Oiv infeksiyasi va oits ning oldini olish



Download 63 Kb.
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi63 Kb.
#302331
  1   2
Bog'liq
OIV VA OITS HAQIDA TUSHUNCHA


OIV va oits HAQIDA TUSHUNCHA
reja:
1. OITS/OIV.

2. OIV ning yuqish yo`llari.

3. OIV yuqishining oldini olish chora-tadbirlari.
OIV - оdam immuntanqislik virusi;

OIV yuqtirganlar – odam immuntanqislik virusi bilan zararlanganlar;



OIV infeksiyasi - odamga OIV yuqishi natijasida vujudga keladigan o`ta xavfli yuqumli kasallik;

OITS – Odam immunitet tanqislik sindromi, OIV infeksiyasining terminal (og`irlashgan) davri.

OIV infeksiyasi kasalligi va OITS keyingi 30 yil davomida jahonning barcha mamlakatlari aholisi o`rtasida tarqalib, yildan-yilga to`xtovsiz ko`payib, millionlab odamlar sog`lig`i va umriga zomin bo`lmoqda.

Ma`lumotlarga qaraganda, 2008 yil oxirida yer yuzida OIV infeksiyasi, OITS bilan kasallangan odamlar soni 30 milliondan oshgan.Ularning ko`p qismi Afrika, Amerika qit`asiga, Yevropa, Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga to`g`ri keladi.

O`zbekiston Respublikasi dunyodagi OIV/OITS eng kam tarqalgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Shunday bo`lsada, bu bedavo dard bilan xastalanganlar soni ko`payishining oldini olish uchun mamlakatimiz hukumati xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan tartib-qoidalar doirasida, OIV/OITS tarqalishining oldini olishga qaratilgan keng ko`lamli chora - tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Buning boisi shundaki, dunyo mamlakatlarida OIV ni o`ziga yuqtirganlar va OITS bilan kasallanib, hayotdan ko`z yumayotganlar soni to`xtovsiz ko`payib borayotgani, bizning mamlakatimiz va xalqimiz tinchligi va osoyishtaligiga ham xavf-xatar solayapti. Chunki, respublikamiz jahonning ko`plab mamlakatlari bilan chambarchas aloqada. Hamyurtlarimiz xorijga borib-kelishayapti, xorijliklar yurtimizga kelib ketayapti. Shuning uchun, doim-hushyor, ogoh bo`lishimiz lozim. Bu masalada beparvolik, e`tiborsizlik, mas`uliyatsizlikka aslo yo`l qo`yib bo`lmaydi.

OIV – odam immuntanqislik virusiga qarshi dunyoning hech qaysi mamlakatida vaksina ishlab chiqarish usuli bugungi kungacha topilgan emas. Bu borada jahonda ko`plab ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari izlanish olib bormoqdalar, ammo hozircha natija yo`q. OIV yuqishi natijasida yuzaga keladigan OIV infeksiyasi va OITS kasalligini davolash masalasi ham dunyo miqyosidagi o`ta murakkab muammo bo`lib qolmoqda. Masalan, AQSh da OITS bilan kasallangan bir nafar bemorni davolash uchun 50-75 ming dollar mablag` sarflanar ekan.

Ko`rinib turibdiki, OIV infeksiyasi kasalligi dunyoda global muammo hisoblanadi. Shu bois, asosiy e`tibor OIV yuqishining oldini olishga qaratilishi lozim. Buning uchun har bir odam, o`smirlik yoshidagi maktab o`quvchisidan tortib, to keksa yoshdagilargacha, OIV ning yuqish yo`llarini mukammal bilishi zarur. Infeksiyaning yuqish yo`llarini yaxshi bilgan odam, albatta virusni o`ziga yuqtirmaslik chorasini ko`radi. Virusni o`ziga yuqtirmaslik chorasi-ni ko`rish bilan birga, bu haqda u o`zining yaqinlariga ham tushuntiradi, ularni ogoh qiladi.

Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) tomonidan 1988 yilda “1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurash”kuni deb belgilangan.

OIV - odam immuntanqislik virusi. Uning sog` odamga yuqishi tufayli, OIV infeksiyasi kasalligi va uning terminal (og`ir) davri OITS – orttirilgan immunitet tanqislik sindromi vujudga keladi.

Mazkur virusni dunyoda birinchi bo`lib, ikki guruh olimlar, bir-birilari bilan bog`lanmagan holda, Fransiyada Paster nomidagi Parij instituti professori Lyuka Montan`e boshchiligidagi olimlar guruhi va AQSh da professor Robert Galo rahbarligidagi olimlar guruhi1983 yilda aniqlaganlar.

Fransiya olimlari virusni OITS bilan kasallangan bemorning limfa tugunlarida, AQSh olimlari esa virusni OITS bilan kasallangan bemorning qonidagi limfotsitlarda (oq qon tanachalarida) aniqlaganlar.

Bu ikki guruh olimlar tomonidan aniqlangan “odamda im-muntanqislik holatini” vujudga keltiradigan virusning genetik tuzilishi bir xil bo`lgani uchun, Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkilotining maxsus qarori bilan, mazkur virusga “Odam immuntanqislik virusi” – “OIV” deb nom berildi.

Ma`lumotlarga ko`ra bu virus ko`p asrlar davomida maymun tanasida yashab, unda kasallik qo`zg`atgan. Lekin odamda kasallik qo`zg`atish xususiyatiga ega bo`lmagan. Tashqi muhitning ekologik o`zgarishlari ta`sirida virus mutatsiyaga uchrab, u odamda kasallik qo`zg`atish xususiyatiga ega bo`lgan.

Bu virus boshqa viruslar singari hujayraviy tuzilishiga ega emas. U nuklein kislota (DNK yoki RNK) va oqsil moddadan tashkil topgan.

Virus yashashi, rivojlanishi, ko`payishi uchun zarur bo`lgan ashyoni tekinxo`rlik bilan odam organizmidan, aniqrog`i, limfa tugunlari, T-Limfotsitlar va Monotsitlardan (oq qon tanachalaridan) oladi.

Virusning hajmi juda mayda: 100-120 nm. Bir tiyinlik tanga maydoniga–bir necha million virus joylashishi mumkin.

Virus juda tez ko`payib, bir kunda taxminan bir milliardgacha ko`payishi mumkin.

Virus tashqi muhit ta`siriga chidamsiz. U bilan zararlangan buyumlarni 100 darajada qaynatganda 15 minutda, 56 darajada isitganda 30 minutda o`ladi.

Virus dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar ta`siriga chidamsiz: u 70 foizli etil spirti, 5 foizli xloramin, 6 foizli peroksid vodorod, atseton ta`sirida shu zahotiyoq o`ladi.

Ammo, virus sovuq ta`siriga nihoyatda chidamli: u muzlatilgan qon zardobida 10 yilgacha saqlangani ma`lum.

Ta`kidlash lozimki, 2008 yil 10-dekabr kuni 2008-yilning Nobel mukofoti sovrindorlari taqdirlandi. Tibbiyot sohasida Fransiya olimlari Lyuka Montan`e va Fransuaza Barr OITS ni vujudga keltiruvchi virusning tarkibiy qismlarini aniqlashda qilgan xizmatlari uchun Nobel mukofoti sovrindori bo`lishdi.

OIV ning yuqish yo`llari.

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishda OIV ning yuqish yo`llarini mukammal bilish muhimdir. Chunki, virusning odamga qanday yo`llar orqali yuqishini bilgandagina har bir odam uni o`ziga yuqtirmaslik chorasini ko`rishi oson bo`ladi.

Avvalo, aytish kerakki, OIV sog` odamga, asosan, virus tashib yuruvchi, lekin vaqtincha kasallanmagan odamdan hamda OITS bilan xastalangan bemordan yuqadi.

OIV ning yuqish yo`llari quyidagilardir:

1.Jinsiy yo`l. OIV ni o`ziga yuqtirib, vaqtincha kasallanmagan , lekin sog` holatda virusni o`zida tashib yuruvchi odam (erkak yoki ayol) bilan jinsiy munosabatda bo`lish;

- shuningdek, OITS bilan kasallangan, lekin kasallik yengil kechayotgan bemor bilan uning kasal ekanini bilmagan holda jinsiy munosabatda bo`lish natijasida sog` odam o`ziga OIV ni yuqtirib olishi mumkin.

2. Parenteral yo`l. Bu OIV ning tibbiy va sartaroshlik asboblaridan hamda donor qoni va qon zardobidan yuqishini o`z ichiga oladi:

- bir martalik shpris bilan bir kishiga in`eksiya qilingach, uni kuydirib yuborish o`rniga, shu shpris va uning ignasidan, boshqa kishiga in`eksiya qilish uchun foydalanish;



- stomatologik, jarrohlik, travmatologik, ginekologik, LOR, ko`z, me`da-ichak va boshqa kasalliklarda ishlatiladigan tibbiy asboblarni shifokor bir bemorga qo`llagandan keyin sterillamasdan (zararsizlantirmasdan) boshqa bemorga ishlatishi;

- sartaroshlik pokisi bilan bir kishining soqolini olgandan keyin, uni zararsizlantirmasdan (dezinfeksiyalovchi eritmaga botirib qo`ymasdan) boshqa kishiga ishlatish;

- ayollarning kosmetik muolajalari: pirsing, tatuaj, manikyur, pedikyur asboblarini bir kishiga qo`llagandan keyin, zararsizlantirmasdan boshqa kishiga qo`llash;

-qiz bolaning qulog`ini teshadigan ignani zararsizlantirmasdan bir necha qizchalarni qulog`ini teshish uchun foydalanish;

- o`g`il bolani xatna qilganda, pokini zararsizlantirmasdan bir necha bolalarga qo`llash;

- donor odam qonini yoki qon zardobini OIV ni aniqlash bo`yicha laboratoriya tekshiruvidan o`tkazmasdan, og`ir kasallik bilan xastalangan yoki jarohatlangan boshqa bemorga davolash maqsadida quyish.



3. Vertikal yo`l. OIV ni o`ziga yuqtirgan yoki OITS bilan kasallangan ayol homilador bo`lsa, u o`zining qonidagi OIV ni homilasiga va chaqalog`iga quyidagi yo`llar orqali yuqtirishi mumkin:

- prenotal davrda, ya`ni homilaning ona qornida rivojlanish davrida, ona qonidagi virus kindik tomirlari (yo`ldosh) orqali homilaga yuqadi. Natijada, homila virus tashuvchi sifatida yoki OITS bilan kasallangan bemor holatida tug`iladi;

- ayol qonidagi virus chaqaloqning tug`ilish jarayonida, tug`ish yo`llarining jarohatlaridan chaqaloqqa yuqadi;

- OIV bilan zararlangan ayol o`zining bolasini yoki boshqa ayolning bolasini ko`krak suti bilan emizganida sut tarkibidagi virus bolaga yuqadi.

4. Ingliz mutaxassis shifokorlarining ma`lumotiga ko`ra “o`ta sevishgan erkak va ayol bir-birining lablarini so`rib o`pishganlarida” birining so`lagidagi va labining qon tomirlaridagi virus ikkinchisiga o`tishi mumkin.

OIV yuqishining oldini olish chora-tadbirlari.

OIV aniqlanganiga chorak asrdan ko`proq vaqt o`tdi. AQSh da OITS bilan kasallangan birinchi bemorlar ro`yxatga olinganiga 30 yil bo`ldi.

Ammo, hozirgi kunda, OIV ga qarshi ta`sir ko`rsata oladigan vaksina dunyo mamlakatlarining birontasida ishlab chiqilgani yo`q. Ma`lumotlarga ko`ra, OITS bilan kasallangan bir nafar bemorni davolash uchun bir yilda 20 million so`m mablag` sarflanadi. Davolash jarayoni esa bir necha yil davom etadi. AQSh da OITS bilan kasallangan bir nafar bemorni davolash uchun 50-75 ming dollar mablag` sarflanar ekan.

Yuqorida bayon etilgan ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, mamlakatimiz aholisini, birinchi navbatda yoshlarni, OITS kasalligidan asrashning asosiy chorasi har bir odamni OIV yuqishidan himoya qilishdir.

Muhtaram Prezidentimizning “O`zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 2008 yil 26-dekabrdagi PK-1023-sonli Qarori aynan ana shu maqsadga qaratilgan.

Davlatimiz rahbarining mazkur qarorini bajarish uchun yurtimizning har bir fuqarosi, birinchi navbatda, maktablarning yuqori sinf o`quvchilari, kollej, litsey va oliy ta`lim muassasasi talabasi, shuningdek, yetuklik yoshidagi yigit va qiz, qolaversa o`rta va keksa yoshdagi erkak va ayol quyidagilarga amal qilishi lozim:

- birinchidan, OIV ning yuqish yo`llarini mukammal bilishi va doim yodida saqlashi;

- ikkinchidan, kundalik turmush jarayonida, OIV ning yuqish xavfi bo`lgan vaziyatlarga duch kelganda hech qanday his-tuyg`ularga berilmasdan, dadillik va shijoat bilan o`zining bilimi, tushunchasi, faolligi va fidoyiligini namoyon etib, xatarli vaziyatni bartaraf etishga harakat qilishi kerak. Bu bilan o`zini va boshqalarni OIV yuqishidan himoyalashga hissa qo`shgan bo`ladi. Masalan, sartarosh bir kishining soqolini olib, pokini zararsizlantirmasdan boshqaning soqolini olayotganiga duch kelganda yoki stomatolog bir kishiga ishlatgan asbobni almashtirmasdan, boshqa kishiga ham ishlatayotganini ko`rgan vijdonli odam, uning xatosini aytishi va bu xatoni bartaraf etishga hissa qo`shishi kerak.

Yuqorida bayon etilganlar asosida, OIV ning oldini olish masalasi, uning yuqish yo`llariga to`siq qo`yish (barham berish) orqali amalga oshirilishi lozim.



Bu vazifa quyidagi tartibda bajarilishi mumkin.

Birinchi, OIV ning jinsiy yo`l orqali yuqishining oldini olish.

Bu masalada AQSh, Yevropa mamlakatlarining mutaxassis shifokorlari, notanish shaxs bilan jinsiy munosabatda bo`lganda, himoyalanish g`ilofi (prezervativ)dan foydalanishni tavsiya etadilar. Bu bir tomondan to`g`ridek tuyuladi.

Ammo, bizning milliy urf-odatimiz, shariyatimiz, xalqimizning ma`naviy-axloqiy xususiyati (mintaliteti) ga ko`ra erkak yoki ayolning notanish shaxs bilan jinsiy munosabatda bo`lishi, sha`nimizga munosib emas. Agar yurtimizning har bir fuqarosi, yoshidan qat`iy nazar, millatimizning ana shu ma`naviy-axloqiy xususiyatiga amal qilsa, uning poymol bo`lishiga jur`at etmasa, OIV ning jinsiy yo`l bilan yuqish xavf-hatariga, yurtimiz aholisi o`rtasida mutloq barham berilgan bo`ladi.

Afsuski, ayrim yoshlar vaqtinchalik ko`ngilxushlik, kayfu-safo, ulfatbozlikka berilib, tuzatib bo`lmaydigan xatoga yo`l qo`yadilar, oqibatda kelajaklarini barbod qiladilar.

Ana shunday nosog`lom turmush tarziga moyilligi bo`lgan yoshlarga saboq bo`lishi uchun quyidagi misolni bayon qilish lozim topildi.



Respublikamiz viloyatlarining birida bo`lib o`tgan achinarli voqea haqida, “Xalq so`zi” gazetasining muxbiri Istam Ibrohimov (2009 yil 2-may) shunday ma`lumot bergan:

...Bo`lg`usi kelin-kuyov to`ydan avvalgi tibbiy ko`rikdan o`tganlaridan keyin, shifokor kuyov bo`lmish Mahmudjon bilan yolg`iz suhbatda, OIV infeksiyasi bo`yicha qayta tekshiruvdan o`tishi zarurligini aytdi. Keyinchalik yigitning o`ziga OIV yuqtirganligi ma`lum qilindi.

Mahmudjon avvaliga meni hech narsa, hech qanday kasallik bezovta qilayotgani yo`q deya, o`ziga OIV ning yuqtirganligini inkor qildi. So`ngra chuqur o`ylab olgach, ulfatlari bilan tongotar bazmlarda maishat qilishi, bunday kechalarda notanish ayollar ham qatnashganligi va ular bilan yaqin munosabat o`rnatgan paytlari ko`p bo`lganini yodiga oldi. U bo`lib o`tgan voqeani tan olgach, shifokordan bu haqda boshqalarga aytmaslikni iltimos qildi.

- Bu mumkin emas dedi, shifokor. Siz OIV ni yuqtirib olganingizdan bo`lg`usi qaylig`ingiz boxabar bo`lishi shart. Chunki qonunga ko`ra, har bir odam o`ziga OIV yuqtirganini bila turib, boshqa kishiga (ayni paytda qaylig`iga) virusni yuqtirishi jinoyat hisoblanadi, dedi shifokor.

Shu bois, Mahmudjon o`ziga OIV yuqtirganini bo`lg`usi qaylig`iga bildirishi shart. O`shanda bo`lajak kelin bo`lmish qiz, unga tur-mushga chiqishga rozi bo`lsa, nikohdan o`tishi mumkinligi ma`lum qilindi. Tasavvur qilaylik:



- birinchidan, bo`lg`usi turmush o`rtog`ining OIV bilan zararlanganligini bila turib, u bilan turmush qurishga qiz jur`at etarmikin?

- ikkinchidan, qiz rozi bo`lganida ham, uning ota-onasi, qavm-qarindoshlari rozilik berarmikinlar ?

- uchinchidan, yigitga nisbatan qizning muhabbati juda kuchli bo`lib, yuqoridagi ikkala to`siq ham bartaraf etilgan taqdirda, bu nikohdan sog`lom bola dunyoga kelarmikin…

- to`rtinchidan, nikohdan keyingi birinchi haftalardayoq kuyovdagi OIV ning kelinga ham yuqishi shubhasiz. Demak, ma`lum oylar-yillar o`tgach, ularning ikkalasida ham OIV infeksiyasi va OITS kasalligining vujudga kelishi muqarrar. Bu dardning injiqliklariga bardosh berisha olarmikin...

Bunday musibatga bardosh berishning iloji bo`larmikin...



Xulosa shuki, Mahmudjon sayoq yurib, ulfatbozlik, maishatbozlik, vaqtinchalik kayfu-safoga berilib, tuzatib bo`lmas xatoga yo`l qo`ygan. Yosh umrini, kelajagini o`zining o`ylovsizligi, nojo`ya xatti-harakati, nosog`lom turmush tarzi tufayli barbod qilgan. Uning taqdiri ayanchli, albatta. Biroq endi kech, pushaymonu afsus-nadomatdan foyda yo`q.

Ikkinchi, OIV ning parenteral yo`l orqali, ya`ni tibbiy va sartaroshlik asboblaridan hamda qon quyish orqali yuqishini o`z ichiga oladi.


Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish