari FeO, Fe2O3, Fe3O4 bo’lgan oksidlarda temirning miqdori massasiga ko’ra (foizlarda) qancha?
Rux oksid ruh metalini maxsus pechlarda havo ishtirokida yondirish yo’li bilan olinadi. Soddalashtirish maqsadida rux gardini toza ruxdan iborat deb hisoblab, 40,7 g rux oksid olish uchun necha kilogram rux gardi kerak bo’lishini hisoblab toping.
Mis (II) oksid qizdirilganda kisloordning yarmini yo’qotadi va yangi mis (I) oksid hosil bo’ladi. Agar 32 g kislorod ajralib chiqqan bo’lsa, necha gram mis (II) oksid qizdirilgan?
Metan gazi (CH4) to’liq yondirilganda 72 g suv bug’i hosil bo’ldi. Reaksiya tenglamasini yozing va necha gram metan yonganligini hisoblab toping.
Magniy karbonat qizdirilganda ikkita oksidga ajraladi. 210 kg magniy karbonat qizdirilganda har qaysi oksiddan necha kilogram hosil bo’lishini hisoblab toping.
texnikada bariy oksidni bariy nitratning qizdirilish yo’li bilan olinadi. Bunda azot (IV) oksid, va kislorod ham hosil bo’ladi. 5,2 kg bariy nitratdan necha kilogram bariy oksid olish mumkinligini hisoblab toping.
18,47 kg qo’rg’oshin oksid vodorod oqimida qizdirildi. Qizdirish to’xtatilgandan keyin qolgan oksid bilan hosil bo’lgan qo’rg’oshinning massasi 18,07 g ni tashkil etdi. Bu tajribada qancha vodorod oksid hosil bo’lgan?
Marganes oksidi MnO2 qizdirilganda Mn3O4 tarkibli oksid va kislorod hosil bo’ladi. 8 g kislorod olish uchun necha gram marganes (IV) oksidni qizdirish lozim?
Do'stlaringiz bilan baham: |