Hafta mavzusi: O’yinchoqlarga g’amxo’r munosabatda
Markaz nomi: San’at markazi.
Mashg’ulot nomi: Loy
Mashg’ulot mavzusi: Quyoncha uchun uycha yasash.
Maqsad: Bolalarni plastilinda to’g’ri foydalanishga o’rgatish.
Kerakli jixozlar : Plastilin, pastilin taxtachalar mavzuga oid rasmlar.
Faoliyatning olib borilishi.:
Quyoncha va uning uychasi ustida suhbat.
Mashg’ulot davomida rag’batlantirish.
E’tiborga molik jixati:
Bolalarni jamoa bo’lib ishlashga o’rgatish.
Mashg’ulotning olib borilishi. Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda quyoncha va uning uychasi ustida suhbatlashib plastilindan kerakli bo’lgan ranglarni tanlab olishadi va mashg’ulot boshlaydilar. Bolajonlar san’at markazimizdan loy ishi mashg’ulotimizni boshlaymiz. Bizning quyonchamiz biroz erinchoqlik qilib o’ziga uycha yasamay qishi bilan sovqotibdi. Biz unga yordam beramizmi? Kelinglar unga plastilindan uycha yasab beramiz. Oldimizdagi plastilinlarni yaxshilab yumshatib uychaning pastki qismidan yasashni boshlaymiz. Keyin eshikchasi va oynasini yasaymiz. Biz yasash davomida plastilinni extiyotlab hamma joyimizga surtib tashamasdan avaylab ishlatishimiz zarur. Bolajonlar endi tom qismini yasaymiz.
Bolajonlar sizlardan quyonchamiz juda ham xursand bo’ldi kelinglar quyonchaga o’xshab bir sakraylik. Endi quyonim qo’shig’ini aytamiz. Quyoncha nima yeyishini bilasizlarmi? Quyocha sabzi, o’tlar bilan oziqlanadi.
Tarbiyachi bolalar bilan mashg’ulotni davom ettirib bolalarni rag’batlantiradi.
Oy mavzusi: Yer sayyorasi- umumiy uyimiz.
Hafta mavzusi: O’yinchoqlarga g’amxo’r munosabatda
Markaz nomi: Musiqa va ritmika
Mashg’ulot nomi:Jismoniy tarbiya.
Mashg’ulot mavzusi: 20-30 sm balandlikdan sakrash.
Maqsad: Bolalarni chiniqtirish, to’g’ri harakat qilishga o’rgatish.
Kerakli jixozlar: jismoniy tarbiya to’siqlari.
Faoliyatning olib borilishi
1. chiniqtiruvchi mashqlar bajarish.
2. Bolalarni rag’batlantirish.
E’tiborga molik
Jamoa bo’lib xarakat qilishga o’rgatish.
Xayot xavsizligi saboqlari.
Mashg’ulotning borishi. Tarbiyachi bolalarni zal bo’ylab saflab oladi. Bolalar xona bo’ylab sekin yurib, so’ng yuguradi. Bolalar bilan birgalikda tetiklashtiruvchi mashqlar bajariladi. Bolalar oyoq, qo’l gavda qismlarini xarakatga keltiradi. Bolalar tetiklashtiruvchi mashqlarni bajargandan so’ng tarbiyachi xonani yangi mavzuga moslab tayyorlaydi.
Tarbiyachi bolalarni yangi mavzu bilan tanishtiradi. Bolalar 20-30 sm masofadan birin –ketin sakrab o’tadi. Bolalar jamoa bo’lishib mashqni davom ettiradi. Bollarga mashg’ulot tushunarli bo’lishi uchun ular bilan mashg’ulotmusobaqa tarzda davom ettiriladi.
Bolalar bir, ikkiga sanash orqali 2 guruhga ajratiladi. Belgilangan 20-30 sm masofadan bolalar ham tez ham aniq bajarishlari kerak.