O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan qonun hujjatlari va ularni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhb
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan qonun hujjatlari va ularni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Parlament quyi palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari hamda Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitalari tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, sog‘liqni saqlash tizimidagi bir qator muassasalar rahbarlari, Bosh prokuratura, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari A.Rustamov, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi I.Nasriyev, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari B.Niyozmatov va boshqalar mamlakatimizda OIV/OITS xastaligining oldini olish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining 2008 yil 26 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ushbu kasallikka qarshi kurash borasida yagona tizimni shakllantirish, aholini OIV infeksiyasidan himoya qilish va uning zarur profilaktikasini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va samaradorligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Ushbu hujjatga muvofiq, OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirib boruvchi Respublika komissiyasi tuzilib, OITSga qarshi kurash markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga doir vazifalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining OITSga qarshi kurash markazlarining tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. 2009-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishi profilaktikasi bo‘yicha sa’y-harakatlar milliy rejasi ishlab chiqildi.

UNICEF Ơzbekiston hukumati bilan birgalikda mamlakat miqyosida OIV/OITSning oldini olish, davolash, g’amxơrlik qilish va kơmaklashishning yuqori standartlari mavjudligini ta'minlash maqsadida hamkorlik qilmoqda. Tashkilot ona va bola salomatligi muhofazasining asosiy komponenti sifatida OIVning onadan bolaga ơtishining oldini olish, OIV/OITS bilan kasallangan bolalarga yuqori sifatli tibbiy yordam kơrsatishni ta'minlash axborot xizmatlarini takomillashtirish va birinchi darajadagi tibbiy yordamni kơrsatishda kơmaklashadi.