Okoz: 14. 00. 00. 00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14. 03. 00. 00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14. 03. 01. 00 Turizm] [tsz



Download 339,25 Kb.
bet1/3
Sana03.12.2019
Hajmi339,25 Kb.
#28158
  1   2   3
Bog'liq
PQ-3609 16.03.2018



[OKOZ:

1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

2018-2019-yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi xalqaro imidjini shakllantirishda ayrim hududlar, xususan, Samarqand viloyati va Samarqand shahrining turizm salohiyati beqiyos o‘rin egallaydi. Samarqand viloyatida jami 69 ta turizm operatorlari xamda 107 ta joylashtirish vositalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.



2001-yilda Samarqandning o‘rta asrlar me’morchiligining noyob arxitektura shakllariga ega bo‘lgan yodgorliklari, madaniy meros obyektlari, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan ilmiy, tarixiy va san’at asarlari haqli ravishda YUNESKOning Butunjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Bugungi kunda Samarqand viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish, undan foydalanish samaradorligini oshirish, turistlarni noyob madaniy meros obyektlari bilan keng tanishtirish uchun kulay shart-sharoitlar yaratish, hududda zamonaviy turizm infratuzilmasining izchil rivojlanishini ta’minlash hamda “Samarkand city” turizm zonasini barpo etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, Samarqand viloyatiga 2016-yilda 76,2 mingta xorijiy fuqaro tashrif buyurgan bo‘lsa, 2017-yilda bu ko‘rsatkich 179,6 mingtaga yetdi va respublika bo‘yicha atigi 7,0 foizni tashkil etdi.

Samarqand viloyati va Samarqand shahrining mavjud turizm imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti, jumladan, hududdagi mavjud joylashtirish vositalarining sig‘imi, ularda ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi va sifati, turizm obyektlariga olib boruvchi yo‘llar holati, ko‘ngilochar obyektlarning soni va ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ekskursovod va gidlarning kasb mahoratlari talab darajasida emas.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bu boradagi farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash doirasida mazkur masalalarni kompleks yondashuv asosida hal etish xamda istiqbolda tashrif buyuradigan xorijiy turistlar uchun yanada qulay shart-sharoitlarga ega turizm infratuzilmasini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha chora-tadbirlarga ehtiyoj sezilmoqda.

Shu munosabat bilan Samarqand viloyatiga xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirish, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar xilma-xilligini oshirish va sifatini ta’minlash, yangi turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 30-iyundagi 450-son qarori qabul qilingani va uning doirasida amaliy ishlar olib borilayotgani inobatga olinsin.

2. Quyidagilar:

2018-2019-yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish, xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirish, yangi infratuzilma obyektlarini barpo etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;

2018-2019-yillarda Samarqand viloyatiga xorijiy mamlakatlardan jalb qilinadigan turistlar sonini 2017-yilga nisbatan 2018-yilda 1,9 karra xamda 2019-yilda 2,8 karra miqdorida oshirish bo‘yicha prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq;

2018-2019-yillarda Samarqand viloyatiga ichki turizmni rivojlantirish maqsadida respublika hududlaridan jalb qilinadigan mahalliy turistlar soni 2017-yilga nisbatan 2018-yilda 1,7 karra xamda 2019-yilda 2,3 karra miqdorida oshirish bo‘yicha prognoz parametrlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilansinki, 1-ilovadagi dasturga kiritilgan tegishli chora-tadbirlar mahalliy budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar va ijrochilar mablag‘lari doirasida moliyalashtiriladi.

4. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov) va Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev):

Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini nazorat qilsin va muvofiqlashtirsin;

O‘zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi (Kamilov), Halq ta’limi vazirligi (Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (Yusupov), O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi (Narbayeva), O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (Rafikov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Kuranboyev), “Mahalla” xayriya jamoat fondi (Javlonov), “Nuroniy” jamg‘armasi (Jalilov) hamda boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda ushbu qarorning 2-3-ilovalaridagi prognoz parametrlarda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30 shondagi 450-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2019-yillarda Samarqand viloyati va Samarqand shahrining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi amalga oshirilishining nazoratini ta’minlash bo‘yicha Ishchi guruh (Xolmuradov) xar chorak yakuni bo‘yicha ushbu qarorda hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-iyundagi 450-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalar va chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan mas’ul davlat organlari rahbarlarining hisobotini joyiga chiqqan xolda eshitsin xamda yuklatilgan vazifalar ijrosining buzilishi holatlari va sabablarini aniqlab, ularni bartaraf egish choralarini ko‘rsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov va Samarqand viloyati xokimi T.I. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 16-mart,

PQ-3609-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi PQ-3609-son qaroriga


1-ILOVA

2018-2019-yillarda Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish, xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirish, yangi infratuzilma obyektlarini barpo etishga doir qo‘shimcha

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. “Samarkand city” turizm zonasini barpo etish ishlarini muvofiqlashtirish

1.

“Samarkand city” turizm zonasining batafsil rejalashtirish loyihasini shakllantirish, turizm infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish rejalari va loyihaning texnik iqtisodiy asosini (loyiha-smeta hujjatlarini) ishlab chiqish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta’minlash.

2018-yil may

TIF “Milliy banki” (Mirsoatov),

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (Zokirov)



2.

“Samarkand city” turizm zonasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istagini bildirgan xorijiy investorlar bilan belgilangan tartibda kelishuv ishlarini yakunlash.

2018-yil iyun

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (Bekenov), TIF “Milliy banki” (Mirsoatov), Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev)

3.

“Samarkand city” turizm zonasida Xitoy, Indoneziya, Singapur, Malayziya, Turkiya, Osiyo va Yevropaning rivojlangan davlatlaridagi mavjud turistlar tashrif maskanlari qiyofasini o‘zida aks ettiruvchi markazlarni barpo etish uchun alohida maydonlar ajratish.

loyiha doirasida

TIF “Milliy banki” (Mirsoatov), Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev)

4.

“Samarkand city” turizm zonasi atrofida piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘llar va maydonlarni yaratish.

loyiha doirasida

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), TIF “Milliy banki” (Mirsoatov), Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (Zokirov)

5.

Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, uning kotibiyati xamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti va “Ipak yo‘li ofisi” uchun ma’muriy binoni mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan “Samarkand city” turizm zonasida joylashtirish.

loyiha doirasida

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

II. Samarqand viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish

6.

Samarqand viloyatida turizmni jadal rivojlantirish va turistlar uchun qulay shart-sharoit yaratish ishlari natijadorligi, turistlar sonini jadal oshirish ko‘rsatkichlariga erishish uchun viloyat hokimligi rahbarlarining mas’uliyatini oshirish.

doimiy

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

7.

Turistlarning kechki vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular uchun doimiy namoyishni tashkil etish maqsadida Registon maydonidagi lazerli 3D shouni barcha uskunalari bilan birgalikda Samarqand shahar hokimligiga o‘tkazish masalasi bo‘yicha asoslangan taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil mart

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev)

8.

Samarqand viloyatidagi barcha madaniy meros obyektlari va muzeylarda “yagona chipta” va tashrif buyuruvchilarni elektron ro‘yxatga olish tizimini joriy etish, audio va radiogidlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o‘rnatish.

2018-yil dekabr

Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Axborot texnologiyala�i va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Axmedxodjayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

9.

Wi-Fi ga bepul ulanish nuqtalari o‘rnatilishi lozim bo‘lgan jamoatchilik joylari, shu jumladan avtobekatlar, aeroport, vokzal va turizm obyektlari ro‘yxatini Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda shakllantirish va tasdiqlash.

Jamoatchilik joylarining tasdiqlangan ro‘yxatiga muvofiq Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanish ishlari bosqichma-bosqich ravishda tashkil etish.



2018-yil aprel

2018-2019-yillar



Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Axmedxodjayev)

10.

Kafolatlangan yutuqqa ega lahzali lotoreyalarni tashkil qilish orqali moliyalashtirish manbasini shakllantirib, maqsadli foydalanish yo‘nalishlarini belgilagan holda Samarqand viloyatida turizm sohasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida asoslangan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil may

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Moliya vazirligi (Xaydarov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

11.

Samarqand shahri bo‘ylab turistlar uchun kuzatish-ekskursiya sayrlarini taqdim etadigan ikki qavatli avtobuslar va xalqaro aeroportlarni temir yo‘l vokzallari va avtovokzallari, shuningdek yirik mehmonxonalar bilan bog‘laydigan maxsus avtobus (shuttle-bus) qatnovini yo‘lga qo‘yish maqsadida Samarqand viloyati hokimi qarorini qabul qilish.

bir hafta muddatda

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), tashabbuskorlar

12.

Viloyatda turistlar harakatlanadigan obyektlar, shu jumladan turizm obyektlari, infratuzilmalari, jamoat joylari, bino, inshoot va boshqa obyektlarda foto va video suratga olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Viloyat ichki ishlar boshqarmasi o‘z shaxsiy tarkiblari orasida tegishli tushuntirish ishlarini olib borish va bunda turistlarga foto va video suratlarni olishda taqiqlovchi harakatlarni amalga oshirmaslik yuzasidan ko‘rsatmalar berish.

Ro‘yxati qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan xamda barcha turdagi suratga olishlar taqiqlanganligi haqidagi tegishli ko‘rsatkichlar o‘rnatilgan obyektlar bundan mustasno.



2018-yil mart oyidan boshlab doimiy

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

13.

Viloyatda turizm faoliyati subyektlari sonini oshirish, tadbirkorlikka keng imkoniyat va qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shuningdek, Samarqand viloyatida xorijiy va mahalliy sayyohlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini turizm faoliyati subyektlari o‘rtasida raqobatni kuchaytirish evaziga erishish maqsadida yangi turoperatorlik tashkilotlarini tashkil etish bo‘yicha aholi orasida keng targ‘ibot ishlarini olib borish.

Bunda ayniqsa Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari, shuningdek boshqa vazirlik, idoralar va tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan turoperatorlik tashkilotlariga har tomonlama ko‘maklashish nazarda tutiladi.



2018-yil mart oyidan boshlab doimiy

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), O‘zbekiston xotin- qizlar qo‘mitasi (Narbayeva), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Kuranbayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

14.

Viloyatning tibbiy turizm imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida barcha tibbiyot maskanlari va sanatoriya-kurort muassasalarining ro‘yxatini xatlov o‘tkazish orqali shakllantirish.

Tibbiyot turizmini rivojlantirish, shu jumladan, sihatgoh, tabiiy sog‘lomlashtirish hududlari, davolanish maskanlarini targ‘ib qilish, ularga xorijiy va mahalliy turistlarning, xususan qo‘shni davlatlardan turistlarning tashrifini tashkil etish.



2018-yil aprel

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)

15.

Korxona va texnologik jarayonlar tarixini aks ettiruvchi tegishli ekspozitsiyalarni yaratgan holda xorijiy va mahalliy turistlarni yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan industrial turizm turlarini, shuningdek tashrif buyuruvchilarga esdalik sertifikatlarni taqdim etgan xolda alohida texnologik jarayonlarda ishtirok etishlarini tashkil qilish.

Bunda, yirik sanoat korxonalarining ro‘yxatini shakllantirish, korxonalar huzurida muzey, tomosha maydonlari va tegishli ekspozitsiyalarni tashkil etish hamda ular bo‘ylab harakatlanish rejasini (tur-marshrut) ishlab chiqish nazarda tutiladi.



2018-yil avgust

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

16.

Quyidagi aholi qatlamlari uchun respublikadan Samarqand viloyati bo‘ylab turizm-ekskursiya turlari tashkil etilishini ko‘zda tutuvchi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturini rejalashtirish va tasdiqlash:

ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun — ta’til davri va dam olish kunlarida;


tashkilotlar xodimlari uchun — dam olish kunlarida, umummilliy bayramlar va ta’til kunlarida, ayniqsa, turizm mavsumi sust davrda;

aholining ijtimoiy zaif qatlamlari, pensionyerlar, urush va mehnat faxriylari uchun — saiatoriy-kurortlarda dam olishdan faol foydalangan holda yil davomida;

keksalar, yosh oilalar, fuqarolar yig‘inlari faollari, xotin-qizlar va boshqa jamoat birlashmalari vakillari uchun — turizm mavsumi sust davrda.

Bunda Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa tashkilot va idoralar huzurida, shuningdek, xususiy turoperatorlik tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilish nazarda tutiladi.



2018-yil aprel oyidan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi (Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Majidov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Kuranbayev), O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi (Rafikov), O‘zbekiston xotin- qizlar qo‘mitasi (Narbayeva), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov), Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), vazirlik, idora va tashkilotlar

III. Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirish

17.

Samarqand xalqaro aeroportida, vokzalida, turizm namoyishi obyektlarida, turizm infratuzilmalarida, umumiy foydalanishdagi turistlar jamlanadigan boshqa obyekt va hududlarda:

tunu-kun faoliyat yuritadigan turizm axborot markazlari faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish, Samarqand viloyatining va Samarqand shahrining turizm xaritasi, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar (teatr, ochiq tomosha, ko‘rgazma, galereya, yarmarka va boshqalar) uchun chiptalar olish xamda tadbirlar taqvimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning bepul tarqatilishini ta’minlash;

mobil aloqa operatorlarini jalb etgan xolda turistlar uchun internet sim kartalar sotish xamda mobil telefon apparatlarini ijaraga berishni tashkil etish;

esdalik sovg‘alari sotiladigan shoxobchalarni tashkil etish, bunda har bir esdalik sovg‘alarida O‘zbekiston turizm brendi tasvirlangan bo‘lishi lozim; velosipedlarni ijaraga berish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish.



2018-yil avgust

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (Xakimov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov), mobil aloqa operatorlari

18.

Shahar va tumanlarning markaziy ko‘chalarida, turistlar jamlanadigan joy va maydonlarda, Turizm namoyishi obyektlari va ularga yaqin joylarda Samarqand viloyatining turizm salohiyatini namoyish va targ‘ib qiluvchi bannyerlarni joylashtirish uchun alohida joylarni belgilash, bannyerlarni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan dizayn asosida chop ettirish va belgilangan nuqtalarda joylashtirilishini ta’minlash.

Bunda baniyerlarda tegishli turizm namoyish obyektlari va turistlar uchun mo‘ljallangan jamoat joylari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar joylashtirilishi nazarda tutiladi.



2018-yil iyun

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov), vazirlik va idoralar

19.

Turli konsert dasturlari, teatrlashtirishlar tomoshalar va xorijiy va mahalliy turistlarning o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati va an’analari bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ko‘zda tutadigan “Turizm haftaligi” madaniy-ma’rifiy festivallar o‘tkazilishini ta’minlash.

2018-yil aprel oyidan boshlab doimiy

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

20.

Xorijiy va mahalliy turistlarning Samarqand viloyatida qolish muddatlarini uzaytirish maqsadida Samarqand viloyatidagi turistlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari, klublar, ko‘ngilochar va boshqa shunga o‘xshash muassasalarning soat 00:00 ga kadar faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.

Xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan tegishli choralarni ko‘rib (kuzatuv kameralarini o‘rnatish, xavfsizlikni ta’minlovchi xodimlar yollash), ovqatlanish shoxobchalari, klublar, ko‘ngilochar va boshqa shunga o‘xshash muassasalarning “Tourist friendly” talablariga rioya etgan holda uzluksiz faoliyat yuritishini tashkil etish hamda ularning tasdiqlangan tartibi va ro‘yxatini Samarqand viloyati hokimligining rasmiy interiyet sahifasi va boshqa manbalarda joylashtirish.



2018-yil mart

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

21.

Samarqand viloyatining turizm salohiyatini namoyish etuvchi, viloyatda bo‘ladigan turistlarning sayohat qilishlari uchun barcha zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab olgan yagona veb-saytni yo‘lga qo‘yish va doimiy ravishda sahifani yangilab borish.

2018-yil aprel

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakpmov), Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (Po‘latov)

22.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Samarqand viloyati hokimligi va boshqa manfaatdor tomonlar taqd�m etadigan, Samarqand viloyatining turizm salohiyatini targ‘ib etishga qaratilgan videoroliklarni respublika va mahalliy telekanallar orqali namoyish etish hamda turkum ko‘rsatuv va eshittirishlar tayyorlash, maqolalar chop etish.

2018-2019

yillar


O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev), O‘zbekiston milliy axborot agentligi (Kuchimov)

23.

“Samarqand — Sharq sivilizatsiyasi markazi” mavzusida o‘zbek, rus va ingliz tillarida tarixiy faktlarga asoslangan hujjatli videofilmlar yaratish hamda milliy va xorijiy telekanallarda namoyish etilishini ta’minlash.

2018-yil dekabr

“O‘zbekkino” milliy agentligi (Zokirov), O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov), Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev)

24.

Qadimiy sharq bozori an’analarini namoyish etish maqsadida Samarqand shahridagi I. Karimov ko‘chasida “Silk Road Bazaar” haftalik festivalini tashkil etish.

xar yili avgust oyida

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

25.

Har yili an’anaviy tarzda Qo‘shrabot tumanida yetishtirilgan uzum mahsulotlarini terish, ulardan mayiz mahsulotini tayyorlash jarayonlarini o‘z ichiga qamrab olgan “Kishmish” festivalini o‘tkazish. Bunda madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, uzumchilik an’analariga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar, turli navdagi uzum, mayiz xamda milliy taomlar degustatsiyalari tashkil etishni nazarda tutish.

har yili sentyabr oyining birinchi o‘n kunligida

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullasv), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

26.

Sharq taronalari xalqaro musiqa festivalini yopilish marosimidan so‘ng kamida 3 — 5 kun davomida mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun konsert dasturlarini tashkil etish. Bunda har bir konsert dasturidan keyin lazerli 3D shou namoyish etilishini ta’minlash.

2019-yildan boshlab

Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), “Sharq taronalari” XMF direksiyasi (Djurayev), Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

27.

Rossiya Federatsiyasidan turistlarni ko‘paytirish maqsadida, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari temir yo‘l muxtor vakillari kengashi yig‘ilishlarida Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi temir yo‘l tizimlari bilan kelishilgan qolda yangi qatnovlarni joriy etish.

Mahalliy turistlarni Samarqand viloyatiga olib kelish bo‘yicha muntazam harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha yo‘lovchi vagonlarni ulashni tashkil etish amaliyotini keng qo‘llash.



2018-yil

doimiy ravishda



“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Shukurov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov), Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev)

28.

Samarqand shahrining “Gala Osiyo” mahallasi hududida Samarqand viloyati va respublikaning boshqa hududlarida tayyorlanadigan non mahsulotlarining tayyorlash jarayonlarini namoyish qilish xamda sotishga mo‘ljallangan “Non markazi”ni tashkil etish.

2019-yil may

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), tadbirkorlik subyektlari

29.

Tayloq tumanida joylashgan vino zavodi va vinochilikka ixtisoslashgan uzumzorlarda sayyohlar tashriflarini uyushtirish, bunda turistlarga uzumzorlardagi ish jarayonlari, uzum yetishtirish hamda vino tayyorlash jarayonlarini namoyish etish, shuningdek vino mahsulotlari uchun degustatsiya zallarini tashkil etish.

xar yili avgust oyida

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), tadbirkorlik subyektlari

30.

“Xalol”, “Kosher” va “Vegan” standarti talablariga muvofiq bo‘lgan umumovqatlanish shoxobchalari, xususan, kafeteriy, restoran, choyxona va boshqa obyektlarning faoliyatini tashkil etish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, shu jumladan, tadbirkorlarga xorijiy turistlarni jalb qilishda ko‘maklashish.

2018-yil sentyabr

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), “O‘zstandart” agentligi (Karimov), Turizmni rivojl�tirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

31.

Xorijdagi do‘stlik jamiyatlari va Samarqanddagi xorij mamlakatlari diasporalari orqali targ‘ibot ishlarini, shu jumladan rejalashtirilayotgan tadbirlarning aniq muddatlarini ko‘rsatgan qolda tarix, madaniyat, milliy an’ana va urf-odatlarni tartib qilishni faollashtirish bo‘yicha 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi bo‘yicha doimiy nazoratni o‘rnatish.



2018-yil may

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi (Ishanxodjayev), Tashqi ishlar vazirligi (Kamplov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

32.

Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan turizm mavsumi davomida oyda bir marta va qolgan davrda haftada bir marta mahalliy ommaviy axborot vositalari va boshqa axborot tarqatuvchi tashkilotlar vakillari ishtirokida matbuot anjumanlari va brefinglar tashkil etish.

Bunda Samarqand viloyatiga tegishli barcha statistika ma’lumotlari, xususan, tashrif buyurgan turistlar soni, turistlarning tunab qolgan kunlari soni, mavjud mehmonxona, turizm faoliyati subyektlari, umumovqatlanish shoxobchalari, savdo va o‘yin-kulgi majmualari soni, turizm infratuzilmasini barpo etish uchun ajratilgan yer maydonlari, olib borilayotgan turizm obyektlari bo‘yicha qurilish ishlari va yaqin kunlarda tashkil etilishi kutilayotgan yoki tashkil etilgan turizm namoyishi obyektlari hamda boshqa ma’lumotlar yuzasidan axborot berish nazarda tutiladi.



2018-yil aprel oyidan boshlab doimiy

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (Ko‘chimov), O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy agentligi (Abduxaliqov)

IV. Yangi infratuzilma obyektlarini barpo etish

33.

Viloyatda turistlarga shart-sharoit va qulayliklar yaratish maqsadida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini barpo etish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va doimiy sanitariya talablariga javob berishini ta’minlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan talablarni inobatga olingan holda viloyat hokimligi qarorini qabul qilish.

2018-yil aprel

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

34.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda, turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega tuman va shaharlarda joylashgan xamda muhandislik kommunikatsiyalar bilan ta’minlangan foydalanilmayotgan yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish va ajratish hamda turizm sohasidagi loyihalarni (mehmonxonalar, mehmonxona uylari, kempinglar, motellar va boshqa joylashtirish vositalari, xiyobonlar, muzeylar, galereyalar va boshqa inshootlar qurish) amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik subyektlari hamda salohiyatli investorlar uchun tegishli ma’lumotlarni, shu jumladan investitsiya kiritish majburiyatlari to‘g‘risida Samarqand viloyati hokimligi xamda mas’ul vazirlik va idoralarning rasmiy veb-sahifalariga joylashtirish.

Bunda tegishli obyektlar qurilishi uchun turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega tuman va shaharlarda ajratiladigan yer maydonlari soni va hajmi quyidagicha taqsimotda belgilanishi nazarda tutiladi: tematik parklar uchun 3 ta 5 — 20 ga yer maydonlari; joylashtirish vositalari uchun kamida 20 ta 1 — 5 ga yer maydonlari, restoranlar uchun kamida 30 ta 0,1 — 0,3 ga yer maydonlari;

kafeteriy, cho�xona va tez tayyorlanadigan taomlar oshxonasi uchun 30 ta 0,01 — 0,05 ga yer maydonlari.

Turizm namoyishi obyektlari, xususan, muzeylar, galereyalar, ko‘rgazma zallari va boshqa obyektlar uchun 10 ta 0,1 — 0,3 ga yer maydonlari.



2018-yil iyun

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Abdullayev), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (Bekenov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

35.

Viloyatda mehmon-uylarini tashkil etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga tegishli qurilish ishlari uchun zarur kredit mablag‘larini ajratilishini ta’minlash.

2018-yil mart oyidan boshlab doimiy

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), Mikrokreditbank (Mamatkulov), tadbirkorlik subyektlari

36.

Samarqand xalqaro aeroporti quvvatini oshirish maqsadida:

bir paytning o‘zida 4-5 aviaqatnovni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish. Bunda, bagajlarni avtomatik tarzda tashish va t�kshirish mumkin bo‘lgan mexanizmlarni tashkil etishni inobatga olish;

xorijiy investorlarni jalb etgan holda zarur texnik va texnologik qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishni ta’minlash;

mahalliy va xorijiy turoperatorlarning talabnomasiga muvofiq Djakarta — Samarqand — Djakarta yo‘nalishida charter aviaqatnovlarini belgilangan tartibda tashkil etish va yil yakunida amalga oshirilgan charter reyslar natijasiga ko‘ra Djakarta — Samarqand — Djakarta yo‘nalishida doimiy aviaqatnovlarini joriy etish masalasini ko‘rib chiqish.



2018-2019-yillar

2019-yil yanvar



“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK (Xakimov), Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov)

37.

Samarqand shahrida, Payariq tumanidagi Imom al-Buxoriy majmuasiga tutash hududlarda mehmonxonalarni (20 tadan ortiq) barpo etish uchun zarur miqdorda yer maydonlarini belgilab, mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilgan holda zamonaviy mehmonxonalar qurish bo‘yicha investitsiya takliflarini shakllantirish

2018-yil mart

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov), Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (Zokirov), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Abdullayev)

38.

Samarqand viloyatiga tashrif buyuradigan xorijiy va mahalliy turistlarning sayohatlarini yanada qiziqarli bo‘lishini tashkil etish, sayyohlarning hududda qolish muddatlarini uzaytirish maqsadida Samarqand shahridagi:

Alisher Navoiy ko‘sasi va Universitet xiyobonida tarixiy binolar joylashganligi, ko‘chalarning kengligi va shaharning asosiy ko‘chalariga olib chiqishini inobatga olib, ushbu ko‘cha va xiyobonni turistlar sayr qiluvchi ko‘chaga;



Pushkin ko‘chasini Yevropa, va Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyuruvchi turistlar dam olishi uchun mo‘ljallangan maskanga aylantirish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar va ko‘chalar loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil avgust

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov), Samarqand shahar hokimligi (Raximov)

39.

Samarqand shahri yangi ma’muriy markazining batafsil loyihalashtirish rejasini ishlab chiqishda xalqaro ko‘rgazmalar, shu jumladan xalqaro turistik ko‘rgazmalarni o‘tkazish imkoniyatiga ega zamonaviy “Ekspo markazi”ni tashkil etishni nazarda tutish.

2018-yil dekabr

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (Zokirov), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Abdullayev)

40.

Samarqand shahri yangi ma’muriy markazida xalqaro turistik ko‘rgazmalarni o‘tkazish imkoniyatiga ega zamonaviy “Ekspo markazi”ni barpo etish maqsadida investorlarni jalb etish choralarini ko‘rish.

2019-yil yanvar

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (Bekenov)

41.

Samarqand shahrida usti yopiq, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik, kiyim-trikotaj, suvenir va boshqa mahsulotlar sotuvi uchun mo‘ljallangan, yangi mahsulotlar turini namoyish etish uchun “shou rum” (show room) zallarini ichida mujassam etgan, an’anaviy sharqona me’morchilik uslubidagi savdo majmuasini barpo etish va ishga tushirilishini ta’minlash.

2019-yil dekabr

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (Xakimov)

42.

Xorijiy va mahalliy sayyohlarning tashrif kunlarini uzaytirish maqsadida Samarqand shahridagi qadimiy Amir Temur bog‘laridan birining hududida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan xolda, mavzuga mos ravishda teatrlashtirilgan tomoshalarni tashkil etishni nazarda tutuvchi tematik park barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini va ularning tarmoq jadvallarini tasdiqlash.

2018-yil aprel

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), tijorat banklari

43.

Turkiyalik investor tomonidan qurilishi rejalashtirilgan 130 o‘ringa mo‘ljallangan 4 yulduzli mehmonxona uchun yer maydoni ajratish ishlarini tezlashtirish.

Smeta-loyiha hujjatlarini tezkor ishlab chiqish va aniqlangan yer maydonida qurilish ishlarini zudlik bilan boshlash



2018-yil mart

2018-yil may



Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov), xorijiy investor — tashabbuskor

44.

Samarqand shahar Bo‘stonsaroy ko‘chasida 100 o‘ringa mo‘ljallangan to‘rt yulduzli mehmonxona tashkil etish.

2019-yil noyabr

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), loyiha tashabbuskori

45.

Samarqand shahar eski shahar qismida 50 o‘ringa mo‘ljallangan uch yulduzli milliy uslubdagi mehmonxona tashkil etish.

2019-yil sentyabr

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), loyiha tashabbuskori

46.

Samarqand viloyatining Urgut tumanida ekoturizmni rivojlantirish maqsadida xar bir tumanda kamida 5 ta mehmon uylari tashkil etish.

2018-yil dekabr

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abduxakimov), “Asaka bank” ATB (Mullajonov), loyiha tashabbuskorlari

47.

Samarqand shahridagi Sattepo turizm kolleji hududida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobidan 100 o‘rinli xostel tashkil etish.

2019-yil aprel

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (Kuranbayev), Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev)

48.

Buyuk allomalar Burxonpddin Marg‘inoniy va Abu Lays Samarqandiylarning dafn qilingan maskanlari hududida ziyoratchilar uchun barcha shart-sharoitlarni nazarda tutuvchi kompleks loyihalarni ishlab chiqish, bunda tasdiqlangan loyihalar asosida olib boriladigan ishlarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2018-yil aprel

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (Yusupov), O‘zbekiston musulmonlari idorasi (Alimov), Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (Zokirov), Moliya vazirligi (Xaydarov)

49.

Nurobod tumanidagi “Xazrati Dovud” ziyoratgohida majmua joylashgan tepalikka chiqishni yengillashtirish (1,2 kmdan ortiq) hamda tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida funikuler (osma va relsli transport vositasi) qurish masalasini texnik jihatdan o‘rganib chiqish va uni tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish

2018-yil aprel

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), “O‘zbekiston temir yo‘llari” (Shukurov)

50.

Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Shohi zinda majmuasi, Samarqand xalqaro aeroporti, temir yo‘l vokzali, yirik mehmonxonalar, restoranlar, istirohat bog‘lari kabi xorijiy turistlar ko‘p tashrif buyuradigan va jamlanadigan obyektlarda xorijiy valyuta qabul qilish terminallari, valyuta ayirboshlash shoxobchalari va bankomatlarini (Visa Card, Master card, American Express va boshqalar) o‘rnatish va muntazam faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.

2018-yil iyun

Markaziy bank (Nurmuratov), Madaniyat vazirligi (Sayfullayev), Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), tijorat banklari

51.

Samarqand viloyatining Urgut tumanida “Uzbek Nouse” etnik-animatsion markazini tashkil etish.

Bunda markazni Samarqand viloyatining Urgut tumani tog‘li hududida 6 gektar yer maydonida (tog‘li hududga tugash joylashgan joyda) qurishni nazarda tutish. Loyiha doirasida milliy ko‘rinishdagi ovqatlanish kompleksi, XVI-XVIII asrlarni o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmali sahna, ustaxonalar, sahna atrofida joylashgan o‘tirish uchun o‘rindiqlar, maxsus animatsion dasturlar taqdimoti uchun qurilgan maydon, tomorqa, oshxona, sanitar xonalari, tajriba maydonchalari xamda tutash hududga mahsulotlarni yetishtirishga mo‘ljallangan kichik ko‘rinishdagi issiqxona qurilishini nazarda tutish.



2018-yil noyabr

Samarqand viloyati hokimligi (Jo‘rayev), loyiha tashabbuskori

Download 339,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish