Jadval № 3
Dengiz oqimlari tafsiloti
№
|
Oqim
|
Tezligi, km/soat
|
Sho‘rligi,
|
Harorati, °S
|
I
|
Iliq oqim
|
|
|
|
1
|
Florida
|
8-10
|
36,0
|
+22, +28
|
2
|
Golfstrim
|
4-6
|
34,0-36,5
|
+ 10, +22
|
3
|
Shimoliy Atlantika
|
2-6
|
35,0-36,0
|
+5, +12
|
4
|
Gvineya
|
2-3
|
34,0-35,5
|
+23, +28
|
5
|
Braziliya
|
1-2
|
35,0-37,2
|
+22, +28
|
6
|
Shimoliy Passat
|
1-2
|
35,0-36,0
|
+23, +28
|
7
|
Janubiy Passat
|
1-2
|
34,0-36,0
|
+23, +27
|
II
|
Sovuq oqim
|
|
|
|
8
|
Sharqiy Grenlandiya
|
1
|
31,0-32,0
|
0, +2
|
9
|
Labrador
|
1-2
|
31,0-34,0
|
0, +7
|
10
|
Kanar
|
1-2
|
36,0-37,0
|
+ 15, +25
|
11
|
Bengal
|
1-2
|
35,5-36,5
|
+ 15, +25
|
12
|
Folklend
|
1-2
|
33,0-35,0
|
+3, +15
|
13
|
G‘arbiy Shamollar
|
1-2
|
33,5-35,0
|
0, +15
|
14
|
Antarktika
|
1
|
33,0-34,3
|
0, -2
|
Organik dunyosi
Atlantika okeanining organik dunyosi Tinch va Hind okeanlarining organik dunyosiga nisbatan kambag‘alroq. Bunday bo‘lishiga asosiy sabab nima? Bunga ikki xil tarixiy geologik omil ta’sir etgan. Birinchisi, Atlantika okeanining boshqalarga nisbatan geologik rivojlanish nuqtai nazaridan yoshroq ekanligi va ikkinchidan materik muz bosishlari davrlarida okean suvining juda sovib ketganligidir. Lekin tirik organizmlarning turlari kam bo‘lishiga qaramasdan baliqlar va boshqa hayvonlarning mahsuldorligi ancha yuqori.
Atlantika okeani o‘simliklarga juda boy. Okean tagida qo‘ng‘ir, yashil va qizil suvo‘tlari-fitobentoslar keng tarqalgan. Sho‘r suvda bemalol o‘sa oladigan gulli o‘simliklar ham ko‘plab uchraydi. Ular filospadiks, zootera va poseydoniyalardan tarkib topgan. Sargasso dengizida sargassa deb ataladigan qo‘ng‘ir suvo‘tlar nihoyatda ko‘p.
Okeanning hayvonot dunyosi o‘simliklarga nisbatan birmuncha boyroq. Hayvonot turlarining xilma-xilligi okean iqlim sharoitiga bo‘ysungan holda shimoliy va janubiy qutblardan ekvator tomon orta boradi. Sovuq va mo‘’tadil mintaqalarda bir necha ming hayvon turlari yashasa, tropik va ekvatorial mintaqalarda o‘n minglab hayvon turlari yashaydi. Sovuq va mo‘’tadil mintaqalar uchun sut emizuvchilardan kit va ko‘rak oyoqlilar, baliqlardan seld, treskasimonlar, olabug‘asimonlar va kambalasimonlar harakterlidir. Bulardan tashqari tyulenlar, dengiz mushuklari, kalka hamda sardinalar yashaydi. Okeaning tropik va ekvatorial mintaqalari uchun kashalot, dengiz toshbaqalari, akulalar, uchar baliqlar, qisqichbaqasimonlar, marjon poliplari, meduzalar, tuneslar, molyuskalar harakterlidir. Chuqur suv faunasi bulutlar, marjonlar, qisqichbaqasimonlar, ninatanlilar va boshqa dengiz hayvonlaridan tarkib topgan. Umuman, Atlantika okeanida hozirgi davrda 200 mingga yaqin o‘simlik va hayvon turlari istiqomat qiladi.
Okeanning tabiat zonalari.
Okean yuzasidagi zonalar. Atlantika okeanining tabiiy sharoiti xilma-xil bo‘lganligi va meridian bo‘ylab uzoq masofaga cho‘zilganligi tufayli uning akvatoriyasida ko‘plab tabiat zonalari tarkib topgan. Bu yerda Dunyo okeaniga xos bo‘lgan tabiat zonalarining deyarli hammasi shakllangan. Okeanning shimoliy qismidagi qutbyoni zonasida iliq va sovuq oqimlar tuqnashadigan joyida suv massalari organik dunyoga boy. Oqimlarning ana shunday o‘zaro ta’siri mo‘’tadil zona uchun ham xosdir. Shu sababli bu joydagi suvlar plankton va turli xil baliqlarga boy. Janubdagi qutbyoni zonasida esa aksincha, u yerda yil davomida sovuq oqim hukmronlik qilganligi tufayli organik hayot kam rivojlangan.
Atlantika okeani o‘rta qismida ekvatorial zona joylashgan. Bu zonaning yillik yog‘in miqdori 1770 mm ga va suvning o‘rtacha sho‘rligi 35 ‰ ga teng. Undan shimolda va janubda ikkita subekvatorial, ikkita tropiq ikkita subtropik zonalarning bepayon iliq suvlari joylashgan. Subtropik va tropik zonalarda yog‘ingarchilik miqdori kam va parlanish miqdori ko‘p bo‘lganligi tufayli ularning suvining sho‘rligi 37,25 °/00 gacha ko‘tariladi. Janubiy qutbyoni zonasida parlanish kam bo‘lganligi sababli suvning sho‘rligi 33,6 °/00 gacha pasayadi.
Atlantika okeanining zonalari ichida shimoliy subtropik zonasi akvatoriyasida tabiati jihatdan ajralib turadigan Sargosso dengizi joylashgan. Uni suvining sho‘rligi ancha baland, 37 °/00 ga teng, harorati yuqori, qishda +23°S va yozda +28°S ni tashkil etadi. Okeanning och havorang suvida suzib yuruvchi yashil-qo‘ng‘ir rangdagi sargasso suvo‘tlari kuzga tashlanib turadi. Dengiz suvida plankton kam. Okeanshunoslar bunday joylarni moviy okean cho‘llari deb atashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |