ADABIYOT MA`NAVIYATNING YUKSALTIRISH VOSITASI - Adabiyot — ko’ngil ishi, ilhom samarasi. Tuyg’usiz, ilhom-siz yozilgan asar changlanmagan gulga o’xshaydi — meva tug-maydi. Ko’ngil rozi bo’lgan asargina kitobxonning ko’ngliga yoi topadi, kitobxonning ko’nglida meva tugadi... Abdulla Qahhor
Ma`naviyat -
- Ma`naviyat o`z xalqining tarixini, uning madaniyatini va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. I.A. Karimov
O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g`risidaO‘zbekistonda asrlar osha yashab kelayotgan tomosha san’ati an’analarini o‘rganish, boyitish va targ`ib qilish, teatr san’atini har tomonlama rivojlantirish, moddiy-texnik negizini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy isloxotlarda teatr arboblarini faol ishtirokini ta’minlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratishni, maxsus ta’lim tizimini zamon talablariga mos holda takomillashtirish, yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtyojni to‘laroq qondirish - O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g`risidaO‘zbekistonda asrlar osha yashab kelayotgan tomosha san’ati an’analarini o‘rganish, boyitish va targ`ib qilish, teatr san’atini har tomonlama rivojlantirish, moddiy-texnik negizini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy isloxotlarda teatr arboblarini faol ishtirokini ta’minlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratishni, maxsus ta’lim tizimini zamon talablariga mos holda takomillashtirish, yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtyojni to‘laroq qondirish
Teatr. - Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma’naviy- ma’rifiy islohotlar jarayonida teatr san’ati ham rivojlandi.
- 1993 yilda foydalanishga topshirilgan “Turkiston” saroyi Vatanimiz va xorijlik teatr arboblarining, ijodiy guruhlarining sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi. Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatayotgan yoshlar teatri, Abbos Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi.
- Respublika Prezidentining 1995yil 20 oktyabrdagi “O’zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo’llab- quvvatlash va rag`batlantirish chora-tadbirlari to’g`risidagi”gi, 1998 yil 26 martdagi “O’zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to’g`risida”gi farmonlari asosida teatrlar davlat byudjeti hisobiga qo’llab- quvvatlandi. Farmon binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998 yilda “O’zbekteatr” ijodiy- ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma’naviy olamini, uning madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg`otuvchi spektakllar yaratishda, iste’dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, moddiy va texnikaviy bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishdako’maklashdi. Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta opera va balet teatri Yaponiya tomonidan 1995 yilda bepul ajratilgan 47 mln. ien (1500 ming AQSh dollari) qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jiihozlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |