O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI
Fakultet: “Qurilishni boshqarish”
Fan: “Valeologiya asoslari”
Mustaqil ishi
Mavzu: «OIV INFEKSIYASI VA OITS KASALLIGINING PROFILATIKASI »
Tekshirdi : Aripova Nasiba
Bajardi: 110-21 guruh talabasi Saburov Otabek TOSHKENT – 2021
OIV INFEKSIYASI VA OITS KASALLIGINING PROFILATIKASI REJA: - 1. OIV, OIV infeksiyasi va OITS haqida umumiy tushuncha.
- 2. OIV ning aniqlanishi, biologik, parazitlik, patogenetik xususiyatlari
- 3. OIV ning yuqish yo`llari.
- 4. OIV yuqishining oldini olish chora - tadbirlari.
- Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) — ret-rovirus guruhiga mansub virus qoʻzgʻatadigan kasallik; ikki davrga boʻli-nadi: OITV infeksiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OITV infeksiyasi davri odam organizmida virus bor, lekin kasallik alomatlari hali na-moyon boʻlmagan davr. Virus deyarli bir vaqtda Parijda prof. Lyuk Montanye hamda AQShda prof. Gallo boshchili-gidagi olimlar tomonidan kashf etilgan (1983 yil). Bu virus odamning immunitet tizimiga tanlab taʼsir koʻrsata-di, ayniqsa, SD4+ immun hujayralariga qirgʻin keltiradi. Virus odam organizmiga tushgach, 2—3 kundan soʻng , 25—30% hollarda birlamchi infeksiya davriga xos alomatlar kuzatilishi mumkin. Bu "oʻtkir serokonversiya sin-dromi" deb ataladi, bunda harorat koʻtariladi, tunda terlash, boʻgʻimlar va bosh ogʻrigʻi, loxaslik, qayt qilish, ich ketishi, badanda, ayniqsa, uning yuqori qismida toshmalar paydo boʻlishi mumkin. Bu alomatlar odam organizmiga tushgan virus taʼsiriga immunitet tizimi maʼlum darajada javob qaytarish reaksiyasi bilan bogʻliq.
- Lekin bu davrda antitelolarni aniqlash natija bermaydi, chunki immunitet tizimining javobi hali toʻliq shakllanmagan boʻladi. Kasallikning bu davri 8—10 yilgacha, baʼzan undan ham uzoq davom etishi mumkin. Hozirgi kunda amaliyotda OITV infeksiyasi tashhisini qoʻyish qonda kasallik virusiga qarshi paydo boʻlgan antitelolarni aniqlash — immun ferment taxlili (IFT) reaksiyasiga asoslangan. Dastlabki antitelolar virus organizmga tushgach, 3 haftadan soʻng shakllana boshlasa ham, qoʻllanadigan diagnostikumlar ularni ilgʻay olmaydi. Shu bois, odamga ushbu infeksiya ilashgani toʻgʻrisida virus organizmga tushganidan soʻng 90 kun oʻtkazib olingan tek-shirish natijasiga qarab xulosa chiqarish mumkin
- OITS OITV infeksiyasining yakuniy davri hisoblanadi. Virus bilan organizm oʻrtasidagi kurash uzoq davom etib, virusning ustunligi bilan tugaydi. Shu vaqtdan OITS davri boshlanadi. Bu davrda odam organizmi har qanday mikrobga bardosh berish xususiya-tini yoʻqotadi. Jumladan, nafas, meʼdaichak, siydik yoʻllarida doimo mavjud boʻlgan va kasallik qoʻzgʻata ol-maydigan mikroblar ham faollashib, turli xastaliklarni keltirib chikari-shi mumkin. Ularning namoyon boʻlishi organizmda yuzaga kelgan OITS holati bilan bogʻliq boʻlgani uchun, ushbu guruhga kiruvchi kasalliklar jamlangan holda OITS bilan bogʻliq (assotsiirlan-gan) infeksiyalar deb ataladi. Bular bakterial infeksiyalar, zamburugʻli kasalliklar, viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar, Kaposhi sarkomasi va h.k. Kasallik virusi infeksiya yuqqan odamning qonida, erkaklar shahvatida, ayollarning jinsiy aʼzolari chiqindilarida va koʻkrak sutida boʻladi. Shuning uchun OITV, asosan, uch xil yoʻl bilan yuqadi: qon orqali, jinsiy aloqa vositasida va infeksiya yuqqan onadan homilasiga vertikal yoʻl bilan oʻtadi.
- 1. OITS ning eng xavfli manbai gomoseksualistlar va narkomanlar hisoblanadi. Gomoseksualistlar virusni jinsiy yo‘l bilan , narkomanlar esa parenteral yo‘l bilan (qon orqali tarqatadilar.)
- Gemofiliya bilan og‘rigan bemorlar xam infeksiya manbai bo‘lib xisoblanadi.Ma’lumki, ular qon quyish bilan davolanadilar. Bir necha marta qon quyish natijasida bittasiga bo‘lmasa, ikkinchisiga ,albatta oits yuqishi mumkin. Xar xil sabablar bilan qon quyilgan kishilar xam potensial xavflidirlar. Buzuqlikni kasb qilib olgan erkak va ayollar xam potensial xavf manbai xisoblanadi.
- 2. Eng muxim yuqish yo‘li jinsiy kontakt bo‘lib,bunda gomoseksualistlarning roli katta bo‘ladi. Gomoseksualistlar aktiv va passiv bo‘ladilar. Eng xatarlisi shundan iboratki, bitta gomoseksualistning juda ko‘p mijozlari bo‘ladi. Bundan tashqari, gomoseksualist biseksualist tarzida xarakat qilib, OITS ni o‘z oilasiga xam yuqtirishi mumkin. Bir misol keltiradigan bo‘lsak, Yelista shaxrida yuz bergan bir falokatni gapirib o‘tish mumkin. Anashu shaxarda yashovchi bir gomosekualist Afrikada komandirovkada bo‘lib,OITS ni yuqtirib qaytib keladi.U oits ni avval o‘z xotiniga yuqtiradi, xotinidan esa bolasiga yuqadi.U ayolda xali kasallik paydo bo‘lmasdan oldin shaxar kasalxonasida davolanayotgan bir kasal bolaga qon beradi. Kasalxonadagi xamshirani aybi bilan OITS 33 ta bolaga yuqqanligi qayd qilingan. Qon bergan ayol kasallanib o‘ladi,bolasi xam eri xam vafot etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |