Oksford o’quv markazi savollar kitobi



Download 205,06 Kb.
bet7/7
Sana24.04.2022
Hajmi205,06 Kb.
#578691
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bialogiya ona tili

Ona tili

76. Odobli va adolat… inson qo‘lidagi qalam baxt-saodat uchun xizmat qilib yurgan odamlarni zavq...tiradi, bir-biriga yaqin... tirib, do‘stlikni mustahkamlaydi. Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga qo‘yiladigan qo‘shimchalardan hech biri qatnashmagan gapni aniqlang.



  1. Shundan so‘ng To‘maris qo‘shin to‘plab, jangga otlandi.

  2. Sergaplik dushmaningdir, chunki u sening ayblaringni ochib tashlaydi.

  3. Kimyogar ba’zi ilmlar haqida suhbatlashgandan keyin uning zehniga, ma’lumotining kengligiga taajjublanganini bildirmadi.

  4. Ishonchli do‘st suhbati olis yo‘lni yaqin qiladi.

77. Quyidagi chizmaga mos keluvchi ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.


  1. Nasiba ertalab barvaqt kelish sharti bilan dugonasiga ketishga ijozat berdi.

  2. U seskanib tushdi, chunki chol ro‘parasiga kelib qolgan edi.

  3. Hammasini tinglardim, ammo o‘xshashini topmasdim aslo.

  4. Agar sizlar bir tan, bir jon bo‘lsangiz, sizga adovat qilganlarni yengasiz

78. Qaysi gapda asosi fe’l turkumiga oid so‘z bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda yasama ot ishtirok etgan?

  1. Bu topshiriqni qanday bajargani esidan chiqmaydi.

  2. Faqat bir tilim handalak yedi-yu, issiqissiq choy ichdi.

  3. Qondoshlarim, qo‘lni qo‘lga berib mehnat qilmog‘imiz kerak.

  4. U ba’zan oylab qorasini ko‘rsatmas edi.

79. Qaysi gapda olmoshning ma’nosiga ko‘ra 3 turi qatnashmagan?

  1. Sen shuni hech qachon yodingdan chiqarmaki, yillar o‘tgan sari er-xotin oltin va gavharga aylanib boradi.

  2. Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini yuksaltirishda har bir oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir.

  3. Quruq gapning o‘zi hech qachon lo‘nda dalil bo‘la olmasligini kim ham bilmasdi?! D) Hamma gapdan, hatto mening hayotimdan ham, xabardor bo‘lgan yigit kim?

80. Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi shartli belgilarga to‘liq mos keladigan so‘roq gapni aniqlang.

  1. Kechagina ikkimizning taqdirimiz uchun javobgarman, degandi-ku!?

  2. Qachon bizning a’lochi o‘quvchilar chiqishadi?

  3. Qayerda rang-barang nafis gullar qiyg‘os ochilgan?

  4. Ertadan maktabning kichik sportzali ta’mirlanadi.

81. Qaysi gapda ergashtiruvchi bog‘lovchining ikki xil mazmuniy munosabatiga mansub turi ishtirok etgan?
A) Mustaqillik! Seni hayotim bilan ham, san’atim, she’rim bilan ham asrayman.
B) Ipak kiyim-kechaklar dazmollanmasligi ma’qul, agar zarur bo‘lsa, teskari tomonidan yoki ustiga zig‘ir tolasidan to‘qilgan mato qo‘yib, qattiq qizimagan dazmol bilan dazmollanadi
C) Agar vaqti kelsa, tog‘lar ham yemiriladi, lekin yoshlikda inson qalbiga ekilgan ezgulik urug‘lari toabad zavol topmaydi, chunki ular inson umrining unutilmas davrida erishgan bebaho ne’matlaridir.
D) Nobel neft va portlovchi moddalar ishlab chiqarishdan orttirgan boyligini nafaqat fizik hamda ximiklarga, balki vrachlar, adabiyotshunoslar va tinchlikparvarlarga ham berilishini vasiyat qilib ketdi.
82. Qaysi gapda sifatdan yasalgan fe’l bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi vositali to‘ldiruvchiga tobelangan?

  1. Og‘ir jarohat tufayli qiynalayotgan yigitga doktor tezda yordam ko‘rsatdi.

  2. U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap, lekin qaysargina bir bola edi.

  3. Har birimiz o‘z ustimizda doimo ishlab, butun jamiyatimiz uchun foydali ishlar qilishimiz darkor.

  4. Quruq gapning o‘zi hech qachon lo‘nda dalil bo‘la olmaydi.

83. U o‘ziga hayratomuz tikila boshlagan Oqbo‘yinga boshini и yon-bu yon burib qarab qo‘yadi.
Berilgan gapda qatnashgan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalariga oid noto‘g‘ri hukm berilgan qatorni tanlang.

  1. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari har xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan.

  2. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalaridan biri jo‘nalish kelishigidagi so‘zga tobelangan.

  3. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalaridan biri xabar maylida.

  4. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalaridagi ko‘makchi fe’llar yasama so‘zlar hisoblanadi.

84. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilmagan ot turkumidagi so‘zlar qatorini aniqlang. A) ajaptovur, armug‘on, tajovuz

  1. daromad, strategiya, sa’y-harakat

  2. pinxona, mudofa, taqiqlamoq

  3. taajub, korhona, mano

85. Qaysi javobda fe’l nisbatlarining barcha turida qo‘llana oladigan o‘timli fe’llar berilgan?

  1. kiymoq, yuvmoq, qoqmoq

  2. ichmoq, sovimoq, toshmoq

  3. baqraymoq, shilmoq, kulmoq

  4. gapirmoq, ishlamoq, tutmoq

86.Ha dedi Nafisa qat’iy qilib aytmoqchi emas edim endi aytadigan bo‘ldim Mazkur ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib bilan to‘g‘ri berilgan?
A)« , – », – .
B)« – , », – .
C)«, –, –, » .
D)« – , », – .
87.Mening opam ham mohir tikuvchi, ular bejirim ko‘ylaklar tikib charchamaydilar.
Ushbu gapda atash ma’nosiga ega bo‘lmagan so‘zlarga oid to‘g‘ri hukmni belgilang.

  1. Ushbu gapda atash ma’nosiga ega bo‘lmagan so‘zlar soni ikkita.

  2. Ushbu gapda atash ma’nosiga ega bo‘lmagan so‘zga tobelalangan so‘zning ega bo‘lib kelishi kuzatiladi.

  3. Ushbu gapda atash ma’nosiga ega bo‘lmagan so‘zlarning barchasi bir turkumga mansub.

  4. Ushbu gapda atash ma’nosiga ega bo‘lmagan so‘zlardan birining paronimi ot turkumiga mansub.

88. Jumla tarkibidagi so‘zlar o‘zaro bog‘lanishi uchun ular orasida mantiq jihatdan moslik bo‘lishi kerak. Yuqoridagi qoidaga zid bo‘lgan – mantiqiy nomoslik kuzatiladigan gapni aniqlang.
A) Tongda oy bo‘zardi.

  1. Qarg‘a sayradi.

  2. Imkoniyat hayotda bir marta berilmaydi, hayotning o‘zi bir bor beriladi

  3. Shomda oy bo‘zardi.

89. Qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida tovush almashishi faqat asos qismidagina kuzatilgan gap(lar)ni aniqlang.

  1. Shuni aytadilar-da, to‘qlikka sho‘xlik

deb…Ko‘p ishlagan ko‘p yashaydi.

  1. Musiqa o‘tirganlarning mudroq kayfiyatini tarqatib yubordi.

4.Mahbuslar og‘ir qiynoqdan abgor bo‘lishdi.
A) 1, 3, 4

  1. 2, 4

  2. 2, 3

  3. 1

90. Qaysi so‘zlar juftligi tub va yasama so‘zlarga mansub bo‘la oladi?

  1. karam (poliz ekini) – karam (muruvvat, himmat)

  2. bog‘lar (bog‘ning ko‘pligi) – bog‘lar

(harakat bildiruvchi so‘z)

  1. olma(meva) – olma (harakat bildiruvchi so‘z)

  2. chopmoq (yugurmoq) – chopmoq

(bo‘laklamoq)
91. Ushbu matn bilan bog‘liq quyidagi fikrlardan qaysi biri noto‘g‘ri emas.
Taniqli shved ixtirochisi va tadbirkori Alfred Bernxard Nobel 1895- yilda o‘z molmulkini o‘limidan so‘ng fizika, kimyo, meditsina (fiziologiya), adabiyot sohasida yuksak muvaffaqiyatga erishgan olimlar va tinchlikni mustahkamlashdagi buyuk xizmatlari uchun atoqli arboblarga mukofot tariqasida berishni vasiyat qilgan edi. Bu mukofotlar 1901-yildan boshlab berib kelinmoqda. 1968-yil Shvetsiya Markaziy banki „Riksbank“ning 300 yilligi munosabati bilan va Nobel xotirasiga chuqur ehtirom sifatida iqtisodiyot bo‘yicha ham mukofot ta’sis etildi. Hozirgi davrda mavjud oltita nominatsiyadan beshtasi Shvetsiya Qirollik akademiyasi, tinchlik bo‘yicha mukofot esa Norvegiya (Oslo) qo‘mitasi tomonidan berib kelinmoqda. An’anaga ko‘ra, qaror Alfred Nobel tavallud topgan oktabr oyida e’lon qilinadi va u vafot etgan 10- dekabr sanasida tantanali ravishda topshiriladi.
Har bir mukofot Nobel fondidagi pul miqdoriga qarab o‘zgarib turadi. 2019- yilgacha 887 kishi (ular orasida 49 nafar ayol) va 24 ta tashkilot Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.

  1. Mukofot puli bir xil miqdorda bo‘lib, turg‘undir.

  2. Nafaqat insonlar, balki tashkilotlar ham Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

  3. G‘oliblarga mukofot Nobelning tavallud sanasida topshiriladi.

D) Nobel mukofoti 1895-yildan boshlab berib kelinmoqda.
92. Matndagi ajratilgan so‘zlarning izohi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang
Taniqli shved ixtirochisi va tadbirkori Alfred Bernxard Nobel 1895- yilda o‘z molmulkini o‘limidan so‘ng fizika, kimyo, meditsina (fiziologiya), adabiyot sohasida yuksak muvaffaqiyatga erishgan olimlar va tinchlikni mustahkamlashdagi buyuk xizmatlari uchun atoqli arboblarga mukofot tariqasida berishni vasiyat qilgan edi. Bu mukofotlar 1901-yildan boshlab berib kelinmoqda. 1968-yil Shvetsiya Markaziy banki „Riksbank“ning 300 yilligi munosabati bilan va Nobel xotirasiga chuqur ehtirom sifatida iqtisodiyot bo‘yicha ham mukofot ta’sis etildi. Hozirgi davrda mavjud oltita nominatsiyadan beshtasi Shvetsiya Qirollik akademiyasi, tinchlik bo‘yicha mukofot esa Norvegiya (Oslo) qo‘mitasi tomonidan berib kelinmoqda. An’anaga ko‘ra, qaror Alfred Nobel tavallud topgan oktabr oyida e’lon qilinadi va u vafot etgan 10- dekabr sanasida tantanali ravishda topshiriladi.
Har bir mukofot Nobel fondidagi pul miqdoriga qarab o‘zgarib turadi. 2019- yilgacha 887 kishi (ular orasida 49 nafar ayol) va 24 ta tashkilot Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
A) nominatsiya – jamg‘arma; akademiya – ilm-fan yoki san’atni rivojlantirishga hissa qo‘shgan malakali olimlariga ega bo‘lgan oliy ilmiy muassasa; fond – ijodkorlik, ishfaoliyat sohasi bo‘yicha musobaqatanlovlarga nomzodlar ko‘rsatish va g‘olibni aniqlash jarayoni;
B) nominatsiya – ilmfan yoki san’atni rivojlantirishga hissa qo‘shgan malakali olimlariga ega bo‘lgan oliy ilmiy muassasa; akademiya – ijodkorlik, ish-faoliyat sohasi bo‘yicha musobaqa-tanlovlarga nomzodlar ko‘rsatish va g‘olibni aniqlash jarayoni; fond – jamg‘arma;
C) nominatsiya – ijodkorlik, ish-faoliyat sohasi bo‘yicha musobaqa-tanlovlarga nomzodlar ko‘rsatish va g‘olibni aniqlash jarayoni; akademiya – ilmfan yoki san’atni rivojlantirishga hissa qo‘shgan malakali olimlariga ega bo‘lgan oliy ilmiy muassasa; fond – jamg‘arma;
D) nominatsiya – ijodkorlik, ish-faoliyat sohasi bo‘yicha musobaqa-tanlovlarga nomzodlar ko‘rsatish va g‘olibni aniqlash jarayoni; akademiya – jamg‘arma; fond – ilm fan yoki san’atni rivojlantirishga hissa qo‘shgan malakali olimlariga ega bo‘lgan oliy ilmiy muassasa;
93. Qaysi adibning ssenariylari asosida
“Tilsimoy – g‘aroyib qizaloq”, “Dahshatli
Meshpolvon” filmlari suratga olingan?

  1. Turob To‘la

  2. Anvar Obidjon

  3. Sharof Boshbekov

  4. Erkin A’zam

94. “Buni
Na his etdi,
Na ko‘rdi,
Na quvondi…
Bu dunyoda
Yetmish besh yil Yashadi.
Ammo
O‘ttiz ikki yoshda Bu dunyoni
Tashladi”.
Ushbu parchada qaysi adabiy qahramon haqida gap ketyapti?

  1. Mambet botir (“Mambet botirning qatl oldidan aytganlari”)

  2. Amir Temur (“Sohibqiron”)

  3. Nazrul Islom (“Ruhlar isyoni”)

  4. Orol bobo (“Tanho qayiq”)

95. Mashrabning “Na g‘urbatlarni chektim charxi bebunyod dastingdin...” deb boshlanuvchi she’ri bilan bir xil janrda yozilgan asarni belgilang.

  1. “Ajab ermas”

  2. “Firoqnoma”

  3. “Sayding qo‘yaber sayyod…”

  4. “O‘zbegim”

96. Qaysi qatordagi ma’lumot Chexov haqida?

  1. Uning “Chayka”, “Vanya amaki”, “Uch opa-singil”, “Olchazor” kabi qator pyesalari teatr sahnalarida qo‘yilgan.

  2. “Xazonrezgi”, “Tamg‘a”, “Yashil tun” nomli romanlar muallifidir.

  3. U yoshlikdagi mashaqqatli yillari to‘g‘risida avtobiografik xarakterga ega bo‘lgan “Kichkintoy” nomli roman yozgan.

  4. Uning “Qor qizi”, “Hayot uchquni”,

“Insonga ishonch” kabi asarlarida sarguzasht motivi yetakchilik qiladi.
97. Beglar atin arg‘urub, Qazg‘u ani turg‘urub,
Mengzi yuzi sarg‘arib,
Kurkum angar turtulur. Alp Er To‘nga haqidagi marsiyadan olingan ushbu parchaning tadbili (mazmuni) qaysi javobda berilgan?
A) Bilimdonlar ahvoli yomonlashdi, Zamon ularni yanchib tashladi. Odobning eti qot (buzil)di, (Zaiflikdan) yerga tegib sudralmoqda.
B) Odatdan zo‘r narsa yo‘q, Boshqa bahona ham ko‘p. Otsa zamon poylab o‘q, Tog‘lar boshi yanchilur.

  1. Musibat ko‘nglimni o‘rtadi, Bitgan yaramni yaraladi.

O‘tgan kunlarni qo‘msatdi, Kecha-kunduz izlatdi.

  1. Beklar otlarni charchatishdi, G‘am beklarni ozdirdi.

Yuzlari za’faron surgandek Sarg‘ayib ketdi.
98. “Sunniy –shia dushmanligi shu darajada yetgan ediki, qizilboshlilar bunga ham qanaoat qilmay, Shayboniyxonning bosh suyagiga oltin qoplatib, undan may ichadigan kosa yasaydilar”. Ikki diniy mazhab o‘rtasidagi janjallar aks etgan ushbu parcha qaysi asarda keltirilgan?

  1. “Navoiy”

  2. “Ulug‘bek xazinasi “

  3. “Sohibqiron”

  4. “Yulduzli tunlar”

99. “Botir tikuvchi” ertagi boshqa ertaklar bilan aynan nimasi bilan farqlananishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) Asar bosh qahramoni turli qahramonliklar ko‘rsatib, qirolning qiziga uylanishi, to‘yi esa “qirq kecha-yu kunduz” davom etishi bilan boshqa ertaklardan ajralib turadi. B) Ertak butunlay boshqacha yakunlanadi : Ertak oxirida bosh qahramon – Gans dushmanlar, xususan, yovuz qirol bilan mardlarcha olishib jangda halok bo‘ladi. Ertak butunlay boshqacha yakunlanadi, ya’ni boshqa ertaklar singari bosh qahramon o‘zi ko‘rsatgan qahramonliklar evaziga juda katta boyliklarga, rohat-farog‘atga, yoki toju taxtga ega bo‘lmaydi: “Tikuvchi bo`lsa oshini oshab, yoshini yashab, kamzul, ishton va nimchalarni tikaveribdi… ” D) Voqealar rivoji, ertak yakuni ham boshqa ertaklardan hech qanday farqlanmaydi.
100. “Bu gaplarni eshitib, kampir yer yorilmadi-yu, kirib ketmadi…Birovga so‘zini bermaydigan errayim kampirning shoxi sindi, ostona hatlamay uyda muqim o‘tirib qoldi“.
“Qorako‘z majnun” hikoyasida qaysi voqeadan so‘ng Saodat aya ushbu holatga tushib qolgan edi?

  1. Bo‘rixonning xabarini nevarasi Anvardan eshitgandan so‘ng.

  2. O‘g‘li uyga qaytib kelganidan so‘ng.

  3. Bo‘rixonning boshqa dinga e’tiqodini ko‘rganidan so‘ng.

  4. Qorako‘z o‘lib qolganidan so‘ng.

101. Bu gulshan vodiyda men ham bir shamol, Shamol kabi keldim, shunday keturman. Abdulla Oripovning ushbu misralariga oid to‘g‘ri mulohaza berilgan javobni belgilang.
A) Ushbu misralarda shamolning inson hayotidagi ahamiyati muhim ekanligi aytilgan.
B) Ushbu misralarda shoir o‘zini vodiyga o‘xshatib, umrni esa shamolga qiyoslagan.
C) Ushbu misralarda har qanday vodiyda shamolning bo‘lishi ta’kidlagan.
D) Ushbu misralarda insonning hayotga shamolday tez kelib, tez ketishi bayon qilingan.

Xalq dostoni

Qahramon

Ta’rif

1.

Ximcha

2.

“Kuntug‘mish”

3.

Xolbekaning kanizi

4.

Suqsuroy

5.

102. Quyidagi jadvalni mos keluvchi ma’lumotlar bilan to‘ldiring.



  1. Xuroyimning kanizi

  2. “Alpomish” dostoni

  3. Bahragul

  4. “Rustmxon” dostoni

  5. Barchinning kanizi A) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a, 5-e

  1. 1-d, 2-e, 3-c, 4-b, 5-a

  2. 1-d, 2-a, 3-c, 4-b, 5-e

  3. 1-b, 2-d, 3-c, 4-b, 5-a

103. Quyidagilardan qaysi biri “Kecha va
Kunduz” romanidagi Razzoq so‘fi haqida emas.

  1. Kulmasdan chidab bo‘lmaydigan maqomlarda u ham kuladi, lekin u kulish – kasal odamning kulishiday og‘ir, bir xil sovuq hazillarday malol keltiruvchi, yolg‘on xushomadlarday ko‘ngilga uruvchi bo‘lardi.

  2. Uning ma’lum bir kasbi, hunari yo‘q. Na savdo-sotiq qiladi, na dehqonchilikka urinadi, na kosib-hunarmandlik peshasini tutadi.

  3. U shu qadar kamgap, indamas, damini ichiga solgan, ziqna odam edi. Tashqari olamda, ya’ni o‘z hovlisidan tashqarida uning doimiy va birdan bir vazifasi: o‘zidan ulug‘ va kuchlilar gapirsa – “hovva-hovva”, demak, o‘zidan past va kuchsizlar gapirsa –

“yo‘q, yo‘q”, degan ma’nida bosh chayqash bo‘lardi...

  1. Ancha daromad kelayotgan bo‘lsa ham ziqnaligidan eski tabiatini bir zarra o‘zgartmaydigan, hamon eski tos, eski hammom: har kun suyuq osh, xudo yorlaqag‘an kun ozodliqning palovi bilan kun kechirishga oila a’zolarini ham qistaydigan obraz.

104. Alisher Navoiy qalamiga mansub ushbu she’r mazmuni haqidagi to‘g‘ri fikrni belgilang.
Alisher Navoiy qalamiga mansub ushbu she’riy parchani o‘qing va quyidagi savollarga javob bering. Agar oqil esang, uzgil jahon ahlidin ulfatkim,
Alardin juz jafo kelmas, agar yuz yil vafo qilsang.
Biriga yuz Xito mulki xirojin aylasang isor, Xatosiz qasdi joning qilg‘usidur, gar xato qilsang.

  1. Ushbu she’riy parchada Xitoy mamlakatining xiroj solig‘ini bermasligi aytilgan.

  2. Ushbu she’riy parchaning mazmunida jahon ahlining, ya’ni insonlarning vafodorligi aytilgan…

  3. Ushbu she’riy parchada shoirning asl muddaosi shuki, oqillar nooqillardan o‘zini chetga olmog‘i, ta’ma va hirs domida yashaydiganlardan o‘zini asramog‘i lozim.

Ushbu she’riy parchada kishining boshiga jafokorligi tufayli kulfat tushadi degan mazmun ifodalangan
105. Alisher Navoiy qalamiga mansub ushbu she’r mazmuni haqidagi to‘g‘ri hukm berilmagan javobni aniqlang. Alisher Navoiy qalamiga mansub ushbu she’riy parchani o‘qing va quyidagi savollarga javob bering. Agar oqil esang, uzgil jahon ahlidin ulfatkim, Alardin juz jafo kelmas, agar yuz yil vafo qilsang. Biriga yuz Xito mulki xirojin aylasang isor, Xatosiz qasdi joning qilg‘usidur, gar xato qilsang.
A) Ushbu she’riy parcha b-a d-a tarzida qofiyalangan.
B)Ushbu she’riy parchaning har bir misrasida radif qo‘llangan.
C)Ushbu she’riy parchada tazod she’riy san’ati qo‘llangan.
D)Ushbu she’riy parcha qit’a janrida yozilgan.


OKSFORD

Download 205,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish